O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


Download 369.06 Kb.
bet24/28
Sana31.03.2023
Hajmi369.06 Kb.
#1314032
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
55d19931e46d6

Shu bilan bir qatorda, kichik biznes sub’ektlariga mikrokredit ajratishni rivojlantirish va uni takomillashtirish jarayoniga quyidagilarni hisobga olish kerak deb o’ylaymiz:

  • respublikamizda aholining asosiy qismi qishloq xo’jaligi ishlari bilan band bo’lganligini hisobga olib, joylarda tadbirkorlik faoliyatini boshlash yuzasidan ko’proq qabul qilingan qonunlar va yo’riqnomalarni tanishtirish borasida semenar mashg’ulotlari o’tkazishni zarur deb hisoblaymiz, ;

  • eng asosiysi kichik biznes sub’ektlarini huquqiy savodxonligini oshirish;

Kichik biznesni kreditlashni takomillashtirish bo’yicha takliflar:

  • mamlakatimizda qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish salohiyati yuqoriligini hisobga olgan holda, joylarda kichik biznes sub’ektlariga mini texnologiyalar sotib olish uchun mikrokreditlar ajratish mexanizmini takomillashtirish;

  • kredit uyushmalari faoliyatini takomillashtirish;

  • moliyalashtirish institutlari va sug’urta kompaniyalarini pul o’tkazuvchi kompaniyalar bilan hamkorligini ta’minlash;

  • moliyalashtirish institutlarini boshqa korporativ formalarga aylanishiga imkon berishning qonuniy shart sharoitini ta’minlash.

Tadqiqot natijasida shu narsa ma’lum bo’ldiki, yurtimizdagi tijorat banklar amaliyotida kichik biznes sub’ektlarini kreditlash bo’yicha ancha tajribalar yig’ilmoqda. Chet el banklari tajribalaridan ham unumli foydalanib kelinmoqda. Ammo mamlakatimizda kichik biznesni kreditlash jarayonining o’ziga xos muammolari ham mavjud. Tadqiqot jarayonida O’zbekiston Respublikasida kichik biznesni kreditlash faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash va mavjud bo’lgan muammolarni chet el tajribasini inobatga olgan holda bartaraf etish bo’yicha quyidagi takliflarni amalga oshirish kerak degan fikrdamiz:

  • maxsus kredit tashkilotlarini tashkil etish va ular foliyatida kichik biznesni kreditlashni asosiy vazifa sifatida kiritish;

  • kichik biznesni kreditlashda xorijiy davlatlarning samarali bank tajribasiga tayangan holda, ushbu tajribalarni Respublikamizda mazkur soha miqyosida targ’ib qilish;

  • kichik biznes sub’ektlarini asosiy muammolaridan biri bo’lgan garov masalasida yordam ko’rsatish maqsadida, turli Kafolat fondini tashkil etish;

  • kredit uyushmalari faoliyatini takomillashtirish;

Shu o’rinda, Respublikamiz tijorat banklarining kichik biznes sub’ektlarini kreditlash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan faoliyati bo’yicha quyidagi takliflarni ishlab chiqdik:

  • kredit siyosatida kreditlarni joylashtirish jarayonida kichik biznes tarmog’I uchun limitlarni ko’paytirish.

  • respublikamiz tijorat banklari kredit portfelining diversifikastiya darajasiga yanada e’tiborini oshirish.

  • tijorat banklari kredit bo’linmalari xodimlarining korxonalar moliyaviy hisobotlarini talil qilish borasidagi bilimi va tajribalarini oshirish choralarini ko’rish lozim.

  • bank xodimlarining moliyaviy talil sohasida chuqur bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi mijozlarning kredit to’loviga qobiliyatini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy ko’rsatkichlarni va mijozlarning pul oqimini to’g’ri hisoblash moliyaviy hisobotlarda keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga bog’liqdir.

  • tijorat banklari mijozlarining asosiy qismida pul oqimining nobarqarorligini hisobga olib, banklarda mijozlarning kredit to’lov qobiliyatini baholashning moliyaviy koeffistientlar usulidan to’liq foydalanishni yo’lga qo’yish lozim.

  • respublikamizning tijorat banklarida beshta moliyaviy ko’rsatkichdan mijozlarning kredit to’lov qobiliyatini baholashda faol tarzda foydalanilmoqda. Lekin o’ylashimizcha, ushbu koeffistentlar mijozni kredit to’lov qobiliyatini aniqlab berolmaydi. Shunig uchun respublikamiz tijorat banklarining faoliyatida, mijozlarning kredit to’lov qobiliyatini baholashda moliyaviy ko’rsatkichlar tizimidan to’liq foydalanish masadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Download 369.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling