O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti byudjet hisobi va g`aznachilik fakulteti
Download 0.55 Mb.
|
Basketbol
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. Basketbol maydoni gabaritlari va belgilari
- 4 -rasm. 2010 yildan so‘ng qabul qilingan basketbol maydonining belgilari 3 -rasm. Basketbol ustuni va shiti
1 -rasm. Basketbol maydoni Basketbol maydoni maxsus yer uchastkasida rejalashtirilib, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida, aloxida qoplama yotqizilgan (yog‘ochli yoki sintetik, rezina bitum va tuproq), maxsus belgili va mos ravishda jixozlangan bo‘ladi. O‘yin maydoni 28x15 m bo‘lib, ichki chiziqlardan o‘lchanadi. Yangi qurilgan o‘yin maydonlarining kattaligi 28x15 m bo‘lishi shart. Agar, yopiq holdagi maydon bo‘lsa, poldan shipgacha bo‘lgan balandligi 7 m. dan kam bo‘lmasligi kerak. O‘yin maydoni tekis va yaxshi yoritilgan bo‘lishi kerak. Yoritkichlar o‘yinchilarga xalaqit bermasligi kerak. O‘yinchilarga yaxshi ko‘rinishi uchun maydonni chegaralovchi chiziqlarning qalinligi 5 sm bo‘lib, maydon bir tekislikda yotadi. Maydonni chegaralovchi chiziqning tashqarisida, undan 2 m uzoqlikda yana bir chiziq tortiladi, bu oraliq xavfsizlik zonasi deyiladi. Kengligi 3 sm va o‘lchami 180x1200 mm² (gorizontal bo‘yicha katta tomoni) teng shchitalar yog‘och yoki boshqa materialdan yasaladi (2- rasm). Shitni oldi tomoni tekkis va silliq, oq rangga bo‘yalgan va to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida 5 sm kenglikdagi chiziqlar bilan hoshiyalangan (590x450 mm²). Shit chekkalari va to‘g‘ri to‘rtburchak bir xil rangda belgilanadi. Shitni maydon yuziga to‘g‘ri burchak hosil qilgan va yuz tomondagi chiziqlarga parallel holda o‘rnatiladi. Shit maydon tomonga, uning tashqi yuzasidan to yuz tomon chizig‘ini ichki chetigacha teng masofani hisobga olgan holda 1200 mm chiqib turadi. Shitni pastki cheti maydon yuzasidan 2750 mm.ga chiqib turadi. Ichki diametri 450 mm.ga teng yumaloq metaldan qilingan halqa savatchani tashkil qiladi. Halqaga arqondan eshilgan to‘r mahkamlanadi, halqa shitga maydon yuzasidan 3050 mm masofada bo‘lgan nuqtada m ustahkamlanadi (3-a, b-rasmlarga qarang). 2-rasm. Basketbol maydoni gabaritlari va belgilari Basketbol maydonida quyidagilar bo‘lishi kerak: to‘plar, nasos yoki havoni g‘amlash uchun kompressor, shnurlar, chiziqlarni belgilash uchun trafaretlar, ishtirokchilar uchun o‘rindiqlar, hakamlar uchun soyabon, to‘p o‘lchamlarini o‘lchash uchun shablon, halqa balandligi o‘lachagichi, o‘yin hisobi va vaqt ko‘rsatkichi, vaqtni 30 soniyasini ko‘rsatuvchi hisoblagich, hushtaklar, hoshiyalash uchun stoykalar. Yangi qoida bo‘yicha uch soniyalik zona trapesiya shaklidan chiqib ketib, to‘g‘ri to‘rtburchak shakliga aylangan. Uch ochkolik chiziq maydon 101 sathidagi nuqtadan savatchaning bevosita markazi tagiga yarimaylananing tashqi chetiga 6,75 m masofaga surilgan. Keyin NBA belgisiga o‘xshagan holda yarimaylana maydon burchagida parallel chiziqlarga o‘tib ketadi. Uzunligi 0,15 m bo‘lgan ikkita chiziq bilan to‘p otish chiziqlari belgilangan. Ushbu chiziqlar o‘yin maydonining yon chiziqlari mavjud bo‘lgan joydan chiqqan holda qotib o‘tirgan stolga qarama-qarshi chizilishi kerak, shunda ushbu chiziqlarning tashqi chetlari ularga yaqin joylashgan yuz tomondagi chiziqlarni ichki chetlaridan 8,325 m masofada bo‘lishi kerak. Ko‘rinib turganidek, yuqorida aytilgandan tashqari halqa tagida yarimaylana chizilgan, unda to‘qnashuv follari belgilanmagan. To‘qnashuv follari belgilanmagan yarimaylana chiziqlari o‘yin maydoniga albatta chizilishi va quyidagicha chegaralanishi kerak: bevosita savatcha markazi tagida joylashgan maydon sathidagi nuqtadan yarimaylananing ichki chetigacha radiusi 1,25 m.ga teng yarimdoira. Ushbu yarimdoira yuz tomondagi chiziqlarga perpendikulyar holatda uzunligi 0,375 m bo‘lgan ikkita parallel chiziqlar bilan birlashadi. Ushbu chiziqlarning ichki cheti bevosita savatcha markazi tagida joylashgan maydon sathidagi nuqtadan 1,25 m masofada joylashadi va yuz tomondagi chiziqlarning ichki chetidan 1,20 m. masofada yakunlanadi. Shitlarning yuz tomonlarini bevosita tagidan o‘tgan parallel chiziqlarni (uzunligi 0,375 m) chetlari to‘qnashuv follari belgilanmagan yarimaylana zonasidagi chiziqlar bilan tutashadi. Yarimdoira chiziqlari to‘qnashuv follari belgilanmagan yarimaylana zonasining qismlari emas. To‘qnashuv follari belgilanmagan yarimaylana zonasi o‘yin maydoniga savatcha tagidagi to‘qnashuv/blokirovka holatlarini aniqlashtiruvchi alohida zonani belgilash maqsadida chiziladi. O‘yinning har qanday holatida yarimaylana zonasiga o‘tishda hujmchi yarimdoira ichida turgan himoyachiga nisbatan to‘qnashuvini aniqlaydi. Maydon o‘rtasida markaziy chiziq va aylana tortilgan bo‘lib, aylananing radiusi 1,80 sm.ga teng. Aylana o‘lchami tashqi chizig‘igacha o‘lchanadi. Markaziy chiziq va chiziqqa parallel holda tortilib, yon chiziqni kesib, 0,15 m tashqariga davom ettirilgan bo‘ladi. 4 -rasm. 2010 yildan so‘ng qabul qilingan basketbol maydonining belgilari 3 -rasm. Basketbol ustuni va shiti Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling