O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sbia-85 guruh talabasi Axmedova Nargiza Muxtardjanovnaning Falsafa fanidan Mustaqil ishi Toshkent-2023 Mavzu


Download 91.79 Kb.
bet2/7
Sana29.04.2023
Hajmi91.79 Kb.
#1400220
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
axmedova nargiza falsafa

ESTETIK DID - voqyea-hodisalarning estetik sifatlarini idrok etish va baholash jarayonida olinadigan qoniqish yoki qoniqmaslik tuyg‘usi, estetik mezon. Estetik did insonning fikr-mulohazalari, xulq-atvori, xatti-harakatlari moddiy va ma'naviy ijod mahsulotlarida o’z ifodasini topadi. Estetik did zaminida go‘zallikni xunuklikdan ajrata bilish va undan beg‘araz shodlanish hamda lazzatlanish qobiliyati yotadi. Estetik did odamlarning dunyoqarashidan, ayniqsa, estetik qarashlaridan ajralmagan holda amal qiladi. Estetik bilimlar va qarashlar didda ifodalanishi uchun ular shaxsning ichki dunyosiga, idrok qilish jarayonining o‘ziga singib ketishi, shaxsning mustahkam e'tiqodiga aylanishi lozim. Estetik did o‘zida bevosita va bilvosita, hissiy va aqliy, yakka odam va jamiyat estetik didi qarama-qarshiliklari birligini mujassamlashtiradi.
Estetik didning ziddiyatli tabiati haqida dastlab Kant munosabat bildirgan edi. Kant nazarida did yakka odamga xos bo‘lgan insonning tug’ma qobiliyatidir. Did shu qadar yakka tartibda ifoda topadiki, uni hech qanday dalillar bilan inkor etib bo‘lmaydi. Did mulohazasi nihoyatda shaxsiy tabiatga molikdir. Shu boisdan ham "did to‘g’risida bahslashmaydilar". Lazzatlanish ob'yekti bo’lgan hissiylik, nafosat barcha uchun barobar darajada ahamiyatlidir, u faqat mazkur shaxsning o‘zigagina emas, balki hammaga yoqadi. Inson o‘ziga yoqqan narsalarni boshqalarga ham yoqadi deb o‘ylaydi. Demak, didlar uchun umumiy hisoblanadigan tomonlari ham bor. Shu sababli did to‘grisida bahslashish asoslilir. Kant ikkala mulohazani antinomiya sifatida ta'riflaydi. Inson amaliyotining boy va xilma-xilligi ma'naviy munosabatlarning ham boy va xilma-xil bo‘lishiga olib keladi, did esa, ularning eng muhim namoyon bo‘ladigan tuyg‘ularidan hisoblanadi. Alohida shaxsning estetik didi uning betakror hayotiy tajribasi zaminida shakllanadi. Tabiiyki, alohida tarbiya sharoitlari, hayotiy tajriba, tabiati va ehtirosi ta'siri ostida u yoki bu estetik qadriyatlar tabiat hodisalari, inson moddiy faoliyati mahsulotlari, badiiy qiymatlarga ko‘proq moyillik vujudga keladi. Estetik ong bilan badiiy ongni tenglashtirib bo‘lmaganidek, estetik did bilan badiiy didni ham tenglashtirish mumkin emas. Estetik did badiiy did bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘p jihatdan uning ustiga quriladi, lekin u bilan qo‘shilib ketmaydi. Badiiy va estetik did o‘rtasidagi tafovug ularning turlicha idrok etish ob'yektlariga ega bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Ikki did o‘rtasidagi farqni hisobga olish bilan birga, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘ymaslik lozim. Badiiy did hamma vaqt estetik didga asoslanadi, undan kelib chiqadi.

Download 91.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling