O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.
3.3. Xalqaro savdo tasnifi Xalqaro savdo tasnifi boshqa tasniflarga qaraganda bir muncha keng va batafsil tuzilgan. Uning asosiy sababi savdo tasnifining har bir mamlakat bojxona siyosati bilan bog‘liqligidir. Tashqi savdoda tovarlar assortimenti keng bo‘lib, u erda oziq- ovqat mollari bilan ishlab chiqarish vositalari ham mavjud. Savdo tasnifini amalga oshirishda tovarlar tasnifi bilan xalq xo‘jaligi tarmoqlari tasnifini muvofiqlashtirish zarur. Agar tovarlar tasnifi asosiga tarmoq belgisi bilan mos tushmaydigan belgi asos qilib olinsa, u holda ma’lumotlarni taqqoslashda bir qancha qiyinchiliklar yuzaga keladi. Mahsulotlarni ilmiy nuqtai-nazardan tasniflashda ularning iste’mol qiymatlaridan kelib chiqiladi. Ayrim hollarda ularning tarkibi ham hisobga olinadi. Ularni iqtisodiy tasniflashda mahsulotlarning kimyoviy tarkibi, moddiy tarkibi ham hisobga olinadi. Ayrim hollarda iste’mol qiymati belgisi tasnif asosini tashkil etuvchi belgi sifatida ularning tarmoqqa bo‘linishini ifodalab bera olmaydi. Masalan, oziq- ovqat mahsulotlari sanoat tarmog‘ida ham, qishloq xo‘jaligida ham ishlab chiqarilishi mumkin. Tarmoqlar va mahsulotlar tasnifining bir-biriga mos tushmasligini tashqi savdo nomenklaturasida mavjud bo‘lgan paxta va paxta chiqindilari misolida ham ko‘rish mumkin. Paxtani qishloq xo‘jaligi yoki sanoat mahsulotiga kiritish mumkin. Tashqi savdo oborotiga paxta chigitdan tozalangan holda kiritiladi. Bunday tozalash avvallari qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan bo‘lsada, keyinchalik paxta tozalash korxonalarida amalga oshirila boshlandi. Birinchi holda paxta qishloq xo‘jaligi mahsuloti, ikkinchi holda esa sanoat mahsuloti deb hisoblanadi. Bunga o‘xshash muammolar xaligacha uchrab turadi. 1993 yili BMT statistika qo‘mitasi tomondan xalqaro standart savdo tasnifining uchinchi matnini tasdiqlaydi. Ushbu tasnifga ko‘ra quyidagi yirik bo‘limlar mavjud: 1. Oziq-ovqatlar (10 ta guruhga bo‘linadi). 2. Ichimliklar va tamaki mahsulotlari (2 guruhga bo‘linadi). 3. Birlamchi hom ashyo (yoqilg‘idan tashqari 9 guruh). 4. Yoqilg‘i va moylash materiallari. 5. O‘simlik va hayvon yog‘lari (7 guruhga). 6. Kimyo mahsulotlari (9 guruhga bo‘linadi). 7. Sanoat yarim fabrikatlari (9 guruhga bo‘linadi). 8. Mashinasozlik va transport vositalari mahsulotlari (8 guruhga bo‘linadi). 9. Ishlov berish sanoatining boshqa mahsulotlari (8 guruhga bo‘linadi). 10. Yuqorida nomlari qayd etilmagan tovarlar. 30 Yuqoridagi tasniflardan tashqari xalq xo‘jaligi tarmoqlarini, iqtisodiyotni o‘rganish bo‘yicha tasniflash va guruhlash amalga oshiriladi. 1. Mulk shakllari bo‘yicha guruhlash. 2. Boshqaruv darajasi bo‘yicha guruhlash. 3. Vazirlik va muassasalari bo‘yicha guruhlash. 4. Ijtimoiy-jo‘g‘rofik iqtisodiy hududlar bo‘yicha guruhlash. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling