O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 0.83 Mb.
bet12/15
Sana02.05.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1420848
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
kurs ish qullanma

Kurs ishdan maqsad dermatoglifikaga asoslangan genetik belgilar topish dasturiy ta`minotini va vositalarini ishlab chiqishni va joriy etishdir.
Qo ‘yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar bajarilishi lozim:
• Dasturiy ta ‘minotni yaratishda dermatoglifika sohasidagi usullar, algoritmlar va mavjud tizimlarni atroflicha tadqiq qilish;
• Dermatoglifika soxasidagi dasturiy ta ‘minotni yaratishga oid standartlar, texnologiyalar va printsiplar o ‘rganish;
• Tizim zaruriy ma ‘lumotlar bazalari yaratish va shakllantirish;
• Tizxim yadrosini yaratish;
• Tizim asosiy modul va veb-interfeyslarini yaratish;
• dermatoglifikaga asoslangan genetik belgilar topish dasturiy ta ‘minotini va vositalarini ishlab chiqish;
• Dasturiy vosita Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi interaktiv xizmat sifatida joriy qilish;
• Tizimning umumiy xavfsizligi ta ‘minlash.


MASALANING QO ‘YILISHI
Dermatoglifikaga asoslangan genetik belgilar topish dasturiy ta`minotini va vositalarini ishlab chiqishni. Qo ‘yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar bajarilishi lozim:
• dasturiy vosita yaratishda shu sohasidagi mavjud tizimlarni atroflicha tadqiq qilish;
• barmoq izlarini tanib olish (raspoznovaniya) va uni ma ‘lumot sifatida chiqarish usullari va algoritmlari taxlil qilish;
• barmoq izlarini tanib olish soxasidagi axbort tizimlarini yaratishga oid standartlar, texnologiyalar va printsiplar o ‘rganish;
• dasturiy vosita zaruriy ma ‘lumotlar bazalari yaratish va shakllantirish;
• dasturiy vosita yadrosini yaratish;
• dasturiy vosita asosiy modul va veb-interfeyslarini yaratish;
• Dasturiy vosita dasturini ishlab chiqish xamda;
• dasturiy vositaning umumiy xavfsizligi ta ‘minlash
Dasturiy vosita interaktiv xizmat sifatida joriy qilinadi.


I Bob. DASTURIY TA ‘MINOT FUNKSIONAL TUZILMASI TASNIFI
Endilikda axborotlashgan jamiyat sohalarida ma ‘lumotlarga ishlov berish, qayta ishlash, maqsadga ko‘ra ularni shakllantirish va real vaqt oralig ‘ida o‘z egasiga yetkazib berish kabi maxsus xizmatlarni amalga oshiruvchi avtomatlashgan axborot tizimlari yordamida ko ‘rsatiladigan xizmatlarlarga talablar kundan-kunga ortib bormoqda.
Dyermatoglifikaga asoslangan genetik belgilar topish dasturiy ta‘minotini va vositalarini ishlab chiqish uchun algoritmi ishlab chiqildi. Algoritm qo ‘yidagi ketma ketlikda bo‘ladi:

  1. Barmoq izlarini skaner qilinib fayilga saqlanadi;

  2. Fayl tizimga yuklanadi;

  3. Yuklangan barmoq izlari shakllantiraladi;

  4. Shakllantirilgan barmoq izlari ikkilantiraladi( binarizatsiya);

  5. Obraz skletizatsiya qilinadi;

  6. Skletizatsiya qilingan obraz vetorizatsiya qilinadi;

  7. Maxsus nuqtalarni topish;

  8. Shablon bilan solishtirish va istiqbolli sportchilarni tanlash.

Berilgan barmoq izlarini skaner orqali olamiz, uni dasturga yuklaymiz va kul rang shkalasiga keltiriladi.
Dasturiy ta‘minot konseptual modeli qo‘ydagicha bo‘ladi:
Ma‘lumotlarni Web-serverga uzatishda fayllardan erkin foydalanish bo‘yicha barcha huquqlar har bir kishi o‘qiy oladigan qilib o‘rnatilgan. Foydalanish huquqini kim ma ‘lumotni (agar bu dastur bo ‘lsa) o ‘qiy va yoza olsa (tahrir qilsa) yoki bajara olsa, o‘sha nazorat qiladi. Erkin foydalanish huquqini ma‘lumot, fayllar guruhi egasi yoki barcha foydalanuvchilar uchun o‘rnatish talab etiladi.
Tizim xavfsizligi qo‘yidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • Kiruvchi va chiquvchi ma ‘lumotlarni yadro darajasida filtrlash va nazort qilish;

  • SQL injection (MB uchun) va XSS (sahifalar uchun) hujumlaridan himoyalanish;

  • Tizimning yaxlitligini saqlash uchun back-up funksiyasi joriy qilingan;

  • Spamdan himoyalanish uchun maxsus captcha texnologiyasi qo‘llanilgan;

  • IP adreslar bo‘yicha foydalanuvchilarning tizimga kirishlarini nazorat qilish.

  • Tizim modullari va ularning tasnifi qo‘yicha bo‘ladi:

PAGE

sahifalarni shakllantirish moduli

POLL

So ‘rovnomalar moduli

PM

Shaxsiy xabarlar bilan ishlash moduli

ANKETA

Foydalanuvchi haqida to‘liq ma‘lumotlarni kiritish moduli

HTML EDITOR

Deyarli barcha HTML teglarni qo‘llab quvvatlovchi WYSIWYG matn muharriri moduli

USERS

Foydalanuvchilar bilan ishlash moduli

BIYNAR

Tasvirlarni binarizatsiya qilish moduli

SKLETS

Binarizatsiya qilingan tasvirni skletizatsiya qilish moduli

CATEGORY

Kategoriyalar moduli

VECTORY

Vektorizatsiya moduli

SEARCH

Qidirish moduli

UPLOAD

Tizimga fayllarni yuklash moduli

GALLERY

Tasvirlalar moduli

COURSE

Elektron resurslarni tashkil qilish, yuritish va boshqarish moduli

FILTER

Kiruvchi va chiquvchi ma ‘lumotlarni filtrlash

Tizim yadrosi qo‘yidagi ketma ketlikda ishlaydi.


1.Tizimni initsializatsiya qilish, zaruriy API funksiyalarni yuklash
2.Ma‘lumotlar bazasi bilan bog‘lanish
3.Foydalanuvchilar imtiyozlarini tekshirish va ruxsat berish
4.Modullarni tekshirish va initsializatsiya qilish
5.Modullarni yuklash va foydlanuvchi interfeysini shakllantirish
Tizim yadrosining faoliyati shundan iboratki, har bir modul uchirilishi yoki ishlamay qolsa xam qolgan modullar ishlab turishi imkonini beradi.
Endi asosiy modullarni ishlash funksiyalarni keltiramiz.
Binarizatsiya bosqichi.
Bu bosqichda olingan tasvirni ikkilantiraladi( binarizatsiya). Binarizatsiya jarayoni - bu rangli (yoki kul rang rangdagi) tasvirni ikki rangli qora va oq rangga aylantirishdir. Bunday o ‘zgarishning asosiy parametri har bir pikselning yorqinligi bilan taqqoslanadigan t qiymatdir. Taqqoslash ma‘lumotlariga ko‘ra, pikselga 0 yoki 1 qiymat beriladi. Ikki tomonlama usullari mavjud bo ‘lib, ularni ikki guruhga bo‘lish mumkin - global va lokal. Birinchi holda, chegara qiymati butun binarizatsiya jarayonida o ‘zgarishsiz qoladi. Ikkinchisida, tasvir mintaqalarga bo ‘linadi, ularning har birida lokal chegara hisoblanadi.
Ushbu qadamda barmoq izlarini(xar bir pikselni) ikkilik tizimga ya ‘ni 0 qora va 1 oq pikselga aylantirida. Uning uchun xar bir peksilning RGB karteji olindi.
Img = Image.open( ‘image.png ‘)
pixels = img.load()
for x inrange(img.width):
for y inrange(img.height):
r, g, b = pixels[x, y]
pixels[x, y] = g, b, r
img.save( ‘result.jpg ‘)
Bu yerda pixels RGB karteji.
Pikseldagi ranglar sonini xisoblash uchun standart xisoblashdan foydalanildi, bular oddiy xisoblash (R + G + B) / 3 yoki murakkab 0.3 * R + 0.59 * G + 0.11 * B formulasidan foydalanildi. Bizning binarizatsiya qiluvchi def binary(img) funksiyasida murakkab 0.3 * R + 0.59 * G + 0.11 * B formulasidan foydalanildi. Natijada rasm 0 va 1 sonlardan iborat kortej xosil qilinadi.
Ushbu yondashuvni yoki algoritmni amalga oshirish uchun Python dasturlash tili tanlandi, sababi Python dasturlash tilida tasvirga ishlov beruvchi kutubxonalar mavjud, masalan Python(3.0 versiyasida) PIL(Python Imaging Library) kutubxonasini ishlatish mumkin. Bizning xolatimizda Pillow kutubxonasi ishlatildi.
Binarizatsiya qadamida qo ‘yidagi modul ishlaldi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling