O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti


Tadqiqotning ilmiy masalalari va farazlari


Download 236.99 Kb.
bet4/14
Sana17.06.2023
Hajmi236.99 Kb.
#1537221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi Raximov X (Aksiyadorlik..

Tadqiqotning ilmiy masalalari va farazlari. Magistrlik dissertatsiyasida aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni tashkil etishning nazariy asoslari, rivojlanish bosqichlari va xuquqiy me’yoriy asoslari tadqiq qilingan. Bundan tashqari korxonaning moliyaviy iqtisodiy xolati ilmiy jixatdan yondoshilgan xolda taxlil qilingan. Korxonaning korporativ boshqaruvini yanada takomillashtirish maqsadida kelajak istiqboli belgilab berilgan.
Tadqiqot mavzusi bo'yicha adabiyotlar sharhi(tahlili). Korporativ boshqaruvga doir masalalar I. Ansoff, U.Batner, D. Yermax, R.Lazer, D. Lorsh,
K. Meyr, P. Milgrom, B. Meyn, D. Seyler Mixaylov D.M., D. Tobin, M. Xessel,
D. Charxem, A. Shleyfer kabi bir qator xorij olimlarining ilmiy asarlari ko’rib chiqilgan. Ularda korporativ boshqaruvga bag’ishlangan tadqiqotlarning asosiy qismi rivojlangan g’arb mamlakatlari misolida o’rganilgan. Shu jumladan, moliya bozorlari, Kuzatuv kengashi, aksiyadorlarning xuquqlari va vazifalari tadqiq etilgan. Turli xuquqiy tizimlarning korxonaga ta’siri o’rganilgan. Korporativ boshqaruv sifatini baholashning yagona reyting tizimini yaratish to’g’risidagi ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.
Korporativ boshqaruv masalalari bilan bir qator o'zbek iqtisodchi olimlari ilmiy tadqiqotlar olib borishmoqda. Jumladan, A.M. Qodirov, Qurbonov X.A D.Suyunov, M.B.Hamidulin, K.Tolipov,M. Bo’taboev, Sh.Boboxo’jaev, Xodiev B.Yu., Berkinov B.B, Zaynutdinov Sh.N kabi mamlakatimiz olimlari va soha mutaxassislari tomonidan o’rganilib, ko’plab ilmiy asarlar chop etilgan . Ular tomonidan korporativ tuzilmalar to’g’risidagi tadqiqotlar(B.B. Berkinov), korporativ munosabatlarning xuquqiy asoslari(S.S. Gulyamov), Korporativ tuzilmalarini tashkil etish va ularni boshqarish(A.A. Xoshimov), Korporativ boshqaruv mexanizmining shakllanishi va rivojlanishining kotseptual asoslari(M.B. Xamidulin), Biznes muxitining rivojlanishiga korporativ boshqaruv
mexanizmini joriy etish masalalari(D.X. Suyunov), Bozor iqtisodiyoti sharoitida korporativ boshqaruvining shakllanishi va rivojlanish xususiyatlari(O.M.Mansurov)ga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan va monografiya nashrdan chiqarilgan.

Download 236.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling