O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/80
Sana13.05.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1455435
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80
Bog'liq
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.


bob. 
TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT STATISTIKASINING 
PREDMETI VA METODI 
(bob yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida olib boriladi)
1
1.1. TIF statistikasining predmeti 
1.2. TIF statistikasi metodologiyasi 
1.3. TIF statistikasining vazifalari 
 
1.1.TIF statistikasining predmeti 
Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasining asoschisi deb haqli ravishda belgiyalik 
olim Adolьf Ketleni (1796-1874) hisoblash mumkin. Chunki u birinchilardan bo‘lib 
to‘plangan statistik ma’lumotlarga statistik usullar yordamida ishlov berishni qo‘lladi. 
U, shuningdek, ilk bor Belьgiyada Markaziy statistik komissiyani tashkil qilishda 
taniqli matematik olimlar bilan hamkorlik qildi. A. Ketleni matematik bo‘lgani uchun 
u o‘z tahlillarida matematik tamoyillariga suyanadi. Ushbu holat statistika vujudga 
kelishida, boshqa mamlakatlarda statistik tashkilotlarning shakllanishida o‘z ifodasini 
topdi. Chet el mamlakatlarida hozirgi kunda TIF statistikasi matematikaning alohida 
qismi sifatida tashkil topdi. 
XX asr boshiga qadar chet el mamlakatlarida statistik tashkilotlarning yagona va 
shakllangan muassasa shakli mavjud emas edi. Statistika aksariyat hollarda sug‘urta 
tashkilotlarida nisbatan rivoj topgan. Ular o‘z ish faoliyatlarida mijozlarning sug‘urta 
stavkalarini aniqlashda, asosan vafot etish jadvallaridan keng foydalanishgan. Turli 
davlat va xususiy tashkilotlar iqtisodiy, hududiy, demografik, boshqaruv, tijorat 
to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash uchun statistik kuzatishlar o‘tkazib turganlar. 
Bunday ishlarni amalga oshirish markazlashtirilmagan edi. Statistik tahlillar olib 
boriluvchi ob’ektlar, ko‘rsatkichlar, to‘plash usullari va ma’lumotlarga ishlov berish 
ham bir yagona reja asosida amalga oshirilmasdi. Shu sababli, muayyan vaziyatda 
qulay va oson bo‘lgan statistika usullaridan foydalanish keng quloch yozgan edi. 
Natijada to‘plangan ma’lumotlarga ishlov berish, ularni o‘zaro taqqoslashda bir 
qancha muammolar paydo bo‘lar edi. 
TIF statistikasi sohasida ayrim olimlar olib borgan ishlari tahsinga va e’tiborga 
loyiq. Masalan, Buyuk Britaniyalik Florens Naytingeyl (1820-1910) o‘zining tibbiyot 
sohasidagi ishlarida statistika usullaridan keng ko‘lamda foydalandi va ulardan 
foydalanishni siyosatchilar, huquqshunoslar va ishbilarmonlar o‘rtasida targ‘ib 
qilishga e’tibor berdi. 
Statistika rivojiga ingliz olimi Karl Pirson (1857-1936) ham ma’lum darajada 
hissasini qo‘shdi. Uni biz «Pirson mezoni» bo‘yicha yaxshi bilamiz. 
Statistikada korrelyatsion usulning ravnaqida ingliz Frensis Galьtonning (1822-
1911) xizmatlari kattadir. 
Keyinchalik statistika rivojiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shgan olimlardan 
biri Ronalьd Fisher (1890-1962) bo‘ldi. 
 
1
Методик ишланманинг қисқача варианти 169-бетда 1-иловада келтирилган. 


12 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling