Oddiy moment – koordinat boshlang‘ich nuqtasiga tegishli momentdir.
Markaziy moment – k tartibli momentni arifmetik o‘rtachaga nisbatan
qarashdir.
Tanlanma – o‘rganilayotgan to‘plamdan saylab olingan birliklar majmuasidir,
ularning har biri ushbu to‘plamning tarkibiy unsuri. Tanlanma tekshirish - tajriba va
hayotimizga asoslangan ishonchga, imon komillikka tayanadi.
Tanlanma kuzatish – o‘rganiladigan to‘plamdan etarli miqdorda birliklar
maxsus yo‘llar bilan tanlanib, ularni kuzatish ma’lumotlari asosida boshlang‘ich
to‘plam haqida qoniqarli axborot olish imkonini beruvchi statistik tekshirish usulidir.
Bosh to‘plam – o‘rganiladigan ko‘p hajmli birliklar majmuasidir.
Tanlanma to‘plam yoki qisqacha tanlanma – bosh to‘plamdan kuzatish uchun
tanlab olingan birliklar yig‘indisi.
Reprezentativlik xatosi – tanlanma umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlari bilan
bosh to‘plamning xuddi shunday parametrlari orasidagi farq (tafovut).
Mexanik tanlash deb bosh to‘plam birliklarini ma’lum tartibda yozib chiqib,
so‘ngra belgilangan oraliqlarda bittadan birliklarni tanlab olishga aytiladi.
Tipologik tanlash – bosh to‘plamni muhim guruhlarga bo‘lib, ularning har biri
ichidan ma’lum birliklarni tasodifiy yoki mexanik usulda tanlab olishdir.
Tanlanma ko‘rsatkichning o‘rtacha xatosi – bosh to‘plamdan u yoki bu
usulda ko‘p tanlamalar tashkil etib, ularning xatolaridan hisoblangan o‘rtacha xatodir.
Funksional bog‘lanish – shunday to‘liq bog‘lanishki, unda bir belgi yoki
belgilar o‘zgarish qiymatiga har doim natijaning ma’lum me’yorda o‘zgarishi mos
keladi.
Korrelyasion bog‘lanish – shunday to‘liqsiz bog‘lanishki, unda omillarning har
bir qiymatiga turli zamon va makon sharoitlarida natijaning har xil qiymatlari mos
keladi. Bu xolda omillar to‘liq soni noma’lumdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |