Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Toshkent Farmasevtika instituti Sanoat farmatsiya fakulteti Biotexnologiya yoʻnalish 103-b talabasi


Iqlim o’zgarishining inson salomatligiga ta’siri


Download 437.89 Kb.
bet3/4
Sana05.04.2023
Hajmi437.89 Kb.
#1273413
1   2   3   4
Bog'liq
Insoniyat jamiyati rivojida iqlimning tasiri

Iqlim o’zgarishining inson salomatligiga ta’siri:

  • Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Margaret Chen iqlim o'zgarishi odamlar salomatligiga jiddiy tahdid deya ogohlantirmoqda. Ayniqsa rivojlanayotgan davlatlar aholisiga qiyin bo'ladi, deydi u. Margaret Chen Kopengagenda iqlim o'zgarishiga doir o'tgan yirik xalqaro anjumanda aniq bitim qabul qilinmaganidan afsusda ekanini aytadi. Shunga qaramay BMT rasmiysi davlatlarning qo'shma harakati tufayli harorat ko'tarilishining oldi olinishiga mumkinligiga umid qilmoqda. Margaret Chen deydiki, iqlim o'zgarishi natijasida suvning o'ta kamayishi yoki ko'payishi millionlab odamlar salomatligiga zarar qiladi. Masalan, toshqin, ayniqsa suv tarkibi zararli bo'lsa, ko'plab kasalliklar, jumladan ich ketish va vaboga yetaklashi mumkin. Boshqa tomondan, deydi u, suv kamaysa, qurg'oqchilikdan hosil zarar ko'radi.

Jahon sog'liqni saqlash tashkilotlari statistik malummotlariga ko’ra

  • "Bashoratlarga ko'ra, agar ahvol yaxshilanmasa, kelasi 20-30 yil ichida Afrikada hosildorlik 50 foizga qisqaradi. Bu esa, tabiiyki, usiz ham qashshoq qit'ada ochlik va turli xil epidemiyalarni kuchaytiradi," - deydi BMT rasmiysi. Olimlarga ko'ra, sayyora harorati asta-sekin ko'tarilib borsa-da, ob-havo keskinlashishi tez-tez uchrab turadi. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti hisobicha, iqlim o'zgarishiga bog'liq kasalliklardan hozirning o'zida millionlab odamlar, xususan to'yib ovqat yemaslikdan yiliga 3,5 million kishi, ich ketishdan salkam 2 million, bezgakdan 1 million odam nobud bo'lmoqda. Margaret Chenning aytishicha, bu muammolar borgan-sayin keskinlashib boradi. Masalan, chivinlar ko'payib bezgak kuchayadi.

Joriy yil fevral oyining ikkinchi oʻn kunligidagi havo harorati +27-+30 S gacha keskin oshib ketishi va mart oyida havo harorati -10 S gacha keskin sovub ketishi holatlari kuzatilishi ham yurtimizda global iqlim oʻzgarishi oʻz taʼsirini koʻrsatayotganidan dalolatdir. Iqlim oʻzgarishlarining oldini olish va unga moslashish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi:

  • Joriy yil fevral oyining ikkinchi oʻn kunligidagi havo harorati +27-+30 S gacha keskin oshib ketishi va mart oyida havo harorati -10 S gacha keskin sovub ketishi holatlari kuzatilishi ham yurtimizda global iqlim oʻzgarishi oʻz taʼsirini koʻrsatayotganidan dalolatdir. Iqlim oʻzgarishlarining oldini olish va unga moslashish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi:
  • — Avvalo, ekologik madaniyat oiladan boshlanishi lozim;
  • — Ishlab chiqarish korxonalarida ekologik toza texnologiyalarni joriy etish orqali atmosferaga tashlanayotgan issiqxona gazlari miqdorini kamaytirish zarur;
  • — Ekologik toza transport vositalarini koʻpaytirish, shu jumladan keng jamoatchilik uchun qulay boʻlgan veloyoʻlakchalar tashkil etish kerak;
  • — Koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish. Koʻp yillik daraxtlarning ekilishi hududdagi mikroiqlimni yumshatishga sabab boʻladi. Shuningdek, shahar hududlari va avtomobil yoʻllari chetida yashil hududlarni kengaytirish darkor;
  • — Suv resurslaridan oqilona foydalanishda tejamkor texnologiyalardan unumli foydalanish lozim;
  • — Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, yaʼni chiqindisiz texnologiyalar. energiyatejamkor, resurstejamkor texnologiyalardan foydalanishni joriy etish yoki boshqacharoq qilib aytganda mamlakatda yashil iqtisodiyotni joriy etish zarur.

Download 437.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling