O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/55
Sana19.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1365641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
MARKETING

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
 



I BOB. «TASHQI IQTISODIY FAOLIYATDA MARKETING» 
FANINING MOHIYATI, MAZMUNI VA AHAMIYATI. 
1.1.Mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishda marketingning 
ahamiyati 
Hozirgi kunda jahon hamjamiyati uchun xalqaro iqtisodiy munosabatlarning 
xalqaro mehnat taqsimoti asosida rivojlanish jarayoni juda xos bo‗lib, ayrim 
mamlakatlar yoki mamlakatlar guruhlari o‗rtasida obyektiv, barqaror tijorat 
munosabatlarini aks ettiradi. Rivojlanib borayotgan jahon hamjamiyati iqtisodiy 
jarayonlarni baynalmilallash-tirish tendensiyasini kuchaytiradi, ishlab chiqarishning 
xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyasiga ko‗maklashadi, savdo va ilmiy-tadqiqot
konstruktorlik ishlari bilan almashinishga xizmat qiladi. Bu jarayon sotuv bozorini 
kengaytirishning 
barcha 
omillarini 
hisobga 
olish, 
xalqaro 
tijorat-xo‗jalik 
aloqalarining barcha zamonaviy shakllarini rivojlantirishni talab qiladi. 
Tashqi iqtisodiy aloqalarning kengayishi eksport va importda, xalqaro auktsion 
va savdolarda, chet el korxonalariga kiritiluvchi investitsiyalarda va nihoyat tovar va 
xizmatlar jahon bozorida namoyon bo‗lib, ko‗plab mamlakatlarda faoliyat 
ko‗rsatuvchi hamda chet eldagi ishlab chiqarish va sotuv bo‗linmalaridan 
foydalanuvchi transmilliy korporatsiyalar amalda butun jahon uchun ishlaydi. 
bo‗larning barchasi tovar va xizmatlarni mamlakat hududidan tashqarida sotish 
bo‗yicha maxsus tadbirlar majmuasi – tashqi iqtisodiy faoliyatda marketing zaruratini 
yuzaga keltiradi. Bu erda gap xalqaro firmalar haqida boradi. Bu firmalarning ishlab 
chiqarish va tijorat faoliyati xorijiy mamlakatlarda ham tarqaladi hamda ular sho‗‘ba 
korxonalarning mavjudligi, texnologik kooperatsiya va ixtisoslashuv, resurslar 
bazasining umumiyligi, boshqaruv va nazoratning markazlashuvi bilan tavsiflanadi. 
Ushbu vazifani muvaffaqiyatli hal qilish uchun xalqaro marketing usullaridan – 
ishlab chiqarishni tashkil etish va tovar mahsulotlarini sotish kompleks tizimi, 
xalqaro bozor tadqiqotlari va prognozlash asosida muayyan xorijiy iste‘molchilarning 
talab va ehtiyojlari, xohish-istaklari va odatlarini qondirish uchun xizmat 
ko‗rsatishdan unumli foydalanish zarur. 




Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling