Soliq organlari bir paytning o‘zida ikkita yangi avtomatlashtirilgan tizim va qator interfaol xizmatlarni ishlab chiqish borasida ishlamoqda. Masalan, 2018-yil 1-yanvardan naqd pul tushumi ustidan avtomatlashtirilgan nazorat tizimi va soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etish xavflarini tahlil qilish imkonini beradigan maxsus avtomatlashtirilgan tizim joriy etiladi. - Soliq organlari bir paytning o‘zida ikkita yangi avtomatlashtirilgan tizim va qator interfaol xizmatlarni ishlab chiqish borasida ishlamoqda. Masalan, 2018-yil 1-yanvardan naqd pul tushumi ustidan avtomatlashtirilgan nazorat tizimi va soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etish xavflarini tahlil qilish imkonini beradigan maxsus avtomatlashtirilgan tizim joriy etiladi.
- Joriy etilayotgan nazorat-kassa mashinalari mamlakatimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali yo‘lga qo‘yilgan tovar aylanmasini hisobga olish tizimining bir qismini tashkil etadi. Kelgusida integratsiyalashtiriladigan barcha texnologiyalar mahsulotni ishlab chiqaruvchidan oxirgi xaridorga yoki mahsulotni import qilishda bojxona punktidan iste’molchiga yetkazib berilishini nazorat qilish imkonini beradigan yagona tizimda birlashtiriladi. Bu, o‘z navbatida, iste’molchilarni sifatsiz, kontrabanda va kontrafakt mahsulotlar xarid qilishdan himoyalash, mahsulotning sifati belgilangan talabga javobga bermaganda uni almashtirish yoki pulini qaytarishni ta’minlaydi.
Soliq soxasida soliqlarni bo’lib to’lash mexanizimi: - Prezident qarori asosida, 2021 yil 1 iyundan boshlab soliq to‘lashda intizomli bo‘lgan tadbirkorlarga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berildi. Shu mavzu yuzasidan Kun.uz savollariga Moliya vazirligi Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti bo‘lim boshlig‘i Umid Hamroyev javob berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashning vaqtinchalik tartibini ishlab chiqmoqda. Shuningdek, Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi, bular kuchga kirguncha vaqtinchalik tartibga amal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |