voqea-hodisalarni ifodalasa, ular orasiga vergul qo‘yiladi:
Arava g‘ijirlab borar,
aravakash xirgoyisini bir zumga ham to‘xtatmas edi.
Agar bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari o‘zaro mazmunan bir-biridan ancha
uzoq bo‘lsa, ular orasiga nuqtali vergul qo‘yiladi:
Yomg‘ir chelakdan quyganday
sharillab yog‘ardi; uning hayoli uzoq yoshlik paytlarida kezar edi. Politsmeyster
zinada to‘xtadi; uning basharasi yovuz va quturgan edi. (O.)
Bog‘lovchisiz qo‘shma gapning ikkinchi qismi birinchi qismining sababini
bildirsa, izohlasa, to‘ldirsa, ular orasiga ikki nuqta qo‘yiladi:
Gap shu: Ertaga men
bilan yo‘lga chiqasiz.
Agar bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari o‘zaro zidlik, o‘xshashlik yoki shart
munosabatiga kirishgan bo‘lsa, ular orasiga tire qo‘yiladi:
Qor yog‘di
–
don yog‘di.
Yoshim yetmish ikkida
–
o‘zim yigitman.
www.arxiv.uz
Bog‘langan qo‘shma gaplar
Teng munosabatdagi sodda gaplarning o‘zaro teng bog‘lovchilar
yordamida bog‘lanishidan tuzilgan qo‘shma gap bog‘langan qo‘shma
gap deyiladi:
Kechasi qalin qor yog‘di, lekin havo sovimadi.
Tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro mazmun-munosabatiga ko‘ra
bog‘langan qo‘shma gaplar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar: Bunday
bog‘langan qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro
va,
hamda
bog‘lovchilari,
ham, -u(-yu), -da
yuklamalari yordamida
bog‘lanadi va bir paytda yoki ketma-ket ro‘y bergan voqea-hodisalarni
ifodalaydi:
Mashg‘ulotlar tugadi va hamma o‘z uyiga tarqaldi. Odam qo‘li
Do'stlaringiz bilan baham: |