O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/55
Sana19.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1365641
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55
Bog'liq
MARKETING

Nazorat uchun savollar: 
1. Boshlang‗ich, shartnoma va real narxlarning mohiyati nimada? 
2. Xalqaro bozorda narx strategiyasi qanday? 
3. O‗zbek tovarlari eksporti narxini qo‗llab-quvvatlashning asosiy 
yo‗nalishlarini aytib bering. 
4. Eksport narxlarini shakllantirishda davlatning roli qanday? 
5. Jahon narxlari tushunchasini izohlab bering. 
6. Jahon narxlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlarning qanday manbalari mavjud? 
7. Eksport va miport narxlari qay tariqa hisoblanadi? 
 
 


80 
VIII BOB. TAShQI BOZORLARDA TOVARLARNI TAQSIMOTI 
8.1. Taqsimlash kanallarining strukturasi va funksiyalari. 
 
Taqsimlash kanali - bu tovar ishlab chiqaruvchidan iste‘molchilarga etib 
borguncha bosib o‗tadigan yo‗ldir. U tufayli tovar va xizmatlar hamda ulardan 
foydalanish istagida bo‗lganlarni vaqt, joy va egalik huquqiga oid o‗zilishlar bartaraf 
etiladi.
Ularning quyidagi turlarini ko„rsatish mumkin: 
• tovarlarni o‗z mamlakatidagi tovarni sotib olgandan so‗ng uni chet ellik 
iste‘molchilarga qayta sotuvchi vositachilarga sotish (bilvosita eksport); 
• tovarlarni chet eldagi vositachi yoki yakuniy iste‘molchi bo‗lishi mumkin 
bo‗lgan iste‘molchilarga sotish (bevosita eksport); 
• tovarlarni integratsiya va qo‗shma faoliyat asosida yoki mustaqil ravishda 
chet elda ishlab chiqarish va sotish. 
Ishlab chiqaruvchilarning katta qismi bozorga o‗z tovarlarini vositachilar orqali 
taklif qiladi. Vositachilar orqali harakat qilganda foydaning bir qismi yo‗qotilishiga 
qaramay, vositachilardan foydalanish tovarning ochiqligini ta‘minlash va uni 
maqsadli bozorga yetkazib berish samaradorligining yuqoriligi bilan izohlanadi. O‗z 
aloqalari, tajribalari, ixtisoslashuvi va faoliyat miqyosining kengligi bilan vositachilar 
firmalarga ularning bir o‗zi erishishi mumkin bo‗lgandan ko‗proq foyda olish 
imkonini beradi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling