O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
MARKETING
10.3. Tovar belgisi Tovar assortimenti tez-tez yangilanib turgan sharoitlarda muayyan tovar obrazini yaratishga ommaviy yondashuvdan tovarlar guruhining yig‗ma obrazini yaratishga o‗tish yaqqol ko‗zga tashlanmoqda. Bu yig‗ma obraz ishlab chiqaruvchi firma obrazi – bir daraja yuqori turuvchi obrazning bir bo‗g‗ini hisoblanadi. Iste‘molchining esida qoluvchi tovar belgisi–firma yoki tovarning emblemasi bo‗lib, ko‗pincha bitta belgiga birlashib ketadi hamda vaqt o‗tishi bilan tashqi ko‗rinishi o‗zgaruvchi tovarlarga iliq munosabatning o‗zgarmasligini ta‘minlaydi. Tovar belgisi (markasi) deganda sotuvchining mahsuloti yoki xizmatini tanib olishga yordam beruvchi nom, belgi, ramz yoki ularning birikmasi tushuniladi. Ishlab chiqaruvchi bitta kompaniyaning o‗zi bir nechta tovar belgisiga ega bo‗lishi mumkin. xalqaro miqyosda global, mintaqaviy va mahalliy tovar belgilarini farqlash mumkin. Ichki bozorda foydalaniluvchi yoki maqsadli tashqi bozor uchun maxsus ishlab chiqilgan savdo markalari mahalliy tovar markalari hisoblanadi. Mintaqaviy savdo markalari ma‘lum bir mintaqalarni qamrab olsa, global markalar jahon bozorida tovarning global imidjiga ega bo‗lish maqsadida ishlab chiqiladi. Savdo markasini yaratish kompaniyadan kommunikatsiya sohasida, jumladan, reklama siyosatida bir qator qarorlar qabul qilish talab qilinadi. Bu qarorlarsiz savdo markasi muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Tovar siyosatining muvaffaqiyati ko‗p jihatdan mamlakatdagi tovar belgilarini muhofaza qilish qonunlariga bog‗liq bo‗ladi. Xalqaro intellektual 103 qaroqchilikdan murakkab asbob-uskunalar va qimmatbaho tovar ishlab chiqaruvchilargina aziyat chekadi deyish noto‗g‗ri bo‗lar edi. Bunday tovarlar bilan bir qatorda unchalik qimmat bo‗lmagan tovarlar ham qalbakilashtiriladi, masalan, Head and Scholders shampunlari. Tovar belgilari va ixtirolarni himoya qilish masalalarini tartibga soluvchi asosiy xalqaro kelishuv 1983 yilda qabull qilingan sanoat mulkini himoya qilish bo‗yicha Parij konvensiyasi hisoblanadi. Konvensiyaning asosiy maqsadi sanoat namunalari va ixtirolarni patentlash, firma, tashkilot va fuqarolarning tovar belgilarini boshqa mamlakatda ro‗yxatga olish uchun imtiyozli sharoitlar yaratishdan iborat. Parij konvensiyasi yagona xalqaro tovar belgisi yaratilishini ko‗zda tutmaydi. Konvensiyaning asosiy tamoyillaridan biri milliy rejim tamoyili hisoblanadi. Konvensiya ustivorligi qoidasi konvensiyaning eng muhim qoidasidir. Konvensiyada ustivorlik qoidasining kiritilishini quyidagicha izohlash mumkin: tovar belgisiga egalik huquqi yoki patentni kim birinchi bo‗lib ariza bersa o‗sha oladi. Ariza berishda birinchi bo‗lish ixtironing yangiligini ta‘minlab, bu patent berishda zarur shart hisoblanadi. Ishtirokchi davlatlardan birida tovar belgisi yoki ixtironi ro‗yxatga olish uchun ariza bergan shaxs boshqa mamlakatlarda ariza berilgandan so‗ng bir yil muddat davomida ustivorlik huquqidan foydalanadi. Xalqaro bozorda tovar belgilarining ro‗yxatga olinishi milliy qonunchilik va xalqaro kelishuvlar qoidalari asosida amalga oshiriladi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling