O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/55
Sana19.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1365641
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55
Bog'liq
MARKETING

1. Faktografik uslublar. Bu bashorat qilishning shunday uslubiki, unda o‗tgan 
davrda bo‗lib o‗tgan haqiqiy omillardan axborotli asos sifatida foydalaniladi. Bu 
ma‘lumotlar miqdor va sifat xarakteriga egadir. Bozor konyunkturasini bashorat 
qilishning faktografik uslublari o‗z navbatida 3 turga bo‗linadi.
Birinchi turi ekstrapolyatsiya va interpolyatsiya uslublari yig‗indisidan iborat 
bo‗lib, bu turdagi modellar uchun chiziqli funksiyalarni tuzishda boshlangich 
axborotdan foydalanish xarakterlidir.
Ikkinchi turi statistik uslublar bo‗lib, ular ikki va undan ortiq o‗zgaruvchan 
bashorat qilish obyektlarining o‗zaro aloqalarini tadqiq qilishda qo‗llaniladi. 
Uchinchi turi mazkur obyektlarning kelgusidagi rivojlanishini shunga o‗xshash 
obyektlarning rivojlanish qonuniyatlari bo‗yicha tadqiq qilishga asoslanadi. 
2. Ekspert uslublar u yoki bu sohadagi mutaxassis-ekspertlarning fikr va 
muloxazalarini qayta ishlashga asoslanadi. Bashorat qilishning ekspert baholash 
uslubi intuitiv va analitik uslubni o‗z ichiga oladi. Intuitiv uslublarga ekspertlarni jalb 
qilishga, amalda bashorat qilish obyektini rivojlantirish jarayonlarini aniqlash hamda 
shaxsiy eruditsiya va tuyg‗u vositasida kelgusidagi o‗zgarishni baholashga 
asoslangan uslublar kiradi. Analitik uslublarga bashorat qilish obyektini tadqiq qilish 
jarayoni modelini mantiqan tahlil qilishga asoslangan usullari kiradi. 


41 
Bozor konyunkturasini bashorat qilishda ekspert baholash uslublari, ayniqsa, 
intuitiv uslublar keng qo‗llaniladi. 
3.Ekstrapolyatsiya uslubi. Ekstrapolyatsiya uslublari bozor konyunkturasining 
turli ko‗rsatkichlari va xususiyatlarini bashorat qilishda qo‗llaniladi. ekstrapolyatsiya 
formalar yoki jarayonlarning kelgusidagi holati qonunlari, nazariyalari hamda 
tajribasini keng yoyishni taqozo qiladi, ya‘ni bu holda ekstrapolyatsiya bashorat 
qilish amalga oshirilayotgan obyektning ilgarigi rivojlantirish tendensiyalariga 
tayanadi. 
Ekstrapolyatsiyaning bozor tadqiqotlarida qo‗llaniladigan asosiy modellaridan biri – 
bu trend modelidir. Trend modellari jarayonlarni vaqtga nisbatan o‗zgarishning 
asosiy yo‗nalishlarini ko‗rsatadi. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling