O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Tovar sifatiga xalqaro normalarni ishlab chiquvchi tashkilotlar


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/55
Sana19.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1365641
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55
Bog'liq
MARKETING

Tovar sifatiga xalqaro normalarni ishlab chiquvchi tashkilotlar 
Sifat normasi 
darajasi 
Tovar sifati normasini 
belgilovchi 
tashkilot nomi 
Belgilanishi va joylashgan 
mamlakati 
Milliy 
Germaniya norma Instituti 
Britaniya standart Instituti 
Frantsiya normalizatsiya Assotsiatsiyasi 
DIN, Germaniya 
BSI, Buyuk Britaniya 
AFNOR, Frantsiya 
Xalqaro 
Xalqaro standart tashkiloti 
Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi 
Internaional Electric Commision 
ISO, Shveytsariya 
ITV, Shveytsariya 
IEC, Shveytsariya 
Yevropa 
Comite Europeen de Normalisation 
Comite Europeen de Normalisation 
Electrotechnique 
Europeen Telecommunication 
Stsndarts Institute 
GEN, Belьgiya 
ETSI, Frantsiya 
Tovar sifatining texnik norma va standartlarga mos kelishi tovar siyosatining 
xalqaro bozordagi imkoniyatlarini aniqlab beradi. Turli mamlakatlarning norma va 
standartlari bir-biriga mos kelmasligi, iste‘molchilar xohish-istagi turlicha bo‗lgan 
geografik segmentlar uchun tovar ishlab chiqarish muammolarni tug‗diradi. 
Xalqaro 
miqyosda 
sifat 
siyosatining 
maqsadi 
milliy 
mahsulotni 
«globallashtirish» yoki tashqi bozor uchun original mahsulotlarni rivojlantirish 
hisoblanadi.
Tovarning raqobatbardoshligi — uning real xarid qiluvchi xaridor uchun 
jozibadorlik darajasidir. Tovarning iste‘mol qiymati — xaridor mazkur tovar uchun 
to‗lash 
mumkin 
hisoblovchi 
maksimal 
narx 
hisoblanadi. 
Tovarning 
raqobatbardoshligi zaxirasi — tovarning iste‘mol qiymati va uni sotib olish uchun 
to‗langan haqiqtisodiy narx o‗rtasidagi farqdir. Iste‘molchi uchun iste‘mol 
qiymatining to‗lanmagan, tekin qo‗lga kiritilgan qismini anglatadi. Ta‘minotchi 
uchun esa tovar raqobatbardoshligining miqdoriy o‗lchami hisoblanadi. 


61 
Eksport tovarining raqobatbardoshligini quyidagi omillar belgilab beradi: 
• iste‘mol xususiyatlari; 
• texnologik ko‗rsatkichlar, avvalo: tayyorlash sifati, texnik darajasi, 
ishonchliligi, uhrq muddat xizmat qilishi, qulayligi, xavfsizligi, foydalanishda 
uzluksizligi, qulay o‗lchamlari, hajmi, dizayni, sotuv narxi, jozibador servis xizmati, 
imte‘mol qiymati (ekspluatatsiya, ta‘mirlash va saqlash xarajatlari). 
Eksport tovar assortimentini rejalashtirish jarayonida tovar raqobatbardoshligini 
baholashda foydalaniluvchi ko‗rsatkichlarga asoslaniladi. Bu ko‗rsatkichlar 
quyidagilardan iborat: 
1. Tovar mahsulotining vazifasi: tasniflash ko‗rsatkichlari (quvvati, tezligi, 
sig‗imi va hokazo); konstruktiv va texnik ko‗rsatkichlar (material sig‗imi, gabarit 
o‗lchami, konfiguratsiyasi, mahsuldorligi, o‗lchash aniqligi, qayta ishlanuvchi 
ma‘lumotlar hajmi); mahsulot tarkibi va strukturasi (tabiiy modda va aralashmalar 
tarkibi). 
2. Sifati va ishonchliligi: GOST talablariga javob berishi, foydalanganda buzilib 
qolmasligi, kafolat muddati davomida ta‘mirlashsiz ishlatish; mahsulotning texnik va 
ijtimoiy-iqtisodiy zarur davri uzunligi; chet ellik iste‘molchilarning ma‘lum 
ehtiyojlarini qondirish qoiliyati. 
3. Estetika: jozibadorlik (rangi, ranglar kombinatsiyasi, gabarit o‗lchami); 
ifodalilik (shinamlik, iqtisodiylik va hokazolarni ifodalash); emotsional ta‘sir 
(hayajonlonish, tinchlanish, beparvolik). 
4. Ekologik tozaligi: tayyor yoki yarim tayyor mahsulotda zararli 
aralashmalarning mavjudligi; qayta ishlangan mahsulotlarda zararli aralashmalarning 
mavjudligi; atrof-muhitga, atmosfera va suv havzalariga zararli moddalarni chiqarish. 
5. Ergonomiklik: gigienichnost (toksiklik, changlilik, yoritilganlik, vibratsiya, 
shovqinlilik); fiziologichnost (foydalanishning qulayligi, muomala qilishning 
osonligi); antropometrichnost (inson tanasi va a‘zolariga shakl va hajm jihatidan 
moslik); psixologichnost (chet ellik potensial iste‘molchining ijobiy qabul qilishi).
6. Tejamkorlik: sotuv narxining qulayligi; tijorat qo‗llanishi qiymatining yuqori 
emasligi (transport orqali tashish, o‗rnatish, ishga tushirish, foydalanishga topshirish, 


62 
tartibga solish, xodimlarni o‗rgatish, texnik xizmat ko‗rsatish, ta‘mirlash, yoqilg‗i, 
elektr energiyasi). 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling