O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/80
Sana13.05.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1455435
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   80
Bog'liq
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.

Aholining yosh strukturasi 
Aholining 
yosh 
strukturasi 
eng 
muhim 
demografik 
va 
iqtisodiy 
ko‘rsatkichlardan biridir. Aholining yoshiga qarab shakllanadigan turli guruhlar 
o‘rtasidagi nisbat, masalan, iqtisodiy aktiv aholi salmog‘ini aniqlashda yoki muayyan 
davlatning mehnat resurslarini belgilashda juda ham zarur ko‘rsatkichdir. Aholi 
sonining umumiy o‘sishi asosan 16-50 yoshlardagi ayollar soniga bog‘liq. 
Iqtisodiyot va madaniyatning muhim ko‘rsatkichlarini (bolalar, o‘quv 
muassasalari, mehnat resurslari, kasallik va o‘lim sabablarini o‘rganish aholining 
kelgusidagi sonini hisoblash) to‘g‘ri rejalashtirish ham aholining yosh strukturasi 
haqidagi ma’lumotlar, ayniqsa, zarur. 
Ko‘pgina demografik ko‘rsatmalar faqat muayyan yoshdagi aholiga nisbatan 
harakat qilishi sababli ayrim demografik qonuniyatlarni faqat ana shu yosh guruhiga 
kiruvchi aholiga qo‘llash mumkin. Jahon aholisining turli yosh guruhi yuzasidan 
shakllangan nisbat orasida tabiiy ko‘payishning o‘ziga xos xususiyatlarini harakterlab 


49 
beruvchi ikkita asosiy holatni alohida ko‘rsatish mumkin: birinchi – tug‘ilish yuksak , 
o‘lim ham shunga muvofiq bir qadar ko‘p va shu sababli o‘rtacha umr uncha ko‘p 
bo‘lmagan davlatlar (bunga Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidagi deyarli barcha 
rivojlanayotgan mamlakatlar kiradi). Ikkinchi guruhdagi davlatlarda buning aksicha, 
tug‘ilish va o‘lim kam bo‘lib, uzoq umr ko‘ruvchilar nisbatan ko‘p (bunga Evropa va 
Shimoliy Amerika davlatlari kiradi), bunday davlatlar barcha aholi tarkibida 
bolalarning kamligi va yoshi ulg‘ayganlarining ko‘pligi bilan harakterlanadi. 
Aholining oilaviy ahvoli 
Muayyan mamlakat aholisining oilaviy ahvoli, avvalo, qayd etilgan yoki 
etilmagan (bunga bo‘ydoqlar, er yoki xotindan ajralishganlar, bevalar kiradi) nikohda 
turuvchilar soniga qarab belgilanadi. Nikoh ham ma’lum bir vaqtda – kishi jinsiy 
balog‘atga etgan vaqtdagina qayd qilinar ekan, oilaviy ahvol ko‘rsatkichi ham 
muayyan yoshdan boshlab ko‘rsatiladi. Shu sababli “oilaviy ahvol” tushunchasi 15 va 
undan yuqori yoshdagi (Rossiyada – 16 va undan yuqori) aholiga ta’alluqlidir. 
Demografik statistikaga asosan rasmiy qayd etilgan fuqorolik va diniy 
nikohlargina kiritilgan. 
Jahonning deyarli barcha mamlakatlarida ayollar erkaklarga qaraganda erta 
turmushga chiqadilar. Shuning uchun yoshlar o‘rtasida erta turmushga chiqqan 
ayollar foizi nisbatan ko‘p. Katta yoshdagi aholi o‘rtasida esa xotini bor erkaklar foizi 
katta. 
Iqtisodiy taraqqiy etgan ko‘pgina davlatlarda Osiyo, Afrika va Lotin 
Amerikadagi rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan erkaklar, va ayniqsa, ayollar 
ancha kech turmush quradilar. 
Mamlakatlar o‘rtasida barvaqt turmush quruvchi erkak va ayollar soni bo‘yicha 
farq yana ham kuchli. Masalan, Yaponiyada 20 yoshga qadar barcha ayollarning 
1,7%igina turmush qursa, Gvineyada 80%dan ortig’i bu yoshda turmush quradi. 
Turmushdan ajralish yoki nikohni buzish darajasi nikohlanish darajasidan ancha kam. 
Bu holat ko‘pincha nikoh qay darajada haqiqiy ekanligi yoki mustahkam emasligi 
bilan emas, balki qo‘ydi-chiqdini rasmiylashtirish jarayonida mavjud bo‘lgan og‘irlik 
yoki qulaylikka bog‘liq. Masalan, musulmonlarning ko‘pchiligida boshqa xalqlarga 
nisbatan qo‘ydi-chiqdi osonroq. Islom dini qonun-qoidalariga ko‘ra, xotindan 
ajralmoqchi bo‘lgan er “uch taloq” deyishi bilan o‘z xotinini rasman qo‘ygan 
hisoblanadi. Aksincha, katolik dini kuchli ta’sir qiladigan ko‘p mamlakatlarda 
(Italiya, Ispaniya, Portugaliya va boshqalarda) qo‘ydi-chiqdi masalasi ancha og‘ir, 
ba’zan hatto rasman mumkin emas. Natijada, bu mamlakatlarning ko‘plab erkak va 
ayollari aslida buzilgan oilani rasman qonuniy hal etmay, boshqa oila quradilar. 
Jahonda eng ko‘p nikohni buzish Virginiya orollarida va undan so‘ng AQShda ro‘y 
berdi. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling