O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo texnalogiya instituti shahrisabz filiali texnik mexanika fanidan


Download 245.88 Kb.
bet2/11
Sana14.05.2023
Hajmi245.88 Kb.
#1459217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Erkinbek texnik mexanika


1.Krish



Texnika va texnologiyalarning jadal sur’atlarda rivojalanishi, kompyuterlashtirish va boshqarish tizimining keng miqyosda qo’llanilishi texnika fanlariga bo’lgan talabni kuchaytirmoqda. Shuning uchun loyihalangan mashinalar, ularning detallari mumkin qadar yengil, yetarli darajada mustahkam, ishqalanishga chidamli, davlat standartlariga to’liq mos keladigan bo’lishi shart. Yuqorida qo’yilgan talablarni texnik mexanika fanida o’rganiladi. Mehnat ta’limi yo’nalishida texnik mexanika fani tarkibi quyidagi bo’limlardan iborat: Nazariy mexanika – moddiy jismlarning bir-biriga ko’rsatadigan ta’siri va mexanik harakatining umumiy qonunlari haqidagi bo’limdir. Nazariy mexanika fani, mexanik masalaning qanday nuqtai nazardan qo’yilishiga qarab, uch qismga: statika, kinematika va dinamikaga bo’linadi. Materiallar qarshiligi – mashina va inshoot qismlarining mustahkam, bikr va ustuvor bo’lishini hisoblashda zarur bo’lgan zo’riqish va deformatsiyalarni aniqlash metodlarini o’rgatuvchi bo’limdir. Mexanizm va mashinalar nazariyasi – mexanizmlarning tuzilishini (strukturasini) shuningdek, bu mexanizmlarning kinematik hamda dinamik xossalarini o’rganish bilan shug’ullanadigan bo’limdir.

2.Nazariy qism


Tasmali uzatmalar deb, etaklovchi va etaklanuvchi shkivdan hamda ularga kiydirilgan tasmadan tashkil topgan va xarakatni ishqalanish kuchi hisobiga uzatadigan mexanizmga aytiladi.

Tasmali uzatmalar quyidagi turlarga bo’linadi: Tasmaning ko’nda-lang kesimining shakliga ko’ra: a) yassi; b) ponasimon; v) doiraviy ( duma-loq ); g) yarim ponasimon; d) tishli
Vallarning o’zaro joylanishuviga ko’ra: a) parallel o’qli ochik;
b) parallel o’qli ayqash; v) o’qlari kesishadigan -burchakli; g) o’qlari kesishadigan -yarim ayqash;
Taranglash usuliga ko’ra: a) oddiy - taranglik tasmaning elastik deformastiya nitijasida xosil kilinadi; b) tarang – taranglik burish valini davriy siljitish natijasida amalga oshiriladi; v) o’z-o’zidan taranglanuvchi -taranglik avtomatik tarzda ta’minlanadi.



Afzalliklari: 1) xarakatni uzoq masofaga uzatishi amax = 15 m - yassi tasmalar uchun
amax = 6 m; tuzilishi oddiy va narxi arzon; ravon va shovqinsiz ishlaydi; xizmat ko’rsatish va nazorati oddiy.
Kamchiliklari: o’lchamlari nisbatan katta; uzatish soni kam (15 gacha) va doimiy emas; tasmaning ishlash muddati kam (1000...5000 soat); tasmaning cho’zilishi ishlatishda qo’shimcha qurilmalarga ehtiyoj tug’diradi; val va tayanchlariga katta kuch tushadi.
Bu kamchiliklarga qaramasdan, bu uzatmalar ishlatilishi jixatidan tishli uzatmadan keyin ikkinchi o’rinda turadi.
Tasmalar pishiq, egiluvchan bo’lishi, uzoqqa chidashi, shkiv bilan yaxshi ilashishni ta’minlovchi yuqori ishqalanish koeffistientiga va zarur tortish xususiyatiga ega bo’lishi kerak.
Tasmalar rezinalangan mato, charm, ip gazlama, jun va sintetik materiallardan tayyorlanadi va ish sharoitiga va tezlikka qarab tanlanadi.
Rezinalangan ip gazlamali tasmalar ( A, B va V turlari) A turi eng eguluvchani va ko’p tarqalangani bo’lib, Vmax = 30 m/s.
Charm tasmalar yaxshi tortish xususiyatiga ega, Vmax= 45 m/s.
Ip gazlama eng arzon, ammo uncha pishiq emas, Vmax= 25 m/s bo’lib, nam va tmax > 50oS joylarda qo’llanmaydi.
Jun tasmalar yuqori xaroratga, kislota bug’lariga chidamli.
Sintetik tasmalar mustahkam, ishqalanish koeffistenti katta.
TU geometrik o’lchamlari: d1, d2 –etaklovchi va etak-lanuvchi shkiv diametrlari; a -o’qlararo masofa; γ -tasma tarmoq-lari orasidagi burchak; α1, α2 –tasmaning kichik va katta shkivdagi qamrov burchaklari.
d1 = ( 1100…1300) 3√ P1 / n1 , P1 –kVt; n1 –min-1.
α1 = 180 – γ; Sin (γ /2 ) = ( d1 - d2) / (2a).
Amalda α1 = 180 – γ; Sin (γ /2 ) = (d1 - d2) / (2a).
bo’lgani uchun sinusning qiymatini argumentiga tenglashtirilsa,
γ = ( d1 - d2)/ a rad ≈ (( d1 - d2) / a) ּ 57o.


Shunday qilib, α1 = 180o -57o ( d1 - d2 )/ a.
Tasmaning umumiy uzunligi:
l = 2a + 0,5 π ( d1 + d2 ) + ( d2 - d1 )2 / ( 4a ).


Agar l ma’lum bo’lsa (ponasimon tasmalarda) o’qlararo masofani quyidagicha aniqlash mumkin:
a = ( λ + √ λ2 – 8 (d2 - d1 )2 ) / 8,


bu erda λ = l – π · do’r; do’r= 0,5 ( d1 + d2).
Yassi tasmalar uchun topilgan l ni jarvaldagi kiymatlarga moslab olish zarur.
Shkivlarning aylanma tezliklari:


V1 = (π · d1 ·n1) / 60 ·1000 m/c; V2 = (π ·d2 ·n2)/60 ·1000 m/c.


Uzatmada tasmani shkiv ustida sirpanishni mavjudligi V2  V1 ga olib keladi. Demak, V2=(1 -) V1,
bu erda  - sirpanish koeffistienti (rezinalangan tasmada=0,01;yassi tasmada =0,010,02). Amaliy hisoblarda  = 0 olish mumkin.
Uzatish nisbati:
U = n1 / n2 = V1 ·d1 / V2 ·d2 = d2 / ( d1 ( 1 - ) ) ≈ d2 / d1.

3. Tasma tarmoqlardagi kuchlar va ular o’rtasidagi bog’lanishlar masalasini hal qilish uchun yuklanishsiz T1 = 0, hamda yuklanishli T1> 0 uzatmalarni bir-biriga taqqoslab ko’ramiz ( rasm a , b ). Rasmda F0 – yuklanishsiz tasma tarmoqlaridagi taranglik kuchi; F1, F2 – uzatmaga yuklanish berilganda tarmoqlarda xosil bo’ladigan taranglik kuchi. Aylanma kuch Ft = 2 T / d1.




Etaklovchi shkiv uchun muvozanat sharti T1 = 0,5d1 (F1 - F2) yoki F1-F2 = Ft bo’ladi. Bunda etaklovchi tarmoqning cho’zilishi etaklanuvchi tarmoqning qisqarishi bilan muvozanatlashadi, ya’ni:

F1 = F0 + ΔF, F 2 = F0 - ΔF yoki F1 + F2 = 2 F0 ,
bulardan quyidagi ikkita tenglamani olamiz:
F1 = F0 + Ft / 2; F 2 = F0 - Ft / 2 .

Download 245.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling