Tegishlilik jihatiga ko‘ra:
xizmat hujjatlari muassasa yoki mansabdor shaxslar tomonidan tayyorlanadi (bayonnoma, tavsifnoma, dalolatnoma va sh.k);
shaxsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan yoziladi (shaxsiy ariza, shikoyat, ishonchnoma, tarjimayi hol va sh.k).
Tayyorlanish xususiyati va darajasiga ko‘ra:
qoralama;
asl nusxa;
ikkinchi nusxa (dublikat);
ko‘chirma.
Xizmat mavqeyiga ko‘ra:
tashkiliy hujjatlar – nizomlar, yo‘riqnomalar, majlis bayonlari, shartnomalar;
farmoyish hujjatlar – buyruq, ko‘rsatma, farmoyish;
ma’lumotsimon–axborot hujjatlar – dalolatnoma, ma’lumotnoma, ariza, tushuntirish xati, hisobot, ishonchnoma, tavsifnoma va sh.k;
xizmat yozishmalari mazmunan xilma – xil bo‘ladi. Ularda muassasa faoliyatining turli masalalari bilan bog‘liq talab, iltimos, taklif, kafolat xati kabilar aks ettiriladi. Shu ma’noda xizmat yozishmalari hujjatlarning yuqorida ko‘rsatilgan har uch guruhi bilan ham aloqador.
Mazmuniga ko‘ra:
murakkab hujjatlar – ikki va undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi.
Mazmun bayonining shakliga ko‘ra:
xususiy (individual) hujjatlar – matn o‘ziga xos, betakror, erkin bayon;
namunali (tipovoy) hujjatlar – bir–biriga o‘xshash va takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi;
qolipli (trafaretli) hujjatlar – oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi.
Tinish belgilari
Tinish belgilari – bu tinish belgilariga oid qoidalar to‘plami. Tinish belgilarining maqsadi o‘quvchiga yozilgan narsaning ma’nosini to‘g‘ri tushunishni ta’minlashdir. Tinish belgilarining asosini nutqning semantik artikulyatsiyasi tashkil etadi. Ko‘pincha semantik bo‘linish uning grammatik bo‘linishiga, og‘zaki nutqda esa intonatsion bo‘linishga mos keladi; boshqacha aytganda, semantik artikulyatsiya grammatik va intonatsion jihatdan ifodalanadi. Bunda tinish belgilari uchun semantik, grammatik va intonatsiya asoslarining mos kelishi yoki tinish belgilarining strukturaviy-semantik asoslari haqida gapirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |