1.3. TIF statistikasining vazifalari
TIF statistikasi faqat fan bo‘lib qolmasdan, shuningdek amaliy faoliyatning
muhim sohasi hamdir.
TIF statistikasi doim ommaviy mashg‘ulotlarga asoslanadi. Kerakli paytda u
o‘zining boshlang‘ich kuzatishini ham tashkil etadi. Ommaviy boshlang‘ich
ma’lumotlarni umumlashtirayotganda statistika maxsus usullardan foydalanadi va
pirovard natijada umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni aniqlab, hodisa va voqealar
to‘plamiga umumiy baho beradi. Statistika har xil o‘lchov birliklaridan foydalanadi.
Jumladan, ko‘rsatkichlarni pulda, naturada, shartli natura va mehnat birliklarida
ifodalaydi.
TIF statistikasi iqtisodiy hodisalarning vaqt va fazoda taqqoslamasligini
ta’minlash uchun ularni joriy baholardan tashqari o‘zgarmas (taqqoslama) baholarda
ham ifodalaydi. Shunday qilib, TIF statistikasi vazifalari va mazmuni jihatdan
buxgalteriya va operativ uchyotdan hamda boshqa tarmoq statistikalaridan farq
qiladi. Uning qo‘llanish joyi keng va murakkabdir.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida TIF statistikasi oldida quyidagi muhim
vazifalar turadi:
1. Tashqi iqtisodiy faoliyatni, boshqarishni va keng jamoatchilikni haqqoniy
statistik ma’lumotlar bilan ta’minlash.
2. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xalqaro iqtisodiy aloqalarni har
tomonlama keng qamrovli ifodalovchi yangi statistik ko‘rsatkichlar tizimini ishlab
chiqish.
3. Mamlakatimiz turli tarmoqlari iqtisodiy faoliyatini chet el mamlakatlari
iqtisodiyoti
bilan
muvofiqlashtirish
yordamida
yuzaga
keladigan
iqtisodiy
samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash va tahlil qilish.
4. Chet el mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalar samaradorligini oshirish
manbalarini va omillarini aniqlash.
Qisqacha xulosalar
TIF statistikasi chet el mamlakatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalar olib boruvchi
korxonalar va tashkilotlar hamda davlat tomonidan amalga oshiriladigan chet el
korxonalari, firmalari hamda davlatlari O‘zbekiston Respublikasi bilan olib
boriladigan
iqtisodiy
aloqalarining
miqdoriy
tomonini
ularning
sifatlaridan
ajratmagan holda muayyan makonda va zamonda o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |