O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/80
Sana13.05.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1455435
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   80
Bog'liq
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.

Kuzatish birligi – kuzatish ob’ektining mustaqil bo‘linmas tarkibiy qismi 
(birligi), uning muhim belgilari haqida ma’lumotlar olinadi. 
Kuzatish dasturi – kuzatish jarayonida ma’lumotlar to‘planishi lozim bo‘lgan 
kuzatish va hisob birligining asosiy belgilaridir.
Statistik formulyar – kuzatish ma’lumotlari qayd qilinadigan hujjat. 
Kuzatish joyi – kuzatish birligi joylashgan makon. Statistik kuzatish vaqti - bu 
kuzatish tenglashtirilgan fursat (payt) va o‘tkaziladigan muddat. 
Uzluksiz kuzatish – voqea ro‘y berishi bilanoq uni qayd qilish (hisobga 
olish)dir. 
Fursatli davrin kuzatish – voqea sodir bo‘lgandan so‘ng ma’lum muddat 
o‘tganda uni qayd qilib tekshirishlarni teng vaqt oralig‘ida takrorlab turish 
Bir yo‘la kuzatish – hodisani har zamonda, ehtiyoj tug‘ilishiga qarab kuzatish. 
Yoppasiga kuzatish – to‘plamning hamma birliklari haqida ma’lumot to‘plash. 


117 
Hisobot – korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi ma’lumotlarni muntazam 
ravishda belgilangan tartibda va vaqtda olishni ta’minlovchi kuzatish turidir 
Biznes tekshirishlar – savolnomalar yordamida iqtisodiy holatni tahlil qilish va 
qisqa muddatli iqtisodiy istiqbolni belgilash uchun savol-javob yo‘li bilan 
tadbirkorlardan ma’lumotlar to‘plash. 
Kuzatish xatolari – ma’lumotlarni to‘plash jarayoniga xos xatolar. 
Reprezentativlik xatosi – bosh va tanlama to‘plam umumlashtiruvchi 
ko‘rsatkichlari orasidagi farq. 
Statistik guruhlash – o‘rganilayotgan hodisalarni muhim belgilariga qarab bir 
xil (turdosh) guruhlarni birlashtirishdir. 
Tipologik guruhlash – to‘plamni sotsial-iqtisodiy tiplarga ajratish. 
Tuzilmaviy guruhlash – bir belgi asosida to‘plam tizilishini tasvirlovchi 
taqsimot qatori. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling