O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/80
Sana13.05.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1455435
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   80
Bog'liq
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.

Aholi migratsiyasi 
Aholi migratsiyasi qit’alar va dunyo mamlakatlarini istiqomatgohga aylantirish 
va ularda yashovchilarni shakllantirishda katta rol o‘ynaydi. Asosan, Evropadan 
Amerikaga, ya’ni okeanning narigi yog‘iga ko‘chib o‘tish XIX va XX asrlarning 
boshlarida harakterli voqea edi. Evropadan emigratsiya XIX asrning 20-yillaridan 
boshlab sezilarli darajada o‘sa bordi va shu asrning o‘rtalarida yiliga o‘rta hisobda 
300 ming kishini tashkil etdi. XX asrning o‘rtalarida 60 milliondan ko‘proq kishi 
Evropadan Amerikaga ko‘chib ketadi. XX asrda Osiyo, Afrika, Amerika aholisining 


43 
migratsiyasi o‘z hajmi jihatidan evropaliklarning ko‘chishiga nisbatan kamroq edi. 
Yuz minglab kishi qatnashgan eng yirik migratsiyalar qatorida xitoyliklarning Janubi- 
Sharqiy Osiyo mamlakatlariga, Yaponiyaning Gavayia, AQShga, va ayniqsa
Shimoli-Sharqiy Xitoyga, Koreyaga, Hindiston aholisining Seylonga, Janubiy-
Sharqiy Osiyo mamlakatlariga, Sharqiy va Janubiy Afrika va Okeaniyadagi Fedji 
orollariga ko‘chirilishlarini ko‘rsatib o‘tish kerak. 
Ikkinchi jahon urushi borayotgan rayonlardan aholining qochishi va millionlab 
aholining evakuasiya qilinishi tufayli yangi migratsiya ro‘y bergan. Bu migratsiya, 
asosan, vaqtincha harakterga ega bo‘lgan. Osiyoda ro‘y bergan eng yirik migratsiya 
(1956 yil) Hindiston va Pokiston bo‘linib, mustaqil davlat sifatida tashkil topishi 
bilan bog‘liq diniy e’tiqod belgisi ostida shakllangan migratsiya edi. 
4.3. Chet elda aholi tarkibini o‘rganish 
Aholi tarkibini o‘rganish ularni quyidagi guruhlarga ajratish yo‘li bilan amalga 
oshiriladi: 
1. Umumdemografik belgilar (jinsi, yoshi, oilaviy holati); 
2. Aholining milliy tarkibini harakterlovchi belgilar(millati, ona tili, fuqoroligi); 
3. Aholining madaniy darajasini harakterlovchi belgilar (ma’lumoti, ta’lim 
olishi); 
4. Aholining ijtimoiy tarkibini harakterlovchi belgilar (ijtimoiy guruhi, yashash 
omillari); 
5. Mehnat 
resurslarini 
ifodalovchi 
belgilar 
(ishlash 
joyi, 
mashg‘uloti, 
mutaxassisligi). 
Aholining jinsiy tarkibi va yosh strukturasi eng muhim demografik va iqtisodiy 
ko‘rsatkichlardan biridir, chunki tabiiy ko‘payish jarayonida mavjud ishlab chiqarish 
usuli va ishlab chiqarish munosabatlari hal qiluvchi omillardan hisoblansada, 
aholining jinsi va yoshiga oid ko‘rsatkichlar inson zurriyotini yuzaga kelishida, 
mehnat resurslarining shakllanish sur’ati va harakterini belgilashda, jamiyatning 
ehtiyoj va imkoniyatlarini hisobga olishda katta ahamiyat kasb etadi. 
Aholining yoshi bo‘yicha hisobga olish, uni o‘rganish ko‘p tadbirlarni, 
jumladan, iste’mol buyumlarini va ularni assortimentlari bo‘yicha ishlab chiqarish, 
bolalar bog‘chalari va maktablar qurilishini rejalashtirish, mehnat resurslari va 
shunga o‘xshash qator ko‘rsatkichlarni aniqlashda juda muhimdir. 
Aholi statistikasida aholining milliy tarkibini ifodalovchi ko‘rsatkichlar ham 
muhim o‘rin egallaydi. Ko‘p millatli mamlakatimizda milliy siyosatning oqilona 
amalga oshirilayotganligini, hamma millatlarning ravnaq topayotganligini, milliy 
maktablar, o‘z ona tilida dars olib borish, darslik, o‘quv qo‘llanmalari, gazeta va 
oynomalarni tegishli milliy tilda nashr qilish, milliy-madaniy muassasalarni (teatr, 
kutubxona va hokazolarni) ochish va rivojlantirish kabi qator vazifalarni hal qilish, 
ayrim millat sonini, ularni hududlar bo‘ylab joylashishini aniqlashdan boshlanadi. 
Respublikamiz hududida 1939 yilda 97 millat va elga mansub aholi yashagan 
bo‘lsa, 1959 yilda 113, 1970 yilda 120 ta va 1989 yilda esa 122 ta millat va elatga 
mansub aholi yashadi. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling