O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди
51 Qisqacha xulosa Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy qonunchiliklarida o‘z ifodasini topib, insonning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari hamda erkinliklarini ishonarli himoya qilishni ta’minlamoqda. Barqaror taraqqiyot 2030 dasturi yangi 17 ta Barqaror taraqqiyot maqsadlari (BTM)dan yoki Global maqsadlardan iborat bo‘lib, keyingi 15 yillik davrdagi umumjahon siyosati va sarmoyalar yo‘nalishlarini belgilab beruvchi dasturdir. Unda dunyo mamlakatlarining yetakchilari dunyoning barcha nuqtalarida qashshoqlikka batamom barham berishga va’da qilishi kutiladi. Global maqsadlar 2000-yilda qabul qilingan va qashshoqlikka qarshi kurashish masalalarini yechishni ko‘zda tutgan 15 yillik dastur – Mingyillik taraqqiyot maqsadlari (MTM)ning davomi hisoblanadi. Yuqoridagi vazifalar millionlab insonlar uchun hali to‘laqonli bajarilmay qolganligini inobatga olganda, tanlangan yo‘lning oxirgi qismini bosib o‘tib, qashshoqlikka batamom barham berish, to‘liq gender tenglikka erishish, sog‘liqni saqlash sohasining sifatini oshirish, har bir bola maktab ta’limini olish imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’minlash lozim. Endi dunyoni barqaror taraqqiyot yo‘liga yo‘naltirish kerak. Global maqsadlar aynan shu vazifalarning yechimini 2030-yilga qadar topishni nazarda tutadi. Mavzu bo‘yicha savollar 1. “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” nimalarni o‘zida qamrab olgan edi? 2. Inson huquqlarining umumiy tamoyillarini sanab bering? Siz unga nimalarni qo‘sha olasiz? 3. “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt” va “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt” qabul qilinishiga nimalar turtki berdi? 4. Mingyillik rivojlanish maqsadlari nimalarni o‘z ichiga oladi? 5. Mingyillik rivojlanish maqsadlari monitoringini amalga oshirish uchun qanday ko‘rsatkichlar va vazifalar belgilangan? 6. Global va milliy mingyillik rivojlanish maqsadlarining 52 ustuvorliklari, chaqiriqlari va imkoniyatlari haqida yana nimalarni bilasiz? 7. BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini (17 ta maqsadlar) sanab bering? 8. Qashshoqlikni yo‘q qilish uchun xalqaro tajribalardan qaysi mamlakat strategiyasini qo‘llab-quvvatlaysiz? Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling