O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/55
Sana19.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1365641
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55
Bog'liq
MARKETING

Bozor 
segmentlarn
i soni 
Vaqt 


45 
Xar bir bozorda sotuvni 
o‗sish sur‘ati 
Yuqori 
Past 
Sotuv bozorda 
barqarorligi 
Yuqori 
Past 
Sotuv hajmini pasayishi Ahamiyatli emas 
Ahamiyatli 
Bozorga tovarni 
moslashish zarurati 
Yuqori 
Past 
Sotuv siyosatini 
moslashish zarurati 
Yuqori 
Past 
Sotuv masshtabini 
samarasi 
Ahamiyatli 
Ahamiyatli emas 
Marketing dasturini 
nazorat qilish zaruriyati 
Yuqori 
Past 
Cheklovlarni soni 
Ahamiyatli 
Ahamiyatli emas 
Nazorat uchun savollar: 
1. Nima uchun xalqaro marketingda axborot muhim ahamiyat kasb etadi? 
2. Marketing axborot tizimi tushunchasi va uning ustunliklari haqida gapirib 
bering. 
3. Marketing axborot tizimining asosiy tarkibiy qismlarini tavsiflab bering. 
4. Axborot to‗plashning qanday usullarini bilasiz? Ushbu usullar bir-biridan 
qanday farqlanadi? 
5. Birlamchi va ikkilamchi axborotlarning afzallik va kamchiliklarini 
tushuntiring 
6. Xalqaro bozor tadqiqotlarining asosiy tamoyillarini tavsiflab bering. 
7. Bozorlarni baholash va ranglarga ajratishdan maqsad nima? 
8. Tashqi bozorni o‗rganish manbalarini aytib bering. 
9. Kabinet tadqiqotlari va dala tadqiqotlari qanday farq qiladi? 
10. Xalqaro bozorda marketing tadqiqotlari qay tariqa amalga oshiriladi? 
11. Chet el bozorlariga chiqishda marketing tadqiqotlarining maqsad va 
mohiyati nimadan iborat? 


46 
V BOB. TAShKILOTLARNING TAShQI BOZORGA ChIQISh 
USULLARI VA MARKETING STRATEGIYaSI 
 
5.1 Tashqi bozorlarga kirib borish usullari. 
Tashqi bozorga chiqishning eng oddiy usuli eksport hisoblanadi. F.Kotler 
eksport muntazam bo‗lmagan va faol turlarga tasniflashni taklif etdi, faol eksport esa 
o‗z navbatida bevosita va bilvosita turlarga taqsimlanadi.
Muntazam bo‗lmagan eksport korxona ba‘zida ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotning ortiqchasini mahalliy ulgurji-vositachi tashkilotlar orqali sotish yo‗li 
eksport qilishi bilan tavsiflanadi. Faol eksport muayyan bozorni kengaytirishni 
maqsad qilib olgan tovar ishlab chiqaruvchi firma eksport operatsiyalarida muntazam 
ishtirok etgan hollarda o‗ringa ega bo‗ladi. 
Bevosita eksport tovar ishlab chiqaruvchi korxonaning eksport operatsiyalarida 
bevosita yoki o‗zining chet eldagi bo‗linmasi orqali ishtirok etishini nazarda tutadi. 
Bevosita eksportdan sanoat tovarlari uchun, tovarlarni hukumatlararo kelishuvlar 
doirasida yetkazib berish, shuningdek, yirik unversal magazinlar tarmog‗i yoki 
kataloglar bo‗yicha savdo qiluvchi tashkilotlarga sotishda foydalanish maqsadga 
muvofiq. 
Bilvosita eksport bu mulkni va u bilan bog‗liq barcha tavakkalchilik-larni uni 
tashqi bozorda sotuvchi vositachiga berishni anglatadi. Bilvosita eksport tovarlarni 
chet elga tijorat tashkilotlari orqali sotishni nazarda tutib, bu vositachilar qatoriga 
ulgurji savdogarlar, eksportchi yoki importchining agentlari, chakana savdogarlarni 
kiritish mumkin.
Korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishida jahon amaliyotida qo‗shma 
tadbirkorlik usuli ham keng tarqalgan. Qo‗shma tadbirkorlik turli davlat a‘zolarining 
u yoki bu sohada qo‗shma faoliyatni amalga oshirish jarayonidir. Qo‗shma 
tadbirkorlikni tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa turlaridan ajratib turuvchi asosiy 
jihati bu xo‗jalik faoliyatini boshqarishda qo‗shma boshqaruvning mavjudligidadir. 
Xozirgi paytda quyidagi kushma tabdirkorlik faoliyatining turlari mavjud: 
lizentsiyalash, pudrat ishlab chiqarish, shartnoma bo‗yicha shartnoma, kushma 
faoliyat yuritish. 


47 
Korxonalarning tashqi bozorga chiqishida keng tarqalgan usullardan biri 
bevosita investitsiyalash, yoki boshqacha qilib aytganda, chet elda korxonaning 
sho‗‘ba bo‗limlarini yaratishdir. Bu katta miqdorda investitsiyalar kiritishni talab 
qilsada, biroq xomashyo va ishchi kuchining juda arzonligi sababli qo‗shimcha 
daromad keltirishi mumkin. Bundan tashqari, chet elda sho‗ba korxonalari tuzar ekan, 
firma o‗z kapital qo‗yilmalarini nazorat qilishi mumkin bo‗ladi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling