O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.
I. Er ustidan foydalanish
1. Qishloq xo‘jaligi 2. Baliqchilik va ovchilik 3. Ko‘chmanchilik II. Minerallar qazib olish B guruhi. Hom ashyoga ishlov berish va undan foydalanish. I Sanoat II Transport III Savdo, banklar, sug‘urta tashkilotlari V guruhi. Ijtimoiy tashkilotlar va erkin mutahassisliklar. I Harbiy kuchlar II Boshqarish III Erkin mutahassisliklar IV Daromadlar hisobiga yashovchi shahslar V Hizmatkorlar Xalqaro statistik tasniflarni tuzishga Millatlar Ligasi tomonidan tuzilib 1925 va 1938 yillarda taqdim etilgan tasnif shemalari ham katta hissa qo‘shdi. 1948 yili BMT Statistika komissiyasining yangi tasnifini ishlab chiqdi. Ushbu tasnif Xalqaro standart tasnif asosini tashkil etib, hozirgi kunga qadar foydalanib kelinayotgan jahon kodirovkalariga asos solgan. Iqtisodiy faoliyat tarmoqlari tasnifi masalasi chet el iqtisodchilarini yaqin 10-15 yil ichida, ayniqsa qattiq qiziqtira boshladi. Hozirgi vaqtda BMT ning statistika byurosi tomonidan taqdim etilgan tasnif qo‘llanib kelinmoqda. Ushbu tasnif ungacha qo‘llanilgan tasniflardan unchalik farq qilmay, asosan chet el mamlakatlarida qo‘llanib kelinayotgan tasniflarni uzaro muvofiqlashtirish, bir asosga keltirish natijasida yuzaga kelgan. Xalq xo‘jaligi tarmoqlarining va tarmoqchalarining tasnifi bir turdagi korxonalar o‘rtasidagi aloqalarni analitik o‘rganishni hamda ishlab chiqarishning bevosita iqtisodiy, tehnologik va boshqa jarayonlarni chuqurroq o‘rganishga qaratilgan. Xalq 28 xo‘jaligi tarmoqlarini o‘rganish tasnifi asosiga nima qo‘yilishi asosiy masala hisoblanadi. Masalan, sanoatning tarmoqqa ajralishiga asos qilib nimani olish kerak? Qanday belgi tasnif asosini tashkil qilishi kerak? Unda quyidagi 3 holatni keltirish mumkin: 1. Hom ashyoning boshlang‘ich shakli. Masalan, barcha metallga ishlov beruvchi korxonalar metallurgiya tarmog‘iga va shu kabi ko‘nchilik sanoati, tamaki sanoati, oziq-ovqat sanoati va boshqalarni tashkil etadi. 2. Mahsulotning iste’mol qiymati bo‘yicha tasniflash. Masalan, qishloq xo‘jaligi, transport mashinasozligi, qurol-aslaha ishlab chiqarish. 3. Tehnologik ishlov berish jarayonlari. Bu belgiga asosan sanoat tarmog‘i, qazib chiqarish va ishlov berish tarmoqiga bo‘linishi mumkin. Shuningdek, to‘qimachilik, ximiya, metallurgiya sanoati ham shu belgi asosida yuzaga keladi. BMT ning 1993 yili qabul qilingan ohirgi tahriridagi tasnifiga ko‘ra, xalqaro tarmoqlar tasnifi 9 ta yirik bo‘limdan iborat. 1) Qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, ovchilik va baliqchilik. 2) Tog’-kon sanoati. 3) Ishlov berish sanoati. 4) Elektroenergiya ishlab chiqarish, gaz ishlab chiqarish, suv ta’minoti va sanitariya hizmati. 5) Qurilish. 6) Transport, aloqa va omborxona xo‘jaligi. 7) Moliya, sug‘urta. 8) Davlat kommunal va shaxsiy xizmat ko‘rsatish. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling