O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.
Aholining jinsiy tuzilishi
Aholining statistik hisobini olish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan mamlakatlarda demografik materiallardan ma’lum bo‘lishicha o‘g‘il bolalar qizlarga qaraganda ko‘proq tug‘iladi (O‘rtacha hisobda 100 qiz bolaga 105-106 o‘g‘il bola to‘g‘ri keladi). Bu ham jahonning barcha mamlakatlariga xos xususiyat. Biroq erkaklar va ayollarning umumiy soni nisbati jahonning turli qismlari va mamlakatlarida turlicha. Bunga erkaklar va ayollarning o‘rtacha umridagi farq, migratsiyalar, urushlar va boshqa omillar sabab bo‘ladi. Iqtisodiy taraqqiy etgan mamlakatlarda, ayollarning umumiy soni erkaklar sonidan ko‘p. Sababi bunday mamlakatlarda bolalar ichida o‘g‘il bolalar o‘liming ko‘pligidir (Masalan, AQShda bir yoshgacha o‘g‘il bolalar qizlarga nisbatan 1,33 48 marta ko‘proq bo‘ladi), shu sababli taxminan 15-20 yoshga etgach, ikkala jins o‘rtasidagi nisbat son jihatdan tenglashadi. Kattaroq yoshda esa ayollar salmog‘i muntazam o‘sib boradi. Ayollarning mehnatga, ayniqsa, og‘ir va zararli ishlab chiqarishda kam band bo‘lganligi sababli ayollar orasida o‘lim kam, demak o‘rtacha umr erkaklarga qaraganda ko‘proq bo‘ladi. 4.3.1-jadval O‘zbekiston va Latviya aholisining jinsiy tuzilishi (foiz hisobida) O‘zbekiston 1990 yili 2003 yili Jami aholi erkaklar ayollar Jami aholi erkaklar Ayollar 0-14 yosh 15-49 yosh 50 dan yuqori 40,71 46,62 12,62 41,74 47,3 10,9 39,7 45,95 24,29 49,80 55,20 16,60 50,76 60,20 12,50 38,70 57,30 17,90 Latviya 0-14 yosh 15-49 yosh 50 dan yuqori 21,29 50,56 29,19 23,57 52,78 23,53 19,31 46,53 34,08 22,13 51,05 32,93 29,40 60,3 20,20 22,18 55,61 40,01 Rivojlanayotgan mamlakatlarda (Osiyoda), odatda, erkaklar soni ayollar sonidan ortiq. Bu mamlakatlarning ko‘pida diniy aqidalar (masalan, islom dini da’vatiga ko‘ra, ayollar mavqei pastroq. Shu sababli, go‘yo qiz bola oilaga qo‘shimcha tashvish keltirar emish. Shu boisdan qiz tug‘ilishi oilada haqorat deb bilinadi. Shu tufayli chaqaloqlar orasida o‘g‘il bolalar o‘limi qiz bolalar o‘limiga nisbatan ko‘p bo‘lmasa kerak. Barvaqt nikohlanish (Osiyo va Afrikadagi bir qancha mamlakatlarda yoshlar 15- 20 yoshlarida turmushga chiqadilar) natijada onalik va ko‘p bolalik davri ham erta boshlanadi. Masalan, 45 yoshdan yuqori bir hind ayoliga o‘rtacha 6-7 bola to‘g‘ri kelsa, Buyuk Britaniyada faqat 2-3 bola to‘g‘ri keladi. Bunday mamlakatlarda tug‘ish vaqtida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmasligi tufayli ko‘plab onalar nobud bo‘ladi. Ayrim mamlakatlarda ayollar hisobga olinmagan bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, jahon miqyosida erkaklar soni ayollar sonidan bir muncha yuqoridir. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling