O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti “Sirtqi” fakulteti
Bankning yangi xizmat turlari va uning qo‘llanilish amaliyoti hamda xorijiy davlatlarning ayni shu tizimdagi ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlilini amalga oshirish
Download 0.6 Mb.
|
тайёр хисобот
5. Bankning yangi xizmat turlari va uning qo‘llanilish amaliyoti hamda xorijiy davlatlarning ayni shu tizimdagi ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlilini amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi bayrami O’zsanoatqurilishbank ATIB uchun qo‘shaloqxushATarlar olib keldi. “O’zsanoatqurilishbank ATIB” AT Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi bilan 15 million AQSh dollari miqdorida bitim imzoladi. Qolaversa, “Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasining O‘zbekistondagi eng faol va eng barqaror hamkori” unvoni bilan taqdirlandi. 2021 yilning 1-4-senyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan Islom taraqqiyot banki (ITB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishiga yetib kelgan ITB guruhi tarkibidagi 57 davlatning vazirlari va rasmiylari, qolaversa, 2 mingdan ortiq biznes vakillari, ekspertlar Toshkentdagi Xalqaro Kongress markazida yig‘ildilar.Tadbir doirasida 1 sentyabr kuni “O’zsanoatqurilishbank ATIB” AT Boshqaruvi Raisi Sardor RifatovichNormuxamedovIslamicCorporationfortheDevelopment – Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bosh direktori janob Ayman Amin Sejini bilan uchrashib, imzolanishi kutilayotgan bitim xususida muhokama qildi.Kunning ikkinchi qismida O‘zbekistonda islom moliyasi rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun “O’zsanoatqurilishbank ATIB” AT “Mostactiveandlongstandingpartnerof ITFC in Uzbekistan” (“Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasining O‘zbekistondagi eng faol va eng barqaror hamkori”) yorlig‘i bilan taqdirlandi. Faxriy yorliq "O’zsanoatqurilishbank ATIB" AT Kuzatuv kengashi raisi Sharipov Tohir Miraximovichga Islom taraqqiyoti banki prezidenti Muhammad Sulaymon al-Jassir hamda Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi ijrochi direktori XaniSalemSonbol tomonidan tantanali ravishda topshirildi.Marosim davomida “O’zsanoatqurilishbank ATIB” AT hamda Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi o‘rtasida xususiy tarmoqni rivojlantirish uchun 15 million dollar miqdorida mablag‘ ATIBratish to‘g‘risida bitim imzolandi. ATIBratilgan mablag‘ hozirgi kunda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat, farmatsevtika va boshqa sohalarni ravnaqi uchun yo‘naltirishi ko‘zda tutilgan. Islom taraqqiyoti banki Boshqaruvchilar Kengashining 46-yillik anjumani dasturi doirasida O’zsanoatqurilishbank ATIB Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) bilan 10 million AQSh dollari miqdorida BITIM imzoladi.Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar Kengashining Toshkentda bo‘lib o‘tgan 46-yillik anjumani nafaqat bankka a’zo 57 ta davlat vakillarini birlashtiruvchi tadbir, balki muzokaralar o‘tkazish va turli tomonlar uchun foydali bo‘lgan shartnomalar imzolash uchun ham katta imkoniyatdir.Anjumanning 4-kuni davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov, Islom taraqqiyoti banki prezidenti Muhammad Sulaymon al-Jassir hamda boshqa mas’ul shaxslar ishtirokidagi matbuot anjumani davomida IC“O’zsanoatqurilishbank ATIB” vaIslamicCorporationfortheDevelopment (D) 10 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ ATIBratilishi to‘g‘risida BITIM imzoladi.Ushbu mablag‘ sog‘liqni saqlash, jumladan, farmatsevtika sohasi oziq-ovqat sanoati kabi yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun yo‘naltirilishi reja qilingan. Ma’lumot o‘rnida: Xususiy tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (ICD) xalqaro moliya muassasasi bo‘lib, Islom taraqqiyot banki (IsDB) guruhi tarkibiga kiradi. ICD 1999-yil noyabr oyida xususiy tarmoq loyihalarini moliyalashtirish, raqobat va tadbirkorlikni rivojlantirish, hukumatlar va xususiy kompaniyalarga maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va tashqi investitsiyalarni rag‘batlantirish orqali a’zo mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.O‘zbekiston Respublikasi 2004-yilning 14-sentyabrida ICD ga a’zo davlatlar qatoriga qo‘shilgan. 2021-yil 25-noyabr kuni “FitchRatings-Moskva” reyting agentligi O’zsanoatqurilishbank ATIBbankiga o‘zining xorijiy va milliy valyutadagi uzoq muddatli emitent defolt reytingini “Barqaror” prognozi bilan “B” darATIBasida hamda Barqarorlik reytingini (VR) “b” darATIBasida ekanligini qayta tasdiqladi. Emitent defolt reytinglarining “EDR” uzoq muddatli reytinglari “O’zsanoatqurilishbank ATIB” ATning kredit layoqatliligi bilan bog'liq bo'lib, bu bankning yuqori foydaliligi va yuqori darATIBada kapitallashuv, sezilarli darATIBadagi likvidli aktivlar va ularning daromadligi hamda a‘lo darATIBadagi rentabellik ko'rsatkichlarini hisobga olgan “b” darATIBasida aks ettirilgan. “O’zsanoatqurilishbank ATIB” AT rentabelligi ijobiy reyting omili bo'lib, o‘zaro aloqador shaxslar tomonidan moliyalashtiriladi. “FitchRatings-Moskva” reyting agentligining prognozlariga ko‘ra, bankning kichik va o‘rta biznesni yuqori daromadli kreditlashga qaratayotgani, yaxshi operatsion samaradorlik, yuqori operatsion foyda reytingning yanada oshishiga xizmat qilmoqda. “O’zsanoatqurilishbank ATIB” AT kapital yetarlilik darATIBasiga yuqori xalqaro reyting bahosi berilishiga yuqori daromadlilik ko'rsatkichlari va sezilarli likvid aktivlari bilan bog‘liq. “FitchRatings-Moskva” reyting agentligi ma'lumotlariga ko'ra, bankning kapital va likvidlikka bo'lgan regulativ me'yor ko'rsatkichlari, "O’zsanoatqurilishbank ATIB"ning kapitaliga bo'lgan bosimni, bankning yuqori foydaliligi xarATIBatlarni qoplash imkonini beradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.05.2020 yildagi «O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 283-son qaroriga muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tashqi savdo kontraktlari va invoyslar bo‘yicha ma'lumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimigakiritadilar. Ma'lumotlar elektron shaklda elektron raqamli imzodan foydalangan holda, Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali kiritiladi. Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring va nazorat olib borish sxemasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi I – TSOYaEATga quyidagi ma'lumotlar: xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan – tashqi savdo operatsiyalari boshlanguniga qadar tuzilgan tashqi savdo kontraktlari va invoyslar; birja (yarmarka) tomonidan – birjada tuzilgan kontraktlar kontrakt birjada tuzilgandan so‘ng 1 ish kuni mobaynida kiritiladi. II – TSOYaEATga quyidagi ma'lumotlar: tijorat banklari, g‘aznachilik bo‘linmalari, tovar-xom ashyo birjalari tomonidan – hisob-kitoblar amalga oshirilganda onlayn tarzda kelib tushadigan kontrakt va invoyslar bo‘yicha valyuta mablag‘larining harakati to‘g‘risida axborotlar; bojxona xizmati organlari tomonidan – tovarlar tushganda yoki yuklab jo‘natilganda onlayn tarzda kelib tushadigan kontrakt va invoys bo‘yicha BYuD ma'lumotlari; xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan – ishlar va xizmatlar dalolatnomasi u tuzilgan kunda 1 kun ichida kiritiladi. Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» DUKda ekspertizadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kontraktlar bo‘yicha ma'lumotlar Markazning tegishli xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirdagina kiritiladi. Ekspertiza 20 kun ichida o‘tkaziladi. III – valyutani nazorat qiluvchi organlar va tijorat banklari amalga oshirilgan tashqi savdo operatsiyalari ustidan taalluqliligi bo‘yicha o‘z vakolati doirasida muntazam ravishda monitoring va nazoratni amalga oshiradilar. IV – bojxona xizmati organlari va tijorat banklari har bir oy yakuni bo‘yicha bojxona va valyuta qonunchiligi, hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi buzilishi alomatlari aniqlanganda axborotni soliq organlariga taqdim etadilar. Xozirgi kunda “O’zsanoatqurilishbank ATIB” ATning filiallarida tashqi savdo faoliyatini olib boruvchi mijozlarning 14 mingga yaqin import kontraktlari(shulardan: 12200dan ortig‘i maxsulot importi, 1800dan ortig‘i xizmatlar importi uchun), hamda 3 mingdan ortiq eksport kontraktlarining hisobi yuritiladi (shulardan: 2 300 ta kontrakt maxsulotlar eksporti, 700 kontrakt xizmatlar eksporti uchun). Import kontraktlarining jami summasi 8,9 mlrd. AQSh dollari, 541,8 mln. Yevro, 24,9 mlrd. Rossiya rubli, 241 mln. Xitoy yuani, 234,6 Yapon ienasi, 10,3 mln. Qozog‘iston tengesi, 10 mln. Shved kronasi, 3,4 mln. Buyuk Britaniya funt sterlingini tashkil etmoqda. Eksport kontraktlarining jami summasi 5,9 mlrd. AQSh dollari, 71,15 mln. Yevro, 4,5 mlrd. Rossiya rubli hamda 1 mln. Buyuk Britaniya funt sterlingini tashkil etmoqda. Xulosa Mamlakatimizda bugungi kunda turli tijorat banklari o’z faoliyatlarini olib bormoqda. Ular orasida aksiyadorlik-tijorat banklari, xorijiy kapital ishirokidagi banklar, xususiy banklar, davlat banklarini ko’rishimiz mumkin va ular o’z faoloyatari doirasida universal faoliyat ko’rsatib turli-tuman bank xizmatlarini olib borishmoqda. "O’zsanoatqurilishbank ATIB" AT ham shu banklar qatorida bo’lib, u o’zining keng ko’lamdagi operatsiya vaxizmatlari bilan mijozlarga xizmat ko’rsatib kelmoqda. Xususan, "O’zsanoatqurilishbank ATIB" AT bugungi kunda mamlakatimiz miqyosidagi yetakchi xususiy banklardan biri hisoblanadi va bu haqida 2021-yili O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan o‘tkazilgan "Yil tanlovi — 2020" marosimida O’zsanoatqurilishbank ATIBbanki “2020-yilda mijozlarga eng sifatli xizmat ko‘rsatgan xususiy bank” nominatsiyasi g‘olibi deya eʼtirof etilishi misolida ko’rishimiz mumkin. 2020 yilning 18 iyun kuni Osiyo kredit reytinglari agentligi assotsiatsiyasi a’zosi - «Ahbor–Reyting» reyting agentligi «O’zsanoatqurilishbank ATIB» xususiy aksiyadorlik bankiga O‘zbekiston banklari orasida birinchilardan bo‘lib 2019 yil yakuni bo‘yicha milliy shkalada «uzA+» juda yuqori «Ijobiy» prognozli kredit reytingini taqdim etdi. "O’zsanoatqurilishbank ATIB" AT o’zining yuksak malakaviy va kasbiy prinsiplari va etikasiga ega bo’lgan bank bo’lib, bankning faoliyati albatta barcha O’zbekiston Respublikasi hududida mavjud bo’lgan qonunchiliklarga asosan shakllantirilgan. "O’zsanoatqurilishbank ATIB" ATyuksak odob-axloq, madaniyat etikasiga ega bo’lgan bank bo’lib, bank etikasi "O’zsanoatqurilishbank ATIB" ATning “Bank xodimlari odob-axloq qoidalari” da tasdiqlangan. Unga ko’ra bank va uning hodimlar o’z vazifalarini barcha odob-axloq va qonunchilik normalariga asoslangan holda bATIBarishlari kerak. “O’zsanoatqurilishbank ATIB” korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekistonda bank tizimida birinchi bo‘lib ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiqligini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi. Bugungi kunda bank eng ilg’or texnologiyalar asosida ish olib boradi va o’z faoliyati davomida turli dasturiy ta’minotlardan, xususan, ALPay, iABS va boshqa bir qancha dasturlardan foydalanadi. Bu o’z navbatida ham mijozar, ham bank uchun qulayliklar yaratadi. Bankda kredit oluvchilar uchun keng kredit turlari bazasi shakllantirilgan bo’lib, bankda ipoteka, ta’lim, iste’mol, avtokredit va boshqa turdagi kreditlar beriladi. Bank bu jarayonda ham yuqori axborot-texnologiyalari vositalaridan foydalanadi. Qo’shimcha sifatida aytish mumkinki, "O’zsanoatqurilishbank ATIB" AT o’zida ilg’or axborot- texnologiyalarini mujassamlashtirgan, yuqori odob-axloq prinsiplariga ega hamda mijozlar uchun qulay kredit va biznes sharoitiga ega bo’lgan bankdir. Yakuniy fikr sifatida aytishimiz mumkinki, "O’zsanoatqurilishbank ATIB" AT bugungi kunda mamlakatimiz bank tizimida juda stabil faoliyat va moliyaviy natijalarga ega bo’lgan bank hisoblanadi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling