Soliqchilardan navbatdagi jazolash mexanizmi: - Hozirgi kundagi soliq qonunchiligidagi to‘xtovsiz o‘zgarishlar va yangiliklarni tadbirkorlar hazm qila olmasidan ushbu nizomning muhokamaga qo‘yilishi, fikrimizcha, yana nimadir yangilik qilish maqsadida biroz shoshma-shosharlik qilingan. To‘g‘ri, Soliq kodeksining transfert va bozor narxlari masalalarini tartibga soluvchi moddalari 2022 yilning 1 yanvaridan amalga kiritilishi ko‘zda tutilgan. Lekin soliq ma’murchiligi masalasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va bu o‘zgarishlarga nafaqat tadbirkorlar moslasha olmayotgani, balki soliq organi tomonidan tayyorlangan dasturlar ham omma uchun xatolik bilan ishlab kelayotgan bir paytda bozor narxlari bo‘yicha qo‘shimcha soliqlar hisoblash tartibi amalga kiritilishi ortiqcha.
- Tushuntirish uchun misollar
- Bundan tashqari, nizom loyihasida bozor narxini aniqlashda nimalarga e’tibor berilishi haqida ham so‘z yuritilgan. Tovar va xizmatlarga talab va taklifning o‘zgarishi degan qismi bor. Demak, bu yerda bozor narxida soliq hisoblash uchun xizmatlar ham bor-da. Xizmatga bozor narxining qo‘yilishi aqlga sig‘maydigan narsa.
- Oddiy misol: internet-nashrlarda o‘zining reklama xizmatlari bor. Deylik, hamma joyda reklama chiqarish bir million so‘m edi. Bozorda 100 ta xaridor bo‘lsa, 100 ta xaridorga 100 ta taklif beruvchi bor. Demak, har bittasiga bittadan to‘g‘ri keladi. O‘rtacha bozor narxi – bir million so‘m. Aytaylik, nashrlardan birida yetarli manbalari bor va u denping siyosatini qo‘llab, xaridorlariga 100 ming so‘mdan reklama qilib beraman, deb katta reklama beruvchilar oqimini o‘ziga tortib ketdi. Shunda bozor narxi bir million so‘m, nimaga sen 100 ming so‘mdan qilib berding, deb unga qo‘shimcha soliq to‘latishi adolatdan bo‘ladimi!
Xizmatning o‘ziga bozor narxi belgilanishi xato. O‘zi aksariyat xizmatlarning tannarxi vaqt hisoblanadi. Mana yana bir oddiy misol, mening konsalting xizmatini ko‘rsatuvchi firmam bor. Aprel oyida soliq auditi bo‘yicha buyurtma olib qo‘yganman, ungacha 15 kun bo‘shman. Deylik, soliq auditining bozor narxi – 25 million so‘m. Lekin kimdir kelib menga 10 million so‘mdan ko‘p to‘lolmayman desa, aprelgacha bo‘sh o‘tirish o‘rniga 10 million so‘mga ham soliq auditini o‘tkazib beraman. U summadan menga foyda qolmasa ham, zararim qoplanishi va ishchilarni maosh bilan ta’minlashim mumkinligi uchun bu narx meni qoniqtiradi. Lekin Nizomga asosan, bozor narxidan farq 20 foizdan oshadigan bo‘lsa, mening xizmatimga ham qo‘shimcha soliqlar qo‘llanadi. - Xizmatning o‘ziga bozor narxi belgilanishi xato. O‘zi aksariyat xizmatlarning tannarxi vaqt hisoblanadi. Mana yana bir oddiy misol, mening konsalting xizmatini ko‘rsatuvchi firmam bor. Aprel oyida soliq auditi bo‘yicha buyurtma olib qo‘yganman, ungacha 15 kun bo‘shman. Deylik, soliq auditining bozor narxi – 25 million so‘m. Lekin kimdir kelib menga 10 million so‘mdan ko‘p to‘lolmayman desa, aprelgacha bo‘sh o‘tirish o‘rniga 10 million so‘mga ham soliq auditini o‘tkazib beraman. U summadan menga foyda qolmasa ham, zararim qoplanishi va ishchilarni maosh bilan ta’minlashim mumkinligi uchun bu narx meni qoniqtiradi. Lekin Nizomga asosan, bozor narxidan farq 20 foizdan oshadigan bo‘lsa, mening xizmatimga ham qo‘shimcha soliqlar qo‘llanadi.
- Bu bilan soliq organi mening xizmatimga, bozorimga, faoliyatimga aralashib ketmoqda. Endi 25 million bozor narxidan kelib chiqib soliq to‘lashim kerak bo‘ladi. Bu esa men va men kabi ko‘plab tadbirkorlarning bankrot bo‘lishiga olib keladi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |