O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/55
Sana19.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1365641
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55
Bog'liq
MARKETING

5.3. Zamonaviy raqobat strategiyalari 
Firmaning ma‘lum bir bozor segmentlariga xizmat ko‗rsatishga moslashib olishi 
qoidaga ko‗ra boshqa bozor segmentlarini yo‗qotish yoki ularda muvaffaqiyatga 
erishish imkoniyatlarining pasayishi hisobiga erishiladi. Shunga asosan quyidagi 
raqobat strategiyalaridan biri belgilab beriladi:
Cheklangan raqobat strategiyasi — raqobatli kurash strategiyasi yuqori sifatli, 
tor ixtisoslashgan mahsulotlarni cheklangan miqdorda ishlab chiqarishdan iborat. 
Lokal raqobat strategiyasi — raqobatli kurash strategiyasi bozorning kichik 
(lokal) hajmli ehtiyojlarini maksimal darajada chuqur qondirishni nazarda tutadi. 
Ushbu strategiyaga amal qiluvchi kichik firmalar samarali asbob-uskunalar, ilmiy-
texnik loyihalar va maxsus sohada bilimlarga ega bo‗lmaydi. 
Yangilik kirituvchi raqobat strategiyasi — tubdan o‗zgartirish va yangiliklar 
kiritishga yo‗naltirilgan strate¬giya. Ushbu tavakkalchilik yuqori bo‗lgan biznes bilan 
shug‗ullanuvchi firmalarni ko‗pincha «ilk qaldirg‗ochlar» deb atashadi. 
Differentsiatsiyalanish — kompaniyalarning bozorda egallagan o‗rinlarini ajratib 
(chegaralab) olish jarayonidir. Keskin kurashga kirishib ketmaslik uchun firmalar 
bitta o‗rinni egallamaslikka harakat qiladilar. Ularning har biri raqobatchilar 
tovarlaridan bir oz farq qiluvchi tovarlar ishlab chiqaradi va bozorda o‗z segmentini 
egallaydi. Nima sababdan xaridor aynan shu mahsulotni tanlab oladi? Bunda u qaysi 


49 
mezonlarga amal qiladi? Uni ma‘lum bir tovar yoki xizmatni tanlashga qanday qilib 
ko‗ndirish mumkin?
Shu kabi savollar har bir firmaning tijorat faoliyatida asosiy rolь o‗ynaydi. Butun 
bozor iqtisodiyoti uchun esa bu savollar ushbu mamlakatda qaysi tovarlar ishlab 
chiqariladi degan savol bilan bir xil kuchga ega hisoblanadi. Bu savollarning 
javoblari raqobatbardoshlik tushunchasi bilan bog‗liq. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling