O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti xuzuridagi marg’ilon bank-moliya texnikumi “soliq va soliqqa tortish” kafedrasi


Kimlar soliqlarni bo‘lib to‘lash imkoniga ega bo‘ladi?


Download 0.58 Mb.
bet4/6
Sana01.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1318422
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Akbarali (2)

Kimlar soliqlarni bo‘lib to‘lash imkoniga ega bo‘ladi?

  • Kimlar soliqlarni bo‘lib to‘lash imkoniga ega bo‘ladi?
  • — 2021 yil 1 iyun holatiga ko‘ra, uch yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan hamda hisoblangan soliqlarni muddatida to‘liq to‘lab kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga ko‘ra, soliq qarzini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmayotgan tadbirkorlik sub'yektlari soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin bo‘ladi.
  • Soliq qarzini bo‘lib-bo‘lib to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 97-moddasi 13-qismi talablarini inobatga olib, soliq agentlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
  • — Soliqlarni qancha miqdorda bo‘lib to‘lash mumkin bo‘ladi?
  •  Garovsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan soliq summasi tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan oxirgi uch yil davomida to‘langan soliq summasining 50 foizidan oshmasligi lozim.
  • Deylik, tadbirkor bugungi kunda 150 million so‘mlik soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lamoqchi. Bu tadbirkor 2018 yil 6 iyundan 2021 yil 6 iyungacha (3 yil muddatda) soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab kelgan va mana shu 3 yil davomida jami to‘langan soliqlar miqdori 200 million so‘m (50 foizi 100 million so‘m). Mazkur holatda tadbirkor 150 million so‘mlik soliqlarning 100 million so‘mga teng miqdorini garovsiz bo‘lib to‘lashi mumkin bo‘ladi.

Bu imkoniyatdan tadbirkorlik sub'yektlari qancha muddatgacha foydalanishi mumkin?

  • Bu imkoniyatdan tadbirkorlik sub'yektlari qancha muddatgacha foydalanishi mumkin?
  •  Soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash tadbirkorlik sub'yektlari to‘lov muddatlari ko‘rsatilgan grafik asosida Davlat soliq boshqarmalari va Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasining xulosasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 12 oy muddatgacha taqdim etiladi.
  • Tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan soliqlarni garovsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash muddatlari buzilgan taqdirda, soliq organining soliqlarni garovsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risidagi qarori muddatidan oldin tugatilishi mumkin.
  • — Soliqlarni bo‘lib to‘lash uchun qayerga murojaat qilish lozim?
  •  Tadbirkorlik sub'yektlari soliqlarni garovsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashlari uchun soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali hududiy soliq organlariga ariza bilan (ariza shakli quyida keltirilgan) murojaat qiladilar.
  • Tadbirkorlik sub'yektlarining arizasi belgilangan talablariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, ikki ish kunida soliqlarni garovsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashni rad etish to‘g‘risida hududiy soliq organining qarori qabul qilinadi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling