O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


IX-BOB. XALQARO MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/55
Sana19.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1365641
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55
Bog'liq
MARKETING

IX-BOB. XALQARO MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI 
 
9.1 Xalqaro marketing kommunikatsiya tizimi turlari. 
 
Kommunikatsiyani turlicha ta‘riflash mumkin. Amerikalik iqtisodchilar F.Dens 
va K.Larson «kommunikatsiya» tushunchasining 126 ta talqinini sanab berganlar. 
Ularning qayd etishicha, barcha ta‘riflarda kommunikatsiya o‗zaro aloqalar sifatida 
talqin qilinadi yoki masalan, iste‘molchilarga ta‘sir ko‗rsatish va istalgan narsaga 
talabni yuzaga keltirish mumkin bo‗lgan barcha jarayonlarni umumlashtiradi. 
Xalqaro bozorda talabni faol shakllantirishga marketing kommunikatsiya vositalari – 
keng ma‘noda reklama, seylz promoushn, direkt-marketing va homiylik yordamida 
erishiladi. Bundan tashqari, ular texnik va tijorat hujjatlariga egalik qiladi hamda 
yarmarka va xalqaro salon kabi tadbirlarda ishtirok etadi. 
Reklama – bu xalqaro bozorda chet ellik xaridorlarni tovar va xizmatlar bilan 
tanishtirish maqsadida tovar va xizmatlar haqidagi axborotdir.
Seylz promoushn reklama beruvchining mahsulot va xizmatlarini chet elga 
sotishni rag‗batlantiruvchi tijorat va ijoliy g‗oyalarni amalga oshirish faoliyatini 
ifodalaydi. Xususan, u seylz promoushn materiallari upakovka ichida joylashgan 
holda tovarlarni o‗rash yoki sotuv joylarida maxsus tadbirlar (chegirmalar, ko‗ponlar, 
musobaqalar va hokazo) yordamida amalga oshiriladi.
Pablik rileyshnz tovar, xizmat yoki firma to‗g‗risida xalqaro bozorda qulay 
jamoatchilik fikrini shakllantirishga yo‗naltirilgan nufuzli reklamani amalga oshirish 
maqsadida ommaviy axborot vositalarining tahririyatlaridan foydalanishni nazarda 
tutadi. Pablik rileyshnz tadbirlari asosan tovarning iste‘mol xususiyatlarini targ‗ib 
etishga emas, balki mazkur tovarning chet ellik iste‘molchi uchun ijobiy ahamiyatini 
tushuntirishga qaratiladi. Pablik rileyshnz yordamida firma jamiyat va alohida 
iste‘molchi manfaatlarini o‗z manfaatlaridan ustun qo‗yadi degan g‗oyani amalga 
oshirishga harakat qilinadi.
Direkt–marketing bu ma‘lum bir tovarlarni sotib olish niyatida bo‗lgan firmalar 
yoki ayrim iste‘molchilar bilan doimiy qo‗llab-quvvatlanuvchi yo‗naltirilgan 
kommunikatsiyalardir. Direkt-marketing sohasidagi faoliyat asosan bevosita pochta 


90 
orqali yoki tor ixtisoslashgan reklamani tarqatish vositalari yordamida amalga 
oshiriladi. Direkt-marketing sohasida ishlaganda reklama agentligining daromadlari 
komission mukofotlar va mijoz tomonidan sarflanuvchi mablag‗lar hisobiga 
shakllantiriladi. 
Ko‗rgazma, yarmarka va salonlarda ishtirok etish xalqaro bozorda juda katta 
foyda beradi, chunki: 
• ishlab chiqaruvchi va iste‘molchilar o‗zlari haqida ma‘lum qiladilar va axborot 
almashadilar; 
• raqobatchilar, ularning ta‘minlanganligi va xulq-atvori muntazam kuzatib 
boriladi; 
• potensial mijozlar bilan aloqa o‗rnatilib, ularning fikr va mulohazalariga 
e‘tibor qaratiladi
• u yerda ishtirok eutvchi firmalarning imidjini yaratish va ommavyilik fenomeni 
batafsil o‗rganiladi; 
• bozor tendensiyalari kuzatib boriladi; 
• o‗z tashrifi bilan mahalliy agentlar qo‗llab-quvvatlanadi yoki yangi agenlar 
yollanadi. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling