O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti


Download 236.99 Kb.
bet2/14
Sana17.06.2023
Hajmi236.99 Kb.
#1537221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi Raximov X (Aksiyadorlik..

Himoya hay’ati a’zolari
1._________________________ Bajardi: 5-kurs MMC-65guruh
2._________________________ talabasi: Raximov Xurshid
3._________________________ Ilmiy raxbari : ________________


TOSHKENT-2022

Mavzu: Aksiyadorlik jamiyatlarini moliyasini tashkil etish va samarali boshqarish yo’nalishlari


Reja
KIRISH


1. Aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish xususiyatlari va rivojlanish bosqichlari.
2. Aksiyadorlik jamiyatida dividentni oqilona joriy tashkil etish yo’nalishlari.

3. Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning takomillashtirish yo’llari.




XULOSA.


FOYDALINILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.


KIRISH
Ozbekiston Respublikasida aksiyadorlik jamiyatlarida samarali boshqarish tizimini tashkil etishda korporativ boshqaruvni takomillashtrish yollari, va korporativ boshqaruv standartlarini kiritishda ragbatlantirish masalalariga alohida etibor qaratilmoqda.
Jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tarkibiy ozgarishlar va yuksak texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalarni yanada rivojlantirish dasturidagi vazifalaridan kelib chiqqan holda aksiyadorlik jamiyatlariga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, investitsiyalarni jalb etish, innovatsion jarayonlarni rivojlantirish korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish zarurligini korsatmoqda.
Shunday ekan, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarda korporativ boshqaruv tizimini tashkil etish hamda ushbu tizimni takomillashtirish yo'llarini o'rganish muhim vazifalardan biri sanaladi. Binobarin, Prezidentimiz takidlaganlaridek: “Korporativ boshqaruv tizimidagi printsip va yondashuvlarni tubdan ozgartirishimiz uning haqiqiy bozor xususiyatlariga ega bo'lishini taminlash va konservativ qarashlardan xalos bolishida katta hissa bo’ldi.1
Korxonalarni korporativ boshqarish boyicha ilgor xalqaro tajribani organish asosida aksiyadorlik jamiyatlarining yangi namunaviy tuzilmasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Shu tariqa, zamonaviy korporativ boshqaruv tizimi talablarini inobatga olgan holda, Lavozim va kasblarning yangi klassifikatori ishlab chiqildi va tasdiqlandi, unga bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan 566 ta yangi toifa kiritildi.
Ana shu klassifikator asosida rahbarlar tarkibi attestatsiyadan otkazildi. Rahbar kadrlarning korporativ boshqaruvning zamonaviy usul va printsiplari, menejment va marketing bo'yicha bilimlarini baholash ushbu sinovning asosiy maqsadi qilib qoyildi. Uning natijalariga kora, attestatsiya qilingan 721 nafar rahbart xodimning yarmi 49 foizi attestatsiyadan otgan bolsa, ularning har uchinchisi attestatsiyadan shartli ravishda otkazilgan, 20 foizi yoki har beshinchi rahbar esa egallab turgan lavozimiga loyiq emas, deb topilgan. Bu raqamlar, tabiiyki, kop narsadan darak beradi va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tizimini tubdan ozgartirishdek muhim ishni oz vaqtida boshlaganimizni yana bir bor tasdiqlaydi.Bo’shab qolgan rahbarlik lavozimlariga puxta bilimga ega bo'lgan, zamonaviy menejment va marketing usullarini amalda qo’llay oladigan yosh mutaxassislar tayinlandi.
Shu borada Germaniyada joylashgan Evropa menejment va texnologiyalar maktabining faol ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlarining rahbar xodim va mutaxassislarini tizimli asosda tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish, ularning zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini egallashini ta'minlash lozim.
Shuni ham aytish joizki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish natijasida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarida xalqaro aloqalarning mustahkamlanib borishi samarali korporativ boshqaruv tizimi kengroq joriy qilinishini talab etmoqda. Demak, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish iqtisodiyotning barcha sohalariga investitsiyalarni jalb etishning muhim omili hisoblanadi. Shu bois O’zbekiston Respublikasida o’z milliy korporativ boshqaruv modelini shakllantirish jarayoni boshlang’ich bosqichlarida turganligi sababli korporativ boshqaruvni tadbiq etish va uni kelajakda istiqbolli rivojlantirish, iqtisodiyotning u yoki bu modeli muammolarini hal etishga qaratilishi tadqiqot ishining asosiy vazifalaridan hisoblanadi
Bugungi kunda mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida korxonalar iqtisodiy negizi keskin o'zgarib bormoqda. Ko’p ukladli iqtisodiyot bo'lganligi uchun turli mulk shakllariga asoslangan korxonalar amaliy faoliyat olib bormoqdaki, ularning tahlilini olib borish, baholash, ular tuzilmasidagi o’zgarishlarni keng ilmiy tadqiq etish, ular faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarni o'rganish bu borada ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish o’z navbatida dolzarblik kasb etadi.

Download 236.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling