Graflarda eng qisqa yo‘lni aniqlash algoritmlari. Lug‘atlar va ularni amalga oshirish
Download 1.41 Mb.
|
BTdZCRsh4FUCR0Uhe3l8E5Ou7wZnH5JnB6aPgDSE
Graflarda eng qisqa yo‘lni aniqlash algoritmlari. Lug‘atlar va ularni amalga oshirish.TATU TAD kafedrasiB. A. SharipovGraflarda eng qisqa yo‘lni aniqlash algoritmlari. Reja:
1) Floyd – Uorshell algoritmi 2) Ford – Belmann algoritmi 3) Deykstra algoritmi 1. Graflarda eng qisqa yo’lni aniqlash haqida Graflar nazariysida eng qisqa yo’lni aniqlash muhim klassik masalalaridan biri deb hisoblanadi. Uni hisoblash va echimlarni topish uchun bir qancha algoritmlari mavjud. Eng qisqa yo’l masalasi (inglizchada – shortest path problem) – bu grafning ikkita tugun orasidagi eng qichik yo’l (masofa, zanjir, marshrut) topish masalasidir, qaysidaki yoylarning vaznilarining yig’indisi minimal qiymatga ega. Qisqa (oddiy) zanjir geodezik zanjir ham aytiladi. Ushbu masalani adabiyotlarda bir nechta boshqa nomlanishi ham uchratish mumkin: minimal masofa masalasi, dilijans masalasi, qisqa masofa masalasi va boshqalar. Grafda eng qisqa masofani topish masalasi yo’naltirilgan, yo’naltirilmagan va aralash graflarda echimini aniqlash mumkin (1-rasm). b) a) 1-rasm. Grafda eng qisqa masofani topish masalasi. A) yo’naltirilmagan grafda, B) yo’naltirilgan grafda. Masalani formal quyilishi: G = (V, E). Yuklanishga ega bo'lgan graf berilgan. E (i, j) xar bir yoyning og'irligi berilgan – wij . Boshlang'ich tugun s V va oxirgi tugun d V berilgan. Ular orasidagi qisqa masofali yo'lni aniqlash talab etiladi. Yo'l uzunligi (path length, path cost, path weight) – unga kiruvchi yoylar yuklanishlari yig'indisiga teng: (3) 2-rasm. Berilgan grafda eng qisqa masofani topish masalasining formal qo’yilishi Ikkita tugun orasidag eng qisqa masofani aniqlash masalasi (single-pair shortest path problem). s tugundan d tugungacha bo’lgan eng qisqa yo’lni aniqlash talab etiladi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling