O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/55
Sana19.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1365641
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55
Bog'liq
MARKETING

4.Ekonometrik modellar. Ekonometrik modellar iqtisodiy jarayonlar 
paramerlarining stoxastiklarini nazarda tutgan holda bozor konyunkturasining turli 
ko‗rsatkichlari o‗rtasidagi o‗zaro aloqalar va proporsiyalarni miqdoriy bayon 
qiladigan regression va balans tenglamalari tuzish orqali ifodalanadi. Ekonometrik 
modellash bozor konyunkturasini bashorat qilishda keng qo‗llaniladi. Ular ishlab 
chiqarish va unga ta‘sir ko‗rsatuvchi omillar, bozordagi narxlar darajasi, raqobat va 
unga ta‘sir ko‗rsatuvchi omillar, iste‘molchilarning ehtiyojlarini tahlil qilish, 
marketing tadbirlarini amalga oshirish va unga ta‘sir qiluvchi omillar o‗rtasidagi va 
boshqa jarayonlar o‗zgarishni matematik modellar yordamida tahlil qilishga hamda 
bashorat qilishga yordam beradi. ekonometrik modellarning xususiy xoli 
korrelyatsion va regression modellashdir. 
4.5 Xorijiy bozorlarni tanlash usullari va tahlili. 
Mamlakatlarni tanlashda bir nechta omillarga e‘tibor berish kerak: 
1. Bozor sig‗imi (YaIM, iqtisodiy o‗sish sur‘ati, o‗rta sinfi ulushi, aholining 
miqdori va boshq.) 
2. Biznes-madaniyatining o‗xshashligi (bir xil til, o‗xshash madaniyati, huquqiy 
tizimi, iqtisodiy va demografik sharoitlari) 
3. Byurokratik chegaralarini darajasi (litsenziya,ruxsatnoma olish, xujjatlarni 
rasmiylashtirish, solikka tortilishi, foyda repatriatsiyaning darajasi) 


42 
4. Tanlangan mamlakatning kompaniya faoliyatining tarkibiga mosligi 
(kompaniya imkoniyatlariga va siyosatiga mosligi) 
5. Resurslarni mavjudligi va olish imkoniyati (tabiiy resurslar, materiallar, ish 
kuchi, moliyaviy resurslar) 
6. Xarajatlar (xorijiy bozorga kirish xarajatlari, marketing texnologiyalari, 
infratizimni rivojlantirishga xarajatlar, soliqlar, ish kuchini jalb qilishga xarajatlar) 
7. Kiritilgan kapitaldan oladigan daromad (xorijiy filialni yalpi daromadi yoki 
o‗tkazilgan foydani qismi) 
8. Xavf-xatarlar (siyosiy xavf-xatarlar - siyosiy o‗zgarishlar, davlat tomonidan 
nazorat darajasi, importga va xorijiy kompaniyalari faoliyatiga cheklovlar kiritish) 
9. Raqobat darajasi. 
10. Siyosatchilarni fikrlarini tahlili 
11. Ekspert tahlil usuli 
12. O‗lchov modellarni tuzish.
Xorijiy mamlakatlarni tanlashda ko‗p xollarda skaner usullari qo‗llanadi. Skaner 
usullariga quyidagilar kiradi: 
Parametrlar setkasi. Bu usul aniq xorijiy mamlakatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatni 
olib borish uchun qulay va noqulay sharoitlarni aniqlashga imkoniyat beradi. 
«Xavf-xatarlar – imkoniyatlar» matritsasi (Borg-Uorner matritsasi). Bu usul 
kompaniya uchun matritsa qismlarida aniq ko‗rsatkich bo‗yicha xar bir mamlakatning 
xolatini baholash imkoniyatini beradi. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling