O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti «mashinasozlik»


Download 97.05 Kb.
bet1/5
Sana09.05.2023
Hajmi97.05 Kb.
#1449308
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kurs ishi loyihasi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOShKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI





«MAShINASOZLIK» FAKULTETI


«XIZMAT KO’RSATISh TEXNIKASI» KAFEDRASI

«Asosiy jarayon va qurilmalar» fanidan


KURS LOYIHASI HISOBOTI

Mavzu: «Etil spirtini ishlab chiqarishda spirt-suv aralashmasini retsifikatsiyalash qurilmasini loyihalash»


Guruh: 72-19
Bajardi:Iskandarov.D
Qabul qildi: Ergasheva Z.
Kafedra mudiri: Sultanova Sh.

Toshkent 2022


Mundarija


1.Kirish …………………………………………………..3


2.O’xshash uskunalar tasnifi……………………………..6
3.Tarelkali retsifikatsiyon kallonnaning tasnifi…………..12
4.Kollonnanin hisoblash qismi……………………………16
5.Xulosa…………………………………………………..21
6.Foydalanilgan adabiyotlar………………………………22


KIRISH

Spirt ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan xom ashyolar Kraxmal oziq modda zaxirasi sifatida o‘simliklar tarkibida eng ko‘p tarqalgan uglevoddir. Bug‘doy kraxmali donachasi-yirikrok, kartoshka kraxmali esa qavatli tuzilishga ega bo‘lgan yirik donachadir. Boshoqli o‘simliklar donalarida kraxmal eng ko‘p miqdorda bug‘doy (75% gacha), makkajo‘xori (72% gacha), shuningdek kartoshka tuganaklarida (24% gacha) bo‘ladi. Kraxmal donasi ikki xil moddadan tuzilgan: amiloza miqdori 10 dan 20% gacha, amilopekt


miqdori 80-90% gacha bo‘ladi. Ular molekulyar massasi, tuzilish va ba’zi fizik xossalari bilan bir-biridan farq qiladi. Amiloza xam, amilopektin xam glyukoza qoldiqlaridan tashkil topgan, lekin tuzilishi bir-biridan keskin farq qiladi.
Spirt ishlab chiqarish sanoati qishloq xo‘jaligidan o‘simlik xom ashyosini olib, ulardan kam qiymatga ega bo‘lgan uglevodlarni spirtga aylantiriladi va ajratib oladi. Qishloq xujaligiga esa oqsilga va vitaminga boy bo‘lgan yemni qaytaradi. Spirt ishlab chiqarish sanoati ozuqa sifatida buzilgan va yaroqsiz don va kartofel mahsulotlaridan sifatli mahsulot ishlab chiqaruvchi yagona sanoat xisoblanadi. Spirt ishlab chiqarishdagi asosiy jarayonlar Spirt ishlab chiqarishni asosiy jarayonida – kraxmlni qandli moddalarga aylantirish va qandni etil spirtiga aylantirish biologik katalizatorlar orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun bu bioximiyaviy jarayon xisoblanadi. Lekin qand achitqi yordamida spirtga aylantiriladi. Shuning uchun mikrobiologik texnologiya jarayonlariga xam kiradi. Shu bilan birga spirt ishlab chiqarish mexanik, issiqlik va fizik-kimyoviy jarayonlarni uz ichiga qamrab olgan fandir.
7. Spirt ishlab chiqarishning asosiy jarayonlarni quyidagilar: Xujayra strukturasini buzish va kraxmalni eritish maqsadda don va kartofel xom ashyosini suv bilan pishirish, pishirilgan massani sovitish va kraxmalni undirilgan don fermentlari yoki mikroorganizmlardan olingan fermentlar bilan qandli moddalarga aylantirish, qandli moddani achitqi yordamida

retsifikatsiyalash qurimasini hisoblash.


Bundan tashqari xom-ashyoni pishirishga tayyorlash, solod tayyorlash yoki mog‘or zamburug‘ini tayyorlash, achitqilarni o‘stirish jarayonlari ham kiradi. Melassadan spirt ishlab chiqarishda yuqorida ko‘rsatilgan spirtga aylantirish. spirtni haydash va rektifikatsiyalash.


birinchi va ikkinchi jarayonlar ishlatilmaydi. Spirt ishlab chiqarishda quyidagi ikkilamchi mahsulotlar xosil bo‘ladi : uglevod dioksid, barda ,sivuxa yog‘lari va efir aldegidli fraksiya. Uglevod dioksid spirtli bijg‘ish vaqtida xosil bo‘ladi. Uni yig‘ib tozalaniladi va suyuq yoki qattiq xolda aylantiriladi. Melassa brajkasidan spirtni haydashdan oldin achitqi ajratiladi va non mahsulotlari ishlab chiqariladi. Etil spirt haydashda ajralib chiquvchi sivuxa yog‘lari (asosan izoamil, izobutil va n-propil spirtlarni aralashmasi) va bosh fraksiya texnik mahsulot sifatida ishlab chiqarishga beriladi. Brajkani haydashda hosil bo‘ladigan qoldiq modda barda deyiladi . Don-kartofelli barda kraxmal va achitqidan tashqari xom-ashyo tarkibidagi kiruvchi barcha moddalarni saqlaydi. Don va solod tarkibidagi azotli moddalarni oz qismi achitqini oziqlanishiga sarflanadi. Lekin achitqi to‘la qiymatli oqsil, ko‘pgina vitaminlar va boshqa biologik muxim moddalarni sintez qiladi. Shuning uchun don-kartofelli barda xayvonlar uchun yaxshi yem xisoblanadi. Ba’zi bir korxonalarda barda quritiladi. Melassa bardasi ko‘ritilgandan keyin, boshqa yem bilan birgalikda qora mollarni boqishda ishlatiladi. Natural xolatda melassa bardasi yem achitqisini o‘stirishda va B12 vitamin konsentrati (metan bakteriyalarini 8 o‘stirishda) olishda ishlatiladi. Melassa bardasi tarkibida ko‘p miqdorda glitserin, glyutamin kislotasi, betain, kaliy tuzlari va boshqa moddalar bo‘ladi.
Donli xom ashyolarning asosiy turlari va ularning botanik tavsifi.
Spirt ishlab chiqarish uchun don, shu jumladan, oziq-ovqat va yem sifatida ishlatishga yaroqsiz bo‘lgan donlarni ham ishlatish mumkin. Spirt ishlab chiqarish uchun bug‘doy, arpa, javdar, makkajo‘xori, tariq, suli kabi boshoqli ekinlar ishlatilishi mumkin. O’zbekistonda spirt ishlab chiqarish uchun asosan bug‘doy doni ishlatiladi. Solod ishlab chiqarish uchun esa yuqori sifatli konditsiyali arpa, tariq va suli donlari ishlatiladi.
Donli ekinlar turli qismlarining o‘zaro nisbati (% mas. da) quyidagi jadvalda kelt
Kartoshka. Kartoshka o‘simlik ozuqa xom ashyolar ichida spirt ishlab chiqarishda xammaqtexnologik talablarga to‘liq javob beradi. Uning xosildorligi ( kraxmal miqdori bo‘yicha) , donli mahsulotlarga nisbatan 3- 4 marta ko‘pdir. U oson pishiriladi, achitqilarni oziqlanishi uchun azotli va fosforli moddalari bor, xarakatlanuvchan susla olinadi. Kartofelni qayta ishlovchi korxonalarni unumdorligi, donni qayta ishlovchi korxonalarnikidan 10% ko‘p. Yoqilg‘ini sarflanishi 12% kam, spirt tan narxi kam. Lekin kamchiliklardan xam xoli emas. Kartofelni ekib- 11 o‘stirish ko‘p mexnat talab qiladi, namlikni ko‘pligi saqlanishni qiyinlashtiradi, uzoq masofalarga tashish samarasizroq va kartofel xar xil kasallika oson chalinadi. Namligi 75%, quruq moddalar miqdori 25% ni tashkil etadi.
Donli mahsulotlar. Spirt ishlab chiqarish uchun xamma turdagi donli mahsulotlarni ishlatish mumkin ( makkajuxori , arpa , bug‘doy, suli va boshqalar ) . Bu maqsad uchun ozuqaga va yemga yaroqsiz donli mahsulotlarni xam ishlatish mumkin . Donli mahsulotlarni o‘rtacha namligi 14% va quruq moddalarni mikdori 86% tashkil etadi.

Melassa. Melassa deb-qand lavlagidan qand ishlab chiqarishda , qandni kristalizatsiya jarayonida xosil bo‘ladigan suyuqlikka aytiladi. Melassa quyuq suyuqlik bo‘lib, qora-jigar rangda. karamel va melanoidga xos spetsifik xidga ega. Spirt ishlab chiqarishda melassa yaxshi xom-ashyo xisoblanadi . Uning tarkibida qand miqdorini yuqoriligi achitqini xayot faoliyati uchun zarur moddalarni yetarligi boshqa xomashyolarga nisbatan afzalligidan darak beradi . Melassadan spirt ishlab chiqarishda texnologik jarayon qisqaradi. Ya’ni xom-ashyoni pishirish, kraxmalni qandli moddalarga aylantirish, solod fermenti va mog‘ol zamburug‘i olish jarayonlari bo‘lmaydi. Melassa suslasida dekstrinlar va kraxmal bo‘lmagan uchun u tezrok bijg‘iydi, spirtni miqdori oshadi. Don kartofeli bardasiga nisbatan, melassa bardasidan xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan qimmatli mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishga keladigan xamma donli mahsulotlar changdan, tuproqdan, metall va boshqa jismlardan tozalanishi kerak. Solod tayorlash uchun ishlatiladagan don, don oqsholardan va begona o‘simlik urug‘laridan tozalanadi . Buning uchun ular separatsiya usulidan foydalinadi.





Download 97.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling