O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sbia-85 guruh talabasi Axmedova Nargiza Muxtardjanovnaning Falsafa fanidan Mustaqil ishi Toshkent-2023 Mavzu
Download 91.79 Kb.
|
axmedova nargiza falsafa
ESGETIK HIS-TUYG‘ULLR - olamni estetik anglash asosida shakllangan his-tuyg‘ular. Ular inson ongining ajralmas tomoni bo‘lib, nafosatli ong sohasida maxsus o‘rin tutadi. Ular estetik ongning alohida qatlami, uning poydevorini tashkil qiladi. Estetik his –tuyg’ular estetik ongning barcha jabhalariga sayqal beradi va boyitadi. Ruhiy hayotning boshqa bo‘laklari singari , estetik his –tuyg’ular ham voqyelik in'ikosini antlatadi, lekin bu tarzdagi in'ikos etish alohida tusda qaror topadi. Ularda bilish, kechinmalar o’zaro chirmashib ketgan bo‘ladi. His-tuyg‘ular hamma vaqt insonning o‘z ehtiyojlari qondirilishi yoki qondirilmasligiga bo‘lgan munosabati bilan bog‘liq holda vujudga keladi. O‘z mohiyatiga ko’ra, ijtimoiy tabiatli ma'naviy hosilani tashkil etgan nafosatli his-tuyg‘ular ma'lum fiziologik asoslar va shart-sharoitlarga ham ega. Ular birinchi va ikkinchi ogohlantirish (signal) sistemalarining amal qilishi bilan bog‘liq bo‘lib, ularni fiziologik hamda ruhiy- fiziologik jihatlardan ham o‘rganish imkoniyatini yaratadi. Estetik his –tuyg’ular o‘z shakli, o‘zining namoyon bo‘lishi va amal qilishi jihatidan sub'yektiv tabiatga molik bo‘lib, inson ichki dunyosining bir qismi va sub'yektiv voqyelikning bir bo‘lagini tashkil etadi. Lekin nafosatli his-tuyg‘ularning konkret mazmuni bir maqsad tomon yo‘naltirilgan inson faoliyatida o’z ifodasini topadi. Eng murakkab va turg‘un estetik his –tuyg’ular qatoriga go‘zallik, olijanoblik, fojialilik va kulgililik hislari kiradi. Bu qatorda markaziy o‘rinni esgetik his egallaydi. Estetik his –tuyg’ular kechinmalardan ajralgan holda namoyon bo‘la olmaydi, nafosatli his-tuyg‘uning o‘zi alohida ko‘rinishdagi kechinmalar jarayoni sifatida sodir bo‘ladi. Uning o‘ziga xos belgisi sub'yekt bilan ob'yektning qo‘shilib ketishida namoyon bo‘ladi. Estetik kechinma yengillik, huzurlanish, estetik ob’ektga nisbatan ishonchli munosabatda bo‘lish kabi belgilarni o‘z ichiga oladi. U sub’yektning alohida faolligi, xususan, xayol, tasavvur qila bilish kuchi bilan belgilanadi.
Nafosatshunoslik yohud estetika eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarmicha ming yillik vaqtni o’z ichiga oladi. Biroq u o’zining hozirgi nomini XVIII asrda olgan. Ungacha bu fanning asosiy muammosi bo’lmish go’zallik va san’at haqidagi mulohazalar har xil san’at turlariga bag’ishlangan risolalarda, falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o’z aksini topgan edi. "Estetika" atamasini birinchi bo’lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714-1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug’ olmon faylasufi Laybnits (1646-1716) ta’limotidan kelib chiqhan holda munosabat bildirgan edi. Laybnits inson ma’naviy olamini uch sohaga aql, ixtiyor, hissiyotga bo’ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o’rganish lozimligini ta’kidlaydi. Baumgartengacha aqlni o’rganadigan fan mantiq ixtiyorni o’rganuvchi fan esa axloqshunoslik (etika) ni falsafada ko’pdan buyon o’z o’rni bor edi. Biroq hissiyotni o’rganadigan fan falsafiy maqomdagi nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi xizmati shundaki, u "his qilish", "sezish", "his etiladigan" singari ma’nolarni anglatuvchi yunoncha "oyestetikos" so’zidan "estetika" (olmoncha "estetika" "eshtetik") iborasini olib, ana shu bo’shliqni to’ldirdi. Baumgarten nafosatshunoslikni hissiy idrok etish nazariyasi sifatida ilgari surdi. Lekin, ko’p o’tmay, u goh "go’zallik falsafasi", goh "san’at falsafasi" sifatida talqin etila boshlandi. Nafosatshunoslik fanining eng buyuk nazariyotchilaridan biri Hegel esa o’z ma’ruzalarining kirish hismida yozadi: "Estetika" degan nom muvaffaqiyatsiz chiqqani va yuzaki ekani sababli boshqa atama qo’llashga urinishlar bo’ldi. So’zning o’z-o’zicha bizni qiziqtirmasligini nazarda tutib, biz Download 91.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling