O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.
4.1.2-jadval
MDH davlatlari va O‘zbekiston Respublikasi aholi soni, yil boshiga, mln. kishi Mamlakatlar 1991 yil 2004 yil Rossiya 148,5 145,2 Ukraina 51,9 49,3 O‘zbekiston 20,7 24,9 Qozog‘iston 16,8 14,8 Belorussiya 10,3 10,0 Ozarboyjon 7,1 8,1 Gruziya 5,5 5,3 Tojikiston 5,4 6,2 Qirg‘iziston 4,4 4,9 Moldova 4,3 4,4 Turkmaniston 3,8 5,4 Armaniston 3,4 3,8 MDH jami 282,1 282,3 Shundan O‘zbekiston ulushi 7,3% 8,8% Rossiya aholisi 5,1%, Qozog‘iston aholisi 11,91%, Belorussiya aholisi 2,92%, Qirg‘iziston aholisi 11,3%, Moldova aholisi 2,3%, Turkmaniston aholisi 42,1%, Gruziya aholisi 3,63%, Ozarboyjon aholisi 14,8%, Armaniston aholisi 11,7%, kamaygan bo’lsa, O‘zbekiston Respublikasi aholisi 20,2% ga oshgan. MDH bo‘yicha jami 100%, O‘zbekiston ulushi 8,8%. O‘zbekistonda aholi soni darajasi yuqoriligining asosiy sababi yashash uchun shart-sharoitlar qulayligi, aholi salomatligiga e’tibor kuchliligi. 36 Inson hayvonot dunyosidan taxminan bir million yil ilgari ajralib chiqqan. Hozirgi vaqtda planetamiz aholisining miloddan oldingi davrdagi o‘sishini faqat taxminan belgilash mumkin. Eramiz boshlariga kelib er kurrasi aholisi taxminan 150-200 million kishiga , eramizning 1000 yiliga kelib 300 millionga etdi. Keyingi 100 yillar ichida, ya’ni XIX asrga qadar dastlab Evropaning iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlarida, so‘ngra dunyoning boshqa ko‘pgina mamlakatlarida aholini ro‘yxatga olish (statistik hisobga olish) tartibga solingan bo‘lsada, jahon aholisi sonining o‘zgarishi haqida oz ma’lumotlar bor. Demograflarning taxminiy hisoblariga ko‘ra, eramizning ikkinchi ming yillari boshida jahon aholisining har yilgi o‘sish sur’ati juda oz miqdorda bo‘lgan va foizning yuzdan bir ulushini tashkil etgan. Dunyoning turli mamlakatlarida tez-tez bo‘lib turgan urushlar, keng tarqalgan yuqumli kasalliklar va ocharchilik natijasida bu o‘sish bir me’yorda bo‘lmagan va ayrim hollarda hatto pasayib turgan. Tug‘ilishning yuqori darajasini saqlab qolish faqat Evropa mamlakatlari aholisining tez o‘sishi uchun imkon bo‘lib qolmay, shuningdek Amerika va Avstraliya aholisining tez ko‘payishi uchun ham imkoniyat yaratdi. Chunki Evropadan Amerika va Avstraliyaga ko‘plab ko‘chmanchilar borar edi. Shuning uchun ham Amerika aholisining o‘sish sur’ati Evropaga nisbatan yuqori edi. 1750 yildan 1900 yilgacha Amerika aholisi 12 marta oshgan bo‘lsa, Evropa aholisi taxminan 3 marta ko‘paydi, xalos. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling