О„zbekiston respublikasi oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “tasdiqlayman” Toshkent moliya instituti
Tanga 7 marta tashlanadi. Tanganing 2 marta “raqam” tomoni bilan tushishi ehtimolini toping. 13
Download 446.64 Kb. Pdf ko'rish
|
Sirtqi uchun
12. Tanga 7 marta tashlanadi. Tanganing 2 marta “raqam” tomoni bilan tushishi
ehtimolini toping. 13. O‟qning nishonga tegishi ehtimoli p=0,7. Nishonga otilgan 5 ta o‟qdan 2 tasining nishonga tegishi ehtimolini toping. 14. Ikki teng kuchli shaxmatchi 2n ta natijaviy o‟yin o‟ynashga va‟dalashdilar (durang hisobga olinmaydi). Har bir o‟yinchining navbatdagi partiyada yutishi ehtimoli 0,5 ga teng. Eng ko‟p partiyada yutgan o‟yinchi o‟yinda g‟olibi hisoblanadi. Har bir o‟yinchining 8 partiyalik o‟yinda yutish imkoniyati ko‟pmi yoki 12 partiyalik o‟yindami? 15. Qurilma ishdan chiqishi uchun undagi erkli ishlaydigan 8 ta elementdan kamida 3 tasini ishdan chiqishi yetarli. Agar har bir elementning T muddat ichida ishdan chiqishi ehtimoli bir xil va 0,2 ga teng bo‟lsa, shu muddat ichida butun qurilmaning ishdan chiqishi ehtimolini toping. 16. O‟zgarmas sharoitda bir-biriga bog‟liq bo‟lmagan ravishda nishonga qarata uch marotaba o‟q uzildi. Har bir uzilgan o‟qning nishondagi “10” ga tegishi ehtimoli p(10) 0,3 ; “9” ga tegishi ehtimoli p(9) 0, 4 , “9” ga ham, “10” ga ham tegmasligi ehtimoli p(9 10) 0,3 ga teng. Quyidagi hodisalarning ehtimolini toping: A={bitta “10” ga va bitta “9” ga tegishi}, B={roppa-rosa ikkita “10” ga tegishi}, C={29 dan kam bo‟lmagan ochkoning yig‟ilishi}. 17. O‟n kishidan iborat guruhdagi aspirantlarning har biri tasodifiy ravishda haftaning to‟rt kunidan birida (dushanba, seshanba, chorshanba yoki payishanba) ilmiy maqolalar bilan ishlash uchun kutibxonaga boradi. Quyidagi hodisalar ehtimollarini toping: A={dushanbada 1 ta, seshanbada 2 ta, chorshanbada 3 ta va payshanbada 4 ta aspirant kutibxonaga keldi}, B={dushanbada 3 ta, seshanbada 7 ta aspirant kutibxonaga keldi}, C={5 ta aspirant haftaning birinchi ikki kunida, qolgan 5 ta aspirant esa haftaning ikkinchi ikki kunida kutibxonaga keldi}, D={dushanba va seshanbada birorta ham aspirant kutibxonaga kelmadi}. 18. Erkli tajribalar A hodisa k marta ro‟y berguncha o‟tkaziladi. Agar har bir tajribada A hodisaning ro‟y berish ehtimoli p ga teng bo‟lsa, n marta tajriba o‟tkazish zarur bo‟lishi ehtimolini toping. 19. Elektr impulsini qayd qiluvchi asbob 1 kVdan ortiq kuchlanishga ega bo‟lgan ko‟pi bilan 3 ta impulsga bardosh beradi, so‟ng ishdan chiqadi. Agar impulsning kuchlanishi 1 kVdan ortiq bo‟lishi ehtimoli 0,2 ga teng bo‟lsa, asbobning o‟n beshinchi impulsda ishdan chiqishi ehtimolini toping. 20. O‟rta hisobda sotuvga chiqariladigan avtomobillarning beshdan bir qismi nuqsonli. Tasodifan tanlangan 10 ta avtomobildan a) 3 tasining, b) kamida 3 tasining nuqsonli bo‟lishi ehtimolini toping. 21. Oilada 10 ta farzand bor. O‟g‟il va qiz bolalar tug‟ilishi ehtimoli bir-biriga teng ekanligini bilgan holda, bu oilada a) uchtadan kam bo‟lmagan; b) ko‟pi bilan uchta o‟g‟il bolalar borligi ehtimolini toping. 22. Muayan oliy o‟quv yurti talabalarining o‟zlashtirish darajasi kuzatilganda 30% i “qoniqarli”, 50% i “yaxshi”, 20% i “a‟lo” ekanligi aniqlangan. Tavakkaliga tanlangan 6 ta talaba ichida: a) “qoniqarli”, “yaxshi” va “a‟lo”ga o‟zlashtiruvchi talabalar sonining teng bo‟lishi; “qoniqarli” va “a‟lo”ga o‟zlashtiruvchi talabalar sonining teng bo‟lishi ehtimoli qanday? 23. Firmani tekshiruvdan o‟tkazayotgan auditorning moliyaviy kamchiliklarni aniqlashi ehtimoli 0,9 ga teng. Tekshiruv o‟tkazilayotgan 4 ta firmaning yarmida moliyaviy kamchiliklarning aniqlangan bo‟lishi ehtimolini toping. 24. Ulgurji savdo bazasi n ta do‟konga mahsulot yetkazib beradi. Kun davomida bazaga har bir do‟kondan mahsulot uchun talabnoma tushishi ehtimoli 0,3 ga teng. Bazaga kun davomida: a) 6 ta; b) 5 tadan 11 tagacha; c) kamida bitta talabnomaning tushishi ehtimolini toping. Kun davomida bazaga kelib tushgan talabnomalarning eng ehtimolli sonini va uning ehtimolini toping. 25. Bir sutka ichida elektr energiya sarfi belgilangan me‟yordan oshib ketmaslik ehtimoli 0,75 ga teng. Yaqin olti kunning to‟rt kuni davomida elektr energiya sarfi belgilangan me‟yordan oshmaslik ehtimolini toping. 26. Portga 3 ta yuk ortilgan kemaning kelishi kutilmoqda. Statistik ma‟lumotlarga ko‟ra, keltiriladigan mollarning sifatsiz bo‟lib chiqishi ehtimoli 0,01 ekanligi aniqlangan. Kutilayotgan kemalardan hech bo‟lmaganda ikkitasining sifatli mol olib kelishi ehtimolini toping. 27. Maktabning birinchi sinfiga 260 ta bola qabul qilindi. Agar o‟g‟il yoki qiz tug‟ilish ehtimollari bir-biriga tеng bo‟lsa, qabul qilinganlarning rosa 100 tasi qiz bola bo‟lish ehtimolini toping. Download 446.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling