O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Xalqaro bozor konyunkturasining asosiy ko„rsatkichlari va ularni


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/55
Sana19.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1365641
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
Bog'liq
MARKETING

 
4.4 Xalqaro bozor konyunkturasining asosiy ko„rsatkichlari va ularni 
prognozlash usullari. 
Bozor konyunkturasining asosiy ko‗rsatkichlari. Bozor konyunkturasi – bu 
ma‘lum bir vaqtda, ma‘lum bir hududda talab bilan taklif o‗rtasidagi nisbatdir. 
Iqtisodiy konyunktura bu omillar va qayta ishlash sharoitlarining rivojlanishi va 
o‗zaro aloqadorlikda talab, taklif, narx omillari asosida bozordagi bir ko‗rinishdir. Bu 
ko‗rsatilgan aniqlik o‗z ichida konyunktura tushunchasining barcha amaliy sifatlarini 
o‗zida mujassamlashtiradi.
Birinchidan, unda iqtisodiy konyunktura predmeti ko‗rsatilgan, ya‘ni bozor, 
ayirboshlash sohasidagi konyunkturani avval olib borilayotgan ishlar bilan bog‗laydi.
Ikkinchidan, konyunkturani faqat ayirboshlash sohasidagini emas, balki butun 
ishlab chiqarish jarayonini, ya‘ni (ishlab chiqarish, taqsimlash, muomala, iste‘mol, 
bo‗lar ayirboshlash prizmasi orqali aniqlanadi) o‗z ichiga qamrab oladi.
Uchinchidan, konyunktura dinamik o‗sish davrlarida ko‗riladi.
To‗rtinchidan, konyunktura ishlab chiqarish jarayoni aniq tarixiy sharoitlari 
bilan bog‗liq, har bir ishlash jarayonining yangi bosqichi uchun omillarning va 
konyunkturani rivojlanishining sharoitlarining mosligi o‗ziga xosdir. 


39 
Beshinchidan, uning ko‗rinishining asosiy shakli talab, taklif, va narx 
dinamikasining nisbatidir. Bir so‗z bilan aytganda, ayni shu omillar bozorning 
xolatini va dinamikasini aniqlashda markaziy bug‗in bo‗lib hisoblanadi. Konyunktura 
tadqiqotining 2 ta obyektiga ko‗ra - ya‘ni iqtisodiy konyunktura tushunchasidagi 
xo‗jalik va tovar bozori, 2 mustaqil tarkibiy qismga ajratiladi: umumxo‗jalik 
konyunkturasi; tovar bozori konyunkturasi. 
Umumxo‗jalik konyunkturani strukturaviy birlik deb, shunga qaramasdan tovar 
bozorlarining va ko‗plab o‗zaro munosabatlar konyunkturasini yig‗indisi deb qarash 
mumkin. Tovar konyunkturasi umumxo‗jalik konyunkturasini tashkil etadi, 
umumxo‗jalik konyunkturasi esa tovar bozorlari konyunkturasini keltirib chiqarida. 
Shuning uchun ham umumxo‗jalik konyunkturani uni tashkil etuvchi tovar 
konyunkturalarini xususiyatlarining arifmetik summasi deb hisoblab bo‗lmaydi. 
Tovar bozorlari konyunkturasini umumxo‗jalik konyunkturasini elementi sifatida 
birlashuvi, bir butun kabi tovar konyunkturasini tashkil etuvchilarga mavjud 
bo‗lmagan yangi sifatni beradi. Shunday qilib, uning butun qismi va bo‗g‗inlarining 
belgilari o‗zaro ta‘sirchanligi va o‗zaro aloqadorligi shakllarining fe‘l-atvorini, 
umumxo‗jalik va tovar konyunkturasini rivojlanishni aniqlaydi. 
Konyunkturani tahlil qilish savollariga o‗tishdan avval konyunkturani ko‗rsatkichlar 
tizimini ko‗rib chiqish darkor. 
Ko‗rsatkichlar shartli ravishda makro va mikro ko‗rsatkichlarga bo‗linadi. 
Makroko‗rsatkichlarga - umumxo‗jalik konyunkturasini tavsiflovchi ko‗rsatkichlar: 
yalpi milliy mahsulot, yalpi milliy daromad, ishlab chiqarish ko‗rsatkichlari, tovar 
oborot ko‗rsatkichlari, pul muomalasi ko‗rsatkichlari, iste‘mol ko‗rsatkichlar kiradi. 
Mikroko‗rsatkichlarga esa alohida tovarlar bozorini tavsiflovchi ko‗rsatkichlar kiradi: 
ishlab chiqarish ko‗rsatkichlari, mahsulot sotilishi va iste‘moli, narx dinamikasi va 
x.k. 
Umumxo‗jalik konyunkturaning tahlilini izlanishni maqsadiga ko‗ra ikkita yo‗l 
bilan olib borish mumkin:


40 
1. Agar ma‘lum bir vaqtning ichida konyunkturaning rivojlanish tendensiyalari 
va sur‘atlarini bilib olish masalasi qo‗yilgan bo‗lsa, u holda konyunktura tahlili shu 
vaqtning ichida uning dinamikasini o‗rganish yo‗li bilan olib boriladi, 
2. Agar eng oxirgi sanaga konyunktura xolatini aniqlash masalasi qo‗yilgan 
bo‗lsa, u holda iqtisodiy siklning fazasini va faza ichidagi misol tariqasidagi joyini 
aniqlash yo‗li bilan olib boriladi. Shuni e‘tiborga olish kerakki, konyunktura tahlili va 
uzoq tendensiyalarning rivojlanishini aniqlash o‗zaro bog‗liq va bir - birini to‗ldiradi. 
Xalqaro bozor konyunkturasini prognozlash usullari.Bozor konyunkturasini 
tahlil va bashorat qilish natijalari firmaning biznes-reja tuzishda yoki firmaning 
bozordagi butun faoliyatini tartibga solishda va boshqarishda keng qo‗llaniladi. 
Bozor konyunkturasini bashorat qilish uslublarini 4 ta katta sinfga bo‗lishimiz 
mumkin. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling