O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 79.57 Kb.
|
kurs ishi shuxratov azizbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- TURIZM VA SERVIS” KAFEDRASI
- Kirish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
“TURIZM VA SERVIS” KAFEDRASI “MINTAQAVIY TURIZM VA TURISTIK RESURSLAR” fanidan KURS ISHI Mavzu: Globallashuvning funksional boshqaruvga ta’siri Bajardi: Xalqaro turizm fakulteti, TU – 51 guruhi talabasi Shuhratov Azizbek Tekshirdi: ______________________________________
Kirish…...…………………………………………………………………….…....3 1.Globallashuv jarayonida funksional boshqaruv…..………………………….…5 2.Turizm sohasidagi operatsiyalarni boshqarish……………………………….…11 3.Xalqaro marketing boshqaruvi……………….……………..……………….....11 4.Xodimlarni xalqaro darajada boshqarish…….……………..…......................15 5. Xalqaro moliyalashtirishni boshqarish…....………………………..…………..19 Xulosa………………………….……………………...……………….…………28 Foydalanilgan adabiyotlar.………………….…………………………...…..…30 Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Milliy iqtisodiyotni va turizm sohasi faoliyatini rivojlantirishni muvaffaqiyatli boshqarish, jamiyatda yuz beruvchi har xil jarayonlami tartibga solish uchun barcha boshqaruv subyektlari o‘z qo'ygan maqsadlarini belgilab olishi kerak va maqsadga erishishni ta’minlaydigan ilmiy asoslangan tadbirlami tayyorlashi zarur. Ushbu muammolar rejalashtirish jarayonida hal etiladi. Turizm o‘zining ko‘p qirrali tarkibi bilan mamlakat hayotining barcha sohalariga faol ta'sir o‘tkazib kelmoqda. U iqtisodiyotning ko‘pgina sohalarini rivojlantirishga imkon tugʻdiradi. Jumladan, transport tarmoqlari, aloqa, yo‘l qurilishi, mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish korxonalari, kommunal xo‘jaligi, maishiy xizmat ko‘rsatish, servis sohasi, savdo tarmoqlari va h.k. Turizmni rivojlantirish bir vaqtning o‘zida o‘ziga xos dam olish, hordiq chiqarish, ko‘ngilochar maskanlar industriyasini tashkil etib, o‘z o‘rnida sayyohlarga sifatli xizmat ko‘rsatish bilan bogʻliq bir qator sohalarni qamrab olgandir. Davlatimiz turizm sohasida yuqori salohiyatga ega. O‘zbekistonda turizm sohasini jadal rivojlantirish va uning iqtisodiyotdagi rolini oshirish 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan «Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi»ning muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, turizmni rivojlantirishni boshqarishning institutsional tizimi shakllantirildi, hududlarning ulkan sayyohlik salohiyatidan samarali foydalanish uchun mamlakatimizning barcha hududlarida turizm boshqarmasining tarkibiy bo‘linmalari tashkil etildi. Taʼkidlash joizki, 2019-yil 5-yanvardagi «Turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi PQ – 4095-sonli Qarorining qabul qilinishi turizmni jadal rivojlantirish, qulay iqtisodiy rag‘batlantirish va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish asosida milliy mahsulotni jahon bozorlariga olib kirish va ilgari surishga xizmat qiladi. Download 79.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling