O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti “Sirtqi” fakulteti


Download 0.6 Mb.
bet13/29
Sana17.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1548307
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
тайёр хисобот

Xalqaro to‘lovlar va vakillik munosabatlari

“O’zsanoatqurilishbank ATIB” AT yetakchi xorijiy va mahalliy moliya tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilgan holda, o‘z mijozlariga xalqaro hisob-kitoblar sohasida keng ko‘lamli xizmatlarni taklif etadi, mijozlarni qulay va ishonchli xizmat ko‘rsatish sharoitlari bilan ta'minlaydi. Bank butun dunyo bo‘yicha S.W.I.F.T. tizimi a'zolari bo‘lgan banklar bilan muntazam ravishda kalit almashish tadbirlarini o‘tkazib turadi. Bugungi kunga kelib 70 dan ortiq xalqaro moliya institutlari bankning xamkorlariga aylangan.


“O’zsanoatqurilishbank ATIB” AT ATB 17-ta vakillik banklar, shu jumladan Yevropaning Commerzbank AG va RaiffeisenbankInternational AG kabi nufuzli banklari bilan vakillik munosabatlarini o‘rnatgan. Shu jumladan, O‘zbekiston banklari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, «Ipak Yo‘li Banki» OAITB, «O‘zsanoatqurilishbank» OATB, «Agrobank» ATB, «Asakabank» ATB, “OrientFinans” XATB, xorijiy banklardan «Commerzbank AG» (Germaniya), Raiffeisen Bank International (Avtriya), AKB «Aziya-Invest Bank» (Rossiya), PAO «SberbankRossii» (Rossiya), PAO «Bank VTB» (Rossiya), PAO «Novikombank» (Rossiya), PAO «Transkapitalbank» (Rossiya), Yinzou bank (Xitoy), Xalyk Bank (Qozog‘iston), Bank CenterCredit (Qozog‘iston).


Bank kafolatlari

Bank kafolati — bank (kafil) boshqa shaxs (prinsipal)ningbuyurtmasiga ko‘ra kafil o‘z zimmasiga olayotgan mATIBburiyat shartlariga muvofiq prinsipalning kreditori (benefisiar) pul summasini to‘lash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga to‘lash haqida prinsipalga beradigan yozma mATIBburiyat (kafolat).


Bank xizmatlarining ushbu turi mijozning kontragentlar va boshqa banklar oldidagi mATIBburiyatlarining bATIBarilishini kafolatlaydi. Kafolatlarni berishda mijoz bilan shartnoma tuziladi, unda bank kafolatini berish tartibi, uning shartlari, to‘lov shartlari va tomonlarning o‘zaro mATIBburiyatlari ko‘rsatib o‘tiladi.
Ayrim hollarda ushbu shartnoma kredit shartnomasiga o‘xshab ta'minotni talab qiladi. Bank kafolatini olish uchun mijoz bankka kredit olish uchun o‘rnatilgan ro‘yxatga ko‘ra hujjatlarni taqdim etadi.
Kafolatlar va kafilliklar berish mijozlar bilan tuzilgan tegishli shartnomalar bilan rasmiylashtiriladi, ularda kafolatlar (kafilliklar) berishning asosiy shartlari, jumladan, vositachilik haqi summasi ham ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
Kafolatlar berish hukumatlararo va xalqaro kelishuvlar bo‘yicha investisiya loyihalari bilan bog‘liq bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Kafolat olish uchun prinsipal quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • zarar ko‘rib ishlamayotgan bo‘lishi hamda nolikvid balansga yega bo‘lmasligi;

  • muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik qarzlarining mavjud bo‘lmasligi;

  • oxirgi 3 yil natijalari bo‘yicha ijobiy auditorlik xulosasiga yega bo‘lishi;

  • ijobiy kredit tarixiga yega bo‘lishi.

Kafolat xati olish uchun kerakli hujjatlar:



Import kontrakti bo‘yicha xorijiy valyutada akkreditiv operatsiyasi xizmatini ko‘rsatish

“O’zsanoatqurilishbank ATIB” AT o‘z mijozlarining topshirig‘iga binoan hujjatli akkreditivlar shaklida hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshiradi. Bankning ishonchli hamkor sifatida obro‘ga egaligi tufayli uning akkreditivlari dunyoning barcha yetakchi banklari tomonidan qabul qilinmoqda, keng tarmoqli vakillik banklari va zamonaviy aloqa vositalari hujjatli operatsiyalarni qisqa muddat ichida amalga oshirish imkonini bermoqda.




Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling