O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo texnalogiya instituti shahrisabz filiali texnik mexanika fanidan
Download 245.88 Kb.
|
Erkinbek texnik mexanika
Tasmaning tortish qobiliyati, avvalambor tasma bilan shkiv orasidagi ishqalanish koeffistienti f va qamrov burchagi a ga bog’liq. Taranglik kuchlarini bu omillarga bog’liq ravishda topish masalasini Eyler hal qilgan. Bunda tasmaning elementar bo’lagi olinib, uning kuchlar ta’siridagi muvozanati ko’rib chiqiladi . Muvozanat shartiga ko’ra, shkiv markaziga nisbatan olingan momentlar yig’indisi: F · d/2 + f · dR · d/2 – ( F + dF ) · d/2 = 0, yoki f · dR = dF -elementar ishqalanish kuchi. ( a ) Agar kuchlarni vertikal o’qqa proekstiyalari yig’indisi olinsa: dR – F·sin( dφ /2) – ( F + dF ) Sin ( dφ / 2) = 0. Bu tenglikdan ikkinchi darajali kichik sonlar chiqarilib tashlansa, Sin ( dφ/2) = dφ/2 deb qabul qilinsa, dR = F dφ ( b ) bo’ladi. ( a ) va ( b ) -lardan dF/F = f dφ ( v ). Ma’lumki, F –ning qiymati F1-dan F2 –gacha, φ –ning qiymati esa 0 –dan α1 -gacha o’zgaradi. Shuni e’tiborga olib (v) –ni integrallasak: ∫ dF/F = ∫ f · dφ; ln ( F1 / F2) = f · α; F1 / F2 = e fα yoki F1 = F2·e fα kelib chiqadi. Bu erda e = 2 , 71- natural logarifmning asosi. Tengliklarni birgalikda echib, quyidagi bog’lanishlarni topish mumkin: F1 = Ft ·e fα /(e fα -1); F2 = Ft / (efα – 1); F0 = 0,5Ft (( efα + 1) / ( efα– 1)). Bu formula yordamida uzatmaning ishini har taraflama baholash mumkin. Uzatma normal ishlashi uchun zarur bo’lgan taranglik kuchining eng kichik qiymati F0 < 0,5Ft (( efα + 1) / ( efα – 1)), bo’lganda tasma to’la sirpanishni boshlaydi.Tasma tarmoqlaridagi F1 va F2 kuchlarning teng ta’sir etuvchisi uzatmaning valtayanchlariga tushadigan kuchini hosil qiladi. Teng ta’sir etuvchi kuch quyidagichaaniqlanadi: Q = √ F12 + F2 2+ 2 F1 ·F2 ·Cos γ ≈ 2 F0 ·Cos (γ / 2). Markazlararo masofani kichik, uzatish soni esa katta bo’lgan uzatmalarda yassi tasma qoniqarli ishlamaydi. Bunday xollarda yassi tasmali uzatmadan foydalanish ma’qul. ab Yassi tasmalarning ko’ndalang kesimi trapestiya shaklida bo’ladi. Bunday tasmalar kiydiriladigin shkivlarda shu tasmalarga moslangan ariqchalar bo’ladi. Lekin shkiv ariqchalarning chuqurligi tasma ko’ndalang balandligidan kattaroq bo’lishi kerak, chunki tasma shkivdagi ariqchaga joylashganda uning pastki sirti bilan shkiv orasida ochiq joy qolishi lozim. Shunday qilinganda tasmaning yon tamonlari shkivdagi ariqchaning yon tamonlariga to’la yopishadi va bu ponasimon tasmaning yassi tasmalarga nisbatan afzalligini ko’rsatadi . Yassi tasma kord- 1, tasma ishlayotganda asosan siqilishiga ishlaydigan qismi rezina- 2 hamda tasmaning qobig’i rezinalangan gazlama- 3 dan iborat . Yassi tasmalarning standartlashtirilgan etti turi ishlab chiqariladi, ularga oid asosiy ma’lumotlar jadvalda keltiriladi.. Bitta tasmani uzata olishi mumkin bo’lgan hisobiy quvvat qiymati quyidagicha hisoblanadi: bu erda R1 – berilgan quvvat; Rj – bitta tasmaning uzatishi mumkin bo’lgan quvvat keltirilgan qiymati: Z – qabul qilingan tasma qatorlarining soni; -tegishli koefntlar; Kn = n1 /1000 -aylanishlar soni koeffistienti; KD = d1 / (Pj )max –shkiv diametrining koeffistieti (bu koeffistiet tanlab olingan d1 qiymatlaridan katta bo’lgandagina kiriti-ladi). Odatda, hisobni boshida KD ,Kαva KV qiymatlari ma’lum bo’lmaydi. Shuning uchun dastlab ular birga teng qilib olinadi va zarur qiymatlar topilgandan so’ng tuzatishlar kiritiladi. Download 245.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling