Ovqatga ishlatiladigan yogʻlar miqdorini qalbakilashtirish massadan yoki qadoqlash hajmidan ogʻishga yoʻl qoʻyilganida yuz beradi.
Axborotni qalbakilashtirish asosan avval koʻrsatilgan turlarni tasdiqlash boʻlib xizmat qiladi. Mustaqil tur sifatida kam uchraydi. Masalan, tarkibida shokolad va uning asosiy komponentlari: kakao-moy va maydalangan kakao boʻlmagan shokolad margarini isteʼmolchini aldashi va aslida sohtalashtirilgan mahsulot ekanligi kamdan-kam odamning hayoliga keladi.
Shu bilan birga “Zlato” moyining etiketkasida “Xolesterinsiz” degan notoʻgʻri axborot borligiga (darvoqe, hozir bu yozuv yoʻq boʻlgan) va uni sohtalashtirilgan mahsulot jumlasiga kiritish kerakligiga rozi boʻlish qiyin. Haqiqatan ham, har qanday oʻsimlik moyida, ishlab chiqaruvchi xabar berganidek, xolesterin yoʻq, bu jihatdan “Zlato” markasining alohida turishini gapirmasa ham boʻladi. Axborot – toʻgʻri va undan reklama maqsadlarida foydalanish tamomila oʻrinli.
Axborotni qalbakilashtirishga yana bir misol mahsulotning tarkibi toʻgʻrisida toʻliq axborot berilmaganligidir. Odatda ishlab chiqaruvchi margarin va mayonezda konservantlar, ovqatga ishlatiladigan yogʻlarning ayrim nomlarida antioksidlovchilar borligi toʻgʻrisida hech narsa demaydi, chunki isteʼmolchilar bularga salbiy munosabatda boʻladilar. Koʻrsatib oʻtilgan oziq qoʻshimchalar borligining bilvosita belgisi tayyor mahsulotning uzaytirilgan muddatda saqlash va yaroqlilik muddatlaridir.
Test savollari:
1. Oʻsimlik moylarining identifikatsiya koʻrsatkichlari
rangi, hidi, tiniqligi. oʻzgarish koʻrsatkichlari. triglitseridlarning yogʻ -kislota tarkibi. fizik-kimyoviy koʻrsatkichlar.
triglitseridlarning yogʻ-kislota tarkibi. fizik-kimyoviy koʻrsatkichlar.
rangi, hidi, tiniqligi. oʻzgarish koʻrsatkichlari.
organoleptik koʻrsatkichlar
2. Oʻsimlik moylarini qayta ishlash mahsulotlari (margarinlar, oshxona uchun yogʻlar, qandolatchilik va non ishlab chiqarish sanoati uchun yogʻlar, mayonezlar)ning identifikatsiya koʻrsatkichlari
organoleptik koʻrsatkichlar. fizik-kimyoviy koʻrsatkichlar
rangi, hidi, tiniqligi. oʻzgarish koʻrsatkichlari
organoleptik koʻrsatkichlar
triglitseridlarning yogʻ-kislota tarkibi. fizik-kimyoviy koʻrsatkichlar
Do'stlaringiz bilan baham: |