O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/55
Sana19.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1365641
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   55
Bog'liq
MARKETING

 
 


57 
6.2. Tovar siyosatining shakllanishi. 
Xalqaro marketingda to‗rt tovar strategiyasiga mos keluvchi siyosatning to‗rtta 
prinsipial yo‗nalishlarini ajratib ko‗rsatish mumkin: 
• oddiy kengaytirish (eksport); 
mahsulotni moslashtirish
• «teskari» ixtiro yoki yangi ixtirolar; 
• tovar ishlab chiqarishni to‗xtatish. 
Oddiy kengaytirish yoki eksport strategiyasi firmaning eksport assortimentiga 
standart yondashuvni nazarda tutadi. Bu holda firma tashqi bozorda ham ichki 
bozordagi tovarlarni ishlab chiqaradi va sotadi. Bunda tovarning rivojlanish 
jihatlaridan hech biri (tovar tavsifnomasi, o‗rami va tashqi ko‗rinishi) 
o‗zgartirilmaydi va tashqi bozorning sharoitlariga moslashtirilmaydi. 
Mahsulotning moslashish strategiyasi tashqi bozor va muhitning xususiyatlarini 
hisobga olgan holda tovarni modifikatsiyalashdan iborat. Moslashish nafaqat tovar 
tavsifnomalariga (sifati, tashqi ko‗rinishi), balki uning o‗rovi va servis xizmat 
ko‗rsatilishiga ham taalluqli bo‗lishi mumkin. Jadvalda tovar modifikatsiyasining 
to‗rtta varianti ko‗rib chiqilgan. 
 
6.1-jadval 
Tovar modifikatsiyasining asosiy variantlari 
Kommunikatsiya 
Tovar 
Tovar o‗zgarmaydi 
Tovar o‗zgaradi 
Standart 
kommunikatsiya 
To‗liq 
standartizatsiya 
(kommunikatsiya va tovar) 
Tovar modifikatsiyasi 
Kommunikatsiya
o‗zgaradi 
Kommunikatsiya 
aloqalari 
modifikatsiyasi 
Kommunikatsiya 
aloqalari 
va tovar modifikatsiyasi 
To‗liq standartlash strategiyasi ikki holda qo‗llanadi. Birinchi hol bu epizodik 
eksport, ya‘ni ishlab chiqaruvchini mahsulotni aynan shu ishlab chiqaruvchidan sotib 
olishni istovchi chet ellik xaridor (vositachi) mahsulotni eksport qilishga 
«majburlaydi». Ikkinchi variant birlamchi zarur mahsulotlarni (asosan oziq-ovqat 


58 
mahsulotlarini) ommaviy ishlab chiqaruvchi yirik transmiliiy korporatsiyalarga 
taalluqli. 
Kommunikatsiya aloqalarini modifikatsiyalash strategiyasini tanlashni bitta 
tovarning o‗zi turli funksiyalarga ega bo‗lishi va turli bozordagi ehtiyojlarni 
qondirishi mumkin bo‗lishi bilan asoslash mumkin. Masalan, velosiped ko‗p 
mamlakatlarda (masalan, Xitoyda) kattalar uchun asosiy transport vositasi 
hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda u sport anjomi hisoblanadi. Shu munosabat 
bilan ikkala holda reklama murojaati turlicha bo‗lishi lozim. Kommunikatsiya 
aloqalarining moslashish zarurati asosan bozorning milliy-madaniy va ijtimoiy-
iqtisodiy xususiyatlari bilan bog‗liq. 
Tovar modifikatsiyasi strategiyasi tovar barcha bozorlarda bitta maqsad uchun 
mo‗ljallangan, biroq undan foydalanish sharoitlari turlicha bo‗lgan hollarda 
qo‗llanadi.
Kommunikatsiya aloqalari va tovar modifikatsiyasi strategiyasi katta xarajatlarni 
talab qiladi. Shu sababli uni amalga oshirishga faqat moliyaviy qo‗llab-quvvatlashga 
ega bo‗lgan yoki yirik mijozlarga xizmat ko‗rsatuvchi yirik va baquvvat 
kompaniyalargina qodir. 
Moslashish va standartlash strategiyalari o‗rtasida tanlashda ularning 
samaradorligi iqtisodiy hisob-kitob qilish, masalan, ishlab chiqaruvchi firmaning 
tovar 
modifikatsiyasi 
strategiyalaridan 
foydalanish 
xarajatlarini 
muayyan 
modifikatsiyadan foydalanish natijasida olinuvchi foyda bilan taqqoslash zarur.
«Teskari» ixtiro yoki yangi ixtirolar strategiyasi firmani rivojlanayotgan 
mamlakatlarga yo‗naltirish, milliy bozorga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga 
nisbatan oddiyroq (masalan, qo‗l kassa apparatlari, elektr tokidan foydalanilmaydigan 
tikuv mashinalari) mahsulot ishlab chiqarishni tavsiya qiladi. 
Yangi tovarlarni ishlab chiqish ko‗p mablag‗ talab qiladi, shuning uchun bu 
bilan asosan yirik transmilliy korporatsiyalar shug‗ullanadi. Bu korporatsiyalar yangi 
tovarlarni asta-sekinlik bilan avval rivojlangan mamlakatlar bozoriga, so‗ngra 
rivojlanayotgan mamlakatlar bozoriga kiritadi. 


59 
Tovar ishlab chiqarishni to‗xtatish strategiyasi. Agar eksportchi firma standart 
strategiyalardan foydalanadigan bo‗lsa, u tovar ishlab chiqarish va eksport qilishni 
barcha bozorlarda bir vaqtning o‗zida to‗xtatadi. Masalan, Germaniyaning katalog 
bo‗yicha mebel savdosi bilan shug‗ullanuvchi MVT mebel kompaniyasi o‗z 
assortimentini har yarim yilda yangilab turadi. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling