Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Toshkent Farmasevtika instituti Sanoat farmatsiya fakulteti Biotexnologiya yoʻnalish 103-b talabasi


Download 437.89 Kb.
bet2/4
Sana05.04.2023
Hajmi437.89 Kb.
#1273413
1   2   3   4
Bog'liq
Insoniyat jamiyati rivojida iqlimning tasiri

O‘rmon yong‘inlari

  • Fransiya janubi, Ispaniya va Italiyaning Sardiniya orolida keng miqyosdagi o‘rmon yong‘inlari natijasida minglab gektar maydonlardagi o‘rmon va qishloq xo‘jalik yerlariga ziyon yetdi.
  • 13 iyul kuni Kaliforniya shimolida boshlangan va Diksi nomini olgan keng ko‘lamli yong‘inlar natijasida 200 ming gektardan ziyod maydonlar zararlandi.
  • Shimoliy Makedoniya hukumati yirik o‘rmon yong‘inlari sababli bir oyga inqirozli vaziyat rejimini joriy etdi.
  • Anomal issiq tufayli Turkiya g‘arbi va janubida ham dahshatli yong‘inlar yuz berishi natijasida sayyohlik tadbirlari, ekskursiyalar butunlay to‘xtatildi. Qishloq xo‘jalik maydonlari, fermalar yong‘in ichida qolib, chorva mollari nobud bo‘ldi.
  • Gretsiyada ham bir necha kundan buyon kuchli o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. Ofat bir haftadan ortiq vaqt mobaynida havo harorati 40 darajadan yuqori bo‘lishi oqibatida sodir bo‘lgan. Ayrim hududlarda havo harorati 47 darajagacha ko‘tarilgan.
  • Rossiya sharqidagi Yoqutiston Respublikasida o‘rmon yong‘inlari, rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 6 mln gektar hududni qamrab olgan — bu Belgiya hududidan ikki barobar katta.
  • Jazoirdagi kuchli yong‘inlar oqibatida halok bo‘lganlar uchun mamlakatda 3 kunlik motam e'lon qilindi.

Iqlim oʻzgarishi muammosi natijasida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan oqibatlar qatorida quyidagilarni koʻrsatish mumkin:

  • — Suv resurslari taqchilligining kuchayishi;
  • — oʻrtacha haroratning oshishi;
  • — yogʻingarchiliklarning notekis taqsimlanishi – yogʻingarchiliklarsiz qurgʻoqchilik uzoq davom etishi va bir martada koʻp miqdorda yogʻingarchiliklar boʻlishi;
  • — qishloq xoʻjaligida yetishtirish uchun maqbul ekinlar tarkibi butunlay oʻzgarishi;
  • — harorat rejimi kuchayishi natijasida aholi salomatligi bilan bogʻliq muammolar koʻpayishi;
  • — oʻsimliklar va hayvonlarning aksariyat turlari yashaydigan areallar qayta taqsimlanishi, ekologik jarayonlar, beriladigan mahsulotlar va bajariladigan funksiyalar tubdan oʻzgarishi;
  • — sahrolashish jarayonlarining kuchayishi, yashash va xoʻjalik yuritish mumkin boʻlgan yerlar kamayishi;
  • — iqtisodiyot sektorlari taʼsirining toʻliq qayta taqsimlanishi va boshqalar.

Download 437.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling