O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Eksport tovar siyosatining mohiyati va uni amalga oshirish bosqichlari


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/55
Sana19.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1365641
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55
Bog'liq
MARKETING

6.5. Eksport tovar siyosatining mohiyati va uni amalga oshirish bosqichlari 
Xalqaro savdo eksport-import operatsiyalarining tijorat asosida, ya‘ni oldi-sotdi 
shartnomalarini tuzish va bajarish asosida amalga oshirilishini nazarda tutadi. Bepul 
tovarlar yetkazib berish, xizmat ko‗rsatish, ish bajarish va yordam berish alohida 
hisobga olinadi va eksport yoki import qiymatiga kiritilmaydi. 
Mamlakatimizdagi korxona va tashkilotlarning xalqaro savdo faoliyatini davlat 
tomonidan tartibga solish va nazorat qilish eksport-import operatsiyalarini 
litsenziyalash vositasida amalga oshiriladi. Ushbu faoliyat turlariga mos keluvchi 
davlat organlarining maxsus (asosiy va individual) ruxsatnomalar berishi nazarda 
tutiladi. 
Asosiy litsenziya bu bozor subyektiga ma‘lum muddatga muayyan tovarlarni 
cheklanmagan miqdorda mamlakati ko‗rsatilgan holda eksport yoki import qilish 
uchun beriluvchi maxsus ruxsatnomadir. Individual litsenziya esa bozor subyektiga 
cheklangan muddatga muayyan tovarni cheklangan miqdorda mamlakati ko‗rsatilgan 
holda eksport yoki import qilish uchun beriluvchi bir martalik maxsus ruxsatnoma 
hisoblanadi. 
Litsenziyalash tashqi savdo munosabatlarini xalqaro tartibga solishning amaliy 
vositasi bo‗lib, ichki iste‘mol uchun zarur bo‗lgan mahsulot eksportini cheklash
mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchilarga zarar yetkazilishining oldini olish 
maqsadida importni cheklash, mamlakatning savdo va to‗lov balansini tartibga solish, 
fors-major holatlar sababli iqtisodiyotda yuzaga kelgan vaqtinchalik qiyinchiliklarni 
bartaraf qilish, xorijiy valyutani sarflashni nazorat qilish kabi maqsadlarda keng 
qo‗llanadi. 
Xalqaro savdoda eksport tovar siyosatining uch varianti qo‗llanadi. 
1. Markazlashgan variant tashqi bozorda mazkur ishlab chiqaruvchining mavjud 
tovariga texnik va texnologik jihatdan o‗xshash va unga mos keluvchi, chet ellik 


63 
yangi xaridorlarni jalb qilishi mo‗ljallangan yangi tovarni yaratish va ishlab 
chiqarishga yo‗naltiriladi. 
2. Gorizontal variant. Bunda mazkur ishlab chiqaruvchining tashqi bozorga 
chiqariluvchi yangi tovari ilgari mavjud bo‗lgan tovarga o‗xshash bo‗lib, yangi 
shakllangan iste‘molchilar guruhiga mo‗ljallanadi, uni ishlab chiqarish esa kichik 
texnologik o‗zgarishlar bilan amalga oshiriladi. 
3. Konglomerat variant. Bunda tashqi bozorga mazkur ishlab chiqaruvchining 
ilgari mavjud bo‗lgan tovarga umuman o‗xshamagan, ishlab chiqarish 
texnologiyasini takomillashtirish va yangi bozorni egallashni talab qiluvchi yangi 
tovar kiritiladi. 
Eksport tovar siyosatida importchi mamlakatlarda amal qiluvchi turli xil 
me‘yoriy hujjatlar (xalqaro va milliy standartlar, bojxona talablari va hokazo) 
qo‗llanib, bu tovar upakovkasi, markirovkasi, dizayni, ayrim tavsifnomalari va 
hujjatlariga ta‘sir ko‗rsatadi. Mahsulot eksport qiluvchi o‗zining huquq va 
majburiyatlari haqida aniq tasavvurga, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish va sotuv 
resurslariga ega bo‗lishi lozim. Xalqaro savdo usullari va tamoyillarini qat‘iy hisobga 
olish muhim ahamiyat kasb etib, ular ko‗p hollarda ichki usul va tamoyillardan 
sezilarli farq qiladi. Bundan tashqari, savdo operatsiyalarini rasmiylashtirish va 
amalga oshirish xususiyatlari, bojxona tomonidan tartibga solinish, valyuta nazorati, 
savdo amaliyoti va mamlakatda amal qiluvchi urf-odatlarni ham inobatga olish joiz. 
Jahon tajribalarining ko‗rsatishicha, turli xildagi raqobatbardosh eksport 
tovarlarining etarli bo‗lishi tijorat olamining javob tariqasidagi harakatlarini – yuqori 
sifatli tovarlar importi va chet el investitsiyalari oqimining o‗sishiga sabab bo‗ladi. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling