O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti


Chet el mamlakatlarida statistik xizmatni tashkil etilishning asosiy


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/80
Sana13.05.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1455435
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   80
Bog'liq
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.

2.2. Chet el mamlakatlarida statistik xizmatni tashkil etilishning asosiy 
tamoyillari 
Chet el mamlakatlarida statistik ma’lumotlarni jamlash, ularga ishlov berish, 
hamda tahlil qilish ishlari xizmatlar zimmasiga yuklangan. Tuzilish nuqtai-nazaridan 
ushbu statistik xizmatlar butunlay davlat tomonidan nazorat qilinadi yoki, ayrim 
vazirliklar, qo‘mitalar zimmasiga yuklangan. 
Statistik xizmatlar markazlashgan, yoki markazlashmagan bo‘lishi mumkin. 
Statistik ishlarni markazlashgan holda olib borish G‘arbiy Evropa davlatlarida va 
Kanadada keng tarqalgan. Markazlashmagan statistik xizmatlar tizimi AQSH, 
Yaponiya, Fransiyada tashkil etilgan. Buyuk Britaniyada esa aralash tizim mavjud. 
Har bir statistik tizimning ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. 
Markazlashgan holda olib boriladigan statistik ishlarni yagona dastur asosida 
olib borish imkoniyati paydo bo‘ladi. 
Markazlashmagan holda olib borilayotganda esa, har bir vazirlik, qo‘mita zarur 
bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichki imkoniyatlaridan, talablaridan kelib chiqqan holda 
to‘playdilar. 
2.3. Boshqa xalqaro tashkilotlarda statistik xizmatning tashkil etilishi 
Statistika bo‘yicha zarur bo‘lgan ma’lumotlarni jamlash ishi BMTdan tashqari 
boshqa bir qancha xalqaro tashkilotlar tomonidan ham olib boriladi. Shularning 
ayrimlari bilan tanishib chiqamiz: 
1.Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti. 
Bu tashkilotning statistik faoliyati iqtisodiy harakterga ega bo‘lib, iqtisodiy 
siyosatni pul oboroti, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari, soliqqa tortish, 
moliyaviy masalalar, ishchi kuchidan foydalanish, shuningdek, sanoat, transport, 
qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlar bo‘yicha ma’lumot to‘plashni qamrab oladi. 
Hozirgi vaqtda ushbu tashkilot 3ta asosiy iqtisodiy muammo bilan shug‘ullanadi: 
1)milliy hisoblar tizimini o‘zaro taqqoslash; 
2)ish haqi masalalari; 
3)mehnat resurslari. 
2.Evropa iqtisodiy hamjamiyati(EES). Iqtisodiy statistika faoliyati ushbu 
tashkilot faoliyati o‘zgarib borgani sayin takomillashib va rivojlanib bordi. Hozirgi 
vaqtda bu tashkilot faoliyati barcha iqtisodiy tarmoqlarni qamrab olgan. 


25 
3.Xalqaro statistika instituti – bu nodavlat tashkilot bo‘lib, statistik metod va 
usullar 
rivojlanishi 
va 
takomillashishi 
bo‘yicha 
olib 
boriladigan 
ishlarni 
muvofiqlashtiradi. Ushbu institut 1885 yili statistik olimlarning xalqaro asotsatsiyasi 
ko‘rinishida yuzaga kelgan. 
Xalqaro statistika va statistika fanlarining rivojlanishida xalqaro statistika 
instituti(XSI) muhim rol o‘ynagan. U 1885 yilda 50ta mamlakat statistik organlari 
amaliyotidagi xodimlari va fan namoyondalarini jipslashtiruvchi sof ilmiy tashkilot 
sifatida yaratilgan edi. XSI nizomiga binoan, bu tashkilotning asosiy vazifasi turli 
mamlakatlarning statistik ko‘rsatkichlarini taqqoslash uchun tavsiyalarni tayyorlash 
yo‘li 
bilan 
jahon 
mamlakatlarida 
statistik 
usullarini 
rivojlantirish 
va 
mukammallashtirishdir. Shuningdek, XSI mamlakatlar bo‘yicha umumlashtirilgan 
materiallarni to‘plash va nashr qilish bilan ham shug‘ullangan. XSIning keyingi 
yillarda matematik usullarni to‘plash va nashr qilish bilan ham shug‘ullangan. 
Keyingi yillarda xalqaro statistika rivojlanishi Millatlar Ligasi statistika 
organlari chegaralarini iqtisodiyot va moliya bo‘limida vujudga keldi. Bu bo‘lim XSI 
yordami bilan xalqaro statistika ko‘rsatkichlari tizimining amaliy asoslarini ishlab 
chiqdi. Bunday ko‘rsatkichlarning milliy statistika organlari tomonidan bir xil 
hisoblanishi uchun tamoyil va tavsiyalarni ta’riflab berdi. Milliy ittifoqi bilan bir 
qatorda boshqa xalqaro tashkilotlar: Rim agrar instituti, xalqaro mehnat tashkiloti, 
Xalqaro pochta va telegraf ittifoqi kabilar va o‘zining statistik xizmatlari bo‘lgan 
qator boshqa tashkilotlar ham ishtirok etgan edi. 
Statistika bo‘limi bilan birga BMT SK, o‘zining statistik xizmatlarida bo‘lgan 
230tadan ortiq mamlakatlar va hududlarni birlashtirib butun dunyoning statistik 
ishlarini tashkil qilmoqda. Shuningdek, ikki mingga yaqin turli xil xalqaro 
tashkilotlarning statistik ma’lumotlarini ham tashkil qilmoqda. Bu vaqtda XSI 
faoliyati statistik ko‘rsatkichlarni bir xil hisoblash usullarini va umum yaroqli 
tasniflar; turli xil mamlakatlar statistika xizmatlarining o‘zaro amaliy va ilmiy 
malakalar almashishini ishlab chiqishda ko‘maklashishiga qaratilgan bo‘ladi. XSI 
faoliyatining markazida muntazam sessiyalar turadi. Bu sessiyalarda butunlay boshqa 
ijtimoiy va iqtisodiy statistika muammolari, matematik statistikani qo‘llash va 
boshqalar bo‘yicha ma’ruzalar tinglanadi va muhokama qilinadi. Oxirgi yillarda 
XSIda xalqaro statistika muammolari bo‘yicha statistika xizmatlari boshqarmalari 
uchun amaliyotlar olib borildi. 1996 yilda evropalik statistiklar uchun seminar olib 
borildi. Bu seminarda Niderlandiya statistika byurosi faoliyati, tajribasi, shuningdek, 
ma’lumotlarini mukammallashtiruvchi xalqaro statistik xizmatlarning roli haqida fikr 
almashuvlar joy olgan edi. XSI prezidenti va evrostat direktorlari ma’ruzalari ko‘rib 
chiqildi. Kalьkutta, Bombey, Beyrut, Qohirada XSI byudjetining uchdan ikki qismi 
sarflanadigan XSIning o‘quv markazlari mavjud. Bu markazlarda statistikaning turli 
xil soha mutaxassislari, Afrika va Osiyo mamlakatlarining statistiklari qayta 
tayyorlanadi. 
O‘tgan asrning 90 – yillarida XSI, xalqaro statistikani uning aniqligi, o‘z vaqtida 
taqdim etgan va qulaylik, maxfiylikni ta’minlash kabi turli xil muammolar bo‘yicha 
maxsus kengashlar o‘tkaza boshladi. Uning faoliyati deyarli milliy va xalqaro 
tashkilotlar bilan bog‘liq. XSIning BMTga kirmaydigan ixtisoslashgan muassasalari 
ZKOSOS va YUNESKOda maslahatchilik mavqeiga ega. XSI muntazam BMTning 


26 
SK faoliyatida qatnashadi. XSI muntazam xalqaro statistika ma’lumotlarini nashr 
qiladi, o‘zining majlislari materiallarini bosmadan chiqaradi, ma’lum ko‘rsatkichlar 
dasturi bo‘yicha jahonning yirik shahar yilnomalarini bosmadan chiqaradi, XSIning 
ustaviga 
ko‘ra 
rivojlanayotgan 
davlatlarga 
statistika 
metodologiyasini 
takomillashtirish yuzasidan, turli statistik ishlar borasida kadrlar tayyorlash sohasida 
to‘plangan ma’lumotlarni qayta ishlash, ularni to‘plam ko‘rinishida chop etishga 
yordam beradi. Bulardan tashqari, statistika ishini olib borish quyidagi xalqaro 
tashkilotlarda ham yo‘lga qo‘yilgan: 
 xalqaro ekonometrika jamiyatida; 
 xalqaro siyosiy fanlar asossasiyasida; 
 aholi nufuzini o‘rganish xalqaro ittifoqi; 
 xalqaro Afrika institutida; 
 amerika statistik institutlarda va boshqa joylarda olib boriladi. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling