O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Investitsion siyosat, xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoyalash va


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/55
Sana19.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1365641
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55
Bog'liq
MARKETING

3.5 Investitsion siyosat, xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoyalash va 
sug„urtalash 
Chet el investitsiyalarining asosiy maqsadi ilg‗or texnologiyalarni o‗zlashtirib 
olish, nisbatan arzon xom-ashyo va ishchi kuchidan foydalanish hisoblanadi. 
Kapital chet elda bevosita va portfelь investitsiyalari shaklida ishtirok etadi. 
Bevosita investitsiyalar foyda olish va korxonani boshqarishda ishtirok etish 
huquqini olish maqsadida chet eldagi korxonaning nizom kapitaliga mablag‗ 
kiritishni nazarda tutadi. Portfelь investitsiyalari daromad olish maqsadida xorijiy 
kompaniyalarning qimmatli qog‗ozlarini sotib olishni nazarda tutadi.
Bozor iqtisodiyoti amal qiluvchi iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda chet el 
investorlari huquqlarini himoya qilishning uch darajasi mavjud.

Birinchi bosqich bu mamlakatlarning konstitutsiyalari darajasida bo‗ladi.

Ikkinchi bosqich ikki tomonlama hukumatlararo kelishuvlardan iborat.

Uchinchi bosqich davlatlar va ularning fuqarolari o‗rtasida investitsiya 
muammolarini tartibga solish Konvensiyasida ishtirok etishdir.
O‗zbekistonda xorijiy investorlar huquqi mos keluvchi qonun bilan belgilangan 
bo‗lib, bu qonun xorijiy investorlarning investitsiyalari rekvizitsiya yoki musodara 
qilinmasligini kafolatlaydi. Milliylashtirish yoki rekvizitsiya amalga oshirilgan 
hollarda chet ellik investorga tezlik bilan mos keluvchi tovon puli to‗lanadi. Tovon 
puli investitsiya kiritilgan valyutada to‗lanishi lozim. Chet ellik investorlar davlat 
organlari yoki ayrim mas‘ul shaxslarning hatti-harakatlari natijasida qo‗ldan 
chiqarilgan foydani qoplash uchun to‗lov olish huquqiga egalar. 
MDH mamlakatlarining qonun hujjatlarida chet el investitsiyalari ishtirokidagi 
korxonalar mulki va tavakkalchiligini sug‗urtalash mamlakat qonunchiligida boshqa 
holat ko‗rsatilmagan bo‗lsa korxonaning ixtiyoricha amalga oshiriladi.


27 
Respublikamizda chet el investitsiyalarini davlat tomonidan tartibga 
solinishidan asosiy maqsad kapital olib chiqishni tertibga solish, uning noqonuniy 
ravishda respublikamiz hududidan chetga chiqarilishini cheklash hisoblanadi. Bu 
maqsadda pasport bitimini rasmiylashtirish asosida yagona bojxona-valyuta nazorati 
tizimi yo‗lga qo‗yilgan bo‗lib, kapitalni yashirin olib chiqishni ma‘lum ma‘noda 
cheklab turadi. Yana bir cheklov turi kapitalni olib chiqishni litsenziyalash 
hisoblanadi. 
Tayanch iboralar: globallashuv, xalqaro savdo tizimi, marketing muhiti, xorijiy 
bozor, investitsion siyosat, xorijiy investitsiyalar, investitsiya muhiti

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling