O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti
O‘zbekistonda aholining yosh – jins tarkibi (1 yanvar 2005 yilda, ming kishi)
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.
O‘zbekistonda aholining yosh – jins tarkibi (1 yanvar 2005 yilda, ming kishi)
1 Ayollar Erkaklar 4.3.1–chizma Jamiyatda ayollarning iqtisodiy-ijtimoiy holati, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda, ayollarning vafot etish darajasiga ta’sir ko‘rsatib, ularning umum aholi sonidagi ulushlarining pasayishiga olib keladi. Aholining jinsiy tarkibini miqdor tomondan tavsiflash maqsadida statistika mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlarni qo‘llaydi. Mutlaq ko‘rsatkichlarga erkak va ayollar soni, ayollar sonining erkaklar sonidan mutlaq ortiqligi misol bo‘la oladi. Nisbiy ko‘rsatkichlar har 1000 ayolga to‘g‘ri keladigan erkaklar ulushi, ayol aholi erkak aholiga nisbatan ortiqligi – bunda umum aholidagi ayollar salmog‘i bilan erkaklar salmog‘i orasidagi farq olinadi. Er yuzida, umuman, erkak va ayollar soni bir-biriga to‘g‘ri keladi. Rivojlangan mamlakatlarda ayollarning salmog‘i yuqori, rivojlanmagan mamlakatlarda esa, erkaklarning salmog‘i yuqori bo‘ladi. Bu holda ayollarning jamiyatda tutgan o‘rni tarixiy va boshqa sabablarga bog‘liq. BMT bashoratlariga qaraganda, XXI asr boshlarida erkak va ayollar salmog‘i tenglasha boradi. Aholi jinsiy tarkibini o‘rganishda ayollar salmog‘ining erkaklar salmog‘iga nisbatan nisbiy ortiqchaligini aniqlash muhim hisoblanadi; agar bu ko‘rsatkich 1 % gacha bo‘lsa – sezilarli bo‘lmagan, 1% – 3% – o‘rtacha va agar 3% dan yuqori bo‘lsa – sezilarli darajadagi farq mavjudligi haqida gap boradi. 2 Aholining jinsiy tarkibi dinamikasini tavsiflash uchun, erkak va ayollarning o‘sish sur’ati, o‘sish sur’atini solishtirish kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Aholi 1 Социальное развитие и уровень жизни населения в Узбекистане. – Т., 2006, с. 34. 2 Усмонов Б.Б. Аҳоли статистикаси. Ўқув қўлланма. – Т.: Адабиёт жамғармаси, 2004, 31-бет. 47 jinsiy tarkibini statistik o‘rganish mehnat resurslari balansini tuzish, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirishni rejalashtirishda amaliy ahamiyatga ega. Aholining o‘sish yo‘nalishlarini aniqlash, uning sonini bashoratlash va kelajakdagi tarkibini aniqlash, shuningdek, xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarishni rejalashtirish, bolalar va o‘quv maskanlarini, sog‘liqni saqlash ob’ektlarini rivojlantirish, mehnatga layoqatli aholi sonini, armiyaga chaqiriluvchilar sonini aniqlash va hokazolarda aholining yoshi bo‘yicha tarkibini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Aholining yoshi bo‘yicha tarkibi uning tabiiy va mexanik harakati hamda urushlar ta’siri ostida tashkil topadi. Aholidagi alohida yosh tarkibi tug‘ilish va vafot etish dinamikasini belgilaydi. Masalan, tug‘ilishning kamayishi aholi tarkibida bolalar salmog‘i pasayishiga olib keladi. Asosan yoshlar yashash joyini o‘zgartirib turadi, shuning uchun migratsiya kelgan joylarda aholi yosh tarkibini yoshartiradi, ketgan joylarda esa yosh tarkibi qariydi. Urushlar ham aholi yosh tarkibiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p mamlakatlarda kishilar yoshini bizdagi kabi, yil o‘tishi bilan uning yoshi bir yoshga ortadi. Boshqa tizimlar ham mavjud. Masalan, Koreyada tug‘ilgan bola bir yosh deb ataladi. Xitoy, Vetnam, Shvesiya va boshqa qator mamlakatlarda kalendar yil tugashi bilan tug‘ilgan kunidan tashqari uning yoshi bir yoshga ortadi. Yosh jinsdan farqli o‘laroq, o‘zgaruvchan miqdor bo‘lib, u doimo ortib boradi. Aholining yosh tarkibini o‘rganish uchun guruhlash, mutlaq, nisbiy va o‘rtacha ko‘rsatkichlar, grafik va boshqa usullar qo‘llaniladi. Aholining 50%dan ko‘prog‘i issiq mintaqa mamlakatlarida yashaydi, 85%dan ko‘prog‘i G‘arbiy yarim shardan oldinroq istiqomatgohga aylantirilgan Sharqiy yarim sharda joylashgan. Evropa va Shimoliy Amerika sanoati taraqqiy etgan rayonlarida, Osiyoning Janubiy, Janubi-Sharqiy va Shimoliy Amerikaning yirik daryo vodiylarida aholining zichligi, ayniqsa, katta. Er kurrasining aholi zich joylashgan rayonlarnida planetamiz aholisining 70 %ga yaqin qismi yashaydi. Aholini shahar va qishloq aholisiga ajratish mavjud ma’lumotlar asosida amalga oshirilsada taxminiy harakterga ega ekanligini e’tirof etish zarur, chunki shahar va qishloq aholisi tushunchasi turli mamlakatlarda har xil ma’noni bildiradi. Aholi yashaydigan materiklarda aholining umumiy o‘rtacha zichligi (1 km 2 ga to‘g‘ri keladigan aholi soni) 24 kishini tashkil etgan, shu jumladan Evropada –189, Osiyoda – 101, Afrikada – 99, Avstraliya va Okeaniyada 66 kishi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling