O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat transport universiteti “tabiiy fanlar” kafedrasi
Download 184.91 Kb. Pdf ko'rish
|
LABORATORIYA ISHI №2.
- Bu sahifa navigatsiya:
- LABORATORIYA ISHI №2 Anorganik birikmalarning asosiy sinflari: oksidlari, asoslar. Ularning nomenklaturasi, olinishi, xossalari va ishlatilishi
- Ishdan maqsad
- Metall gidrooksidini olish.
- Kipp apparati yordamida kislotali oksid hosil qilish.
- Sn + 4HNO 3 = H 2 SnO 3 + 4NO 2 + H 2 O
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI “TABIIY FANLAR” kafedrasi TOSHKENT LABORATORIYA ISHI №2 Anorganik birikmalarning asosiy sinflari: oksidlari, asoslar. Ularning nomenklaturasi, olinishi, xossalari va ishlatilishi Asboblar va reaktivlar: 1. Shisha kosa; 2. Na metalli; 3. Probirkalar; 4. H 2 O; 5. Kipp apparati; 6. Probirkalar; 7. CaCO 3 ; 8. HCl; 9. HNO 3 ; 10. Sn metalli; 11. NaOH. Ishdan maqsad: Оksid, asoslar, kislota hamda tuzlarning olinishi va xossalarini tajriba yordamida ko‘rish. Ishni bajarish: Metall oksidini olish. Yuzasi katta bo‘lgan shisha kosa olinadi va shu kosa ichiga Na metalli bo‘lakchasi qirqib solinadi va bo‘lakcha yuza qismining rangi va holati o‘zgarishi kuzatiladi. Havo kislorodi natijasida natriy metalli natriy oksidga aylanadi. Reaksiya tenglamasini yozing va oksid hosil bo‘lish jarayonini tushuntiring. Metall gidrooksidini olish. Yuqorida hosil bo‘lgan metall oksidining ustiga ko‘p miqdorda suv solinadi va shiddatli reaksiya kechayotganligi kuzatiladi. Nima sababdan reaksiya shiddatli kechadi, sababini izohlab bering. Kalsiy oksidi yordamida so‘ndirilgan ohak hosil qilish. Probirkaga 2-3 gr kalsiy oksidi solinadi va ustiga suv quyilib yaxshilab chayqatiladi. Kalsiy oksidi suvda yaxshi eriganligi sababli oq rangli eritma hosil bo‘ladi. Reaksiya tenglamasini yozing. Kipp apparati yordamida kislotali oksid hosil qilish. Buning uchun Kipp apparati orqali probirka CO 2 gazi bilan to‘lganligini isbotlash maqsadida gugurt chaqib, probirkaga yaqinlashtiriladi, gugurt o‘chib qoladi, demak, probirka CO 2 gazi bilan to‘lgan bo‘ladi. Kipp apparatida kechayotgan jarayonni tushuntiring va hosil bo‘lgan CO 2 gazining qanday guruhga taalluqligini ayting. CaCO 3 + HCl = CaCl 2 + H 2 O + CO 2 Karbonat kislotasini hosil qilish. Yuqorida probirkada hosil qilingan gazni suv bilan reaksiyaga kiritib, karbonat kislotasini olamiz. CO 2 + H 2 O = H 2 CO 3 Karbonat kislota qaysi guruxga kirishini izohlab bering. Stannit kislota hosil qilish. Probirkaga qalay solinadi va ehtiyotkorlik bilan konsentratsiyalangan nitrat kislota eritmasi quyiladi, natijada qiyin eriydigan stannit kislota hosil bo‘ladi. Sn + 4HNO 3 = H 2 SnO 3 + 4NO 2 + H 2 O Qalay oksidining amfoterligini ko‘rsatish. Qalay (II) oksidi kislotalarda va ishqorlarda yaxshi eriydi, chunki u amfoterlik xossasiga ega. Shu sababli 2 ta probirka olib, ularga qalay metallini solamiz. Ikkinchi probirkaga natriy ishqori eritmasidan solib kuzatamiz. 2 ta probirkada ham reaksiya kechadi. Buning sababini tushuntiring va reaksiyalar tenglamasini yozing. SnO + 8HNO 3 = Sn(OH) 2 + 2NO 2 + 4H 2 O SnO + 2NaOH = Na 2 SnO 2 + H 2 O Nazorat savollari 1. Oksid nima? 2. Amfoter oksidlar deb qanday oksidlarga aytiladi? 3. Asosli oksidlar deb qanday oksidlarga aytiladi? 4. Qaysi metallarning oksidlari amfoter xususiyatga ega? Bu oksidlarning formulalarini yozing. 5. Qanday birikmalar asos deb ataladi? 6. O‘yuvchi ishqorlar nima? 7. Kislotalar deb qanday moddalarga aytiladi? 8. Kislotalar necha xil bo‘ladi? 9. Kislotalar qanday ionlarga parchalanadi?, 10. Qanday moddalar tuz deb ataladi? 11. Tuzlar necha xil bo‘ladi? Download 184.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling